|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 8/11 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 0,83 Mb. | | #140615 |
Bog'liq 8.Жумаев Улуғбек Сатторович compressedMuhokamalar va natijalar. Axboriy-psixologik xavfsizlik borasidagi bunday tahdidlarga qarshi kurashishda, eng avvalo, huquqiy asosni mustahkamlash lozim, deb hisoblaymiz. Bu boradagi tahdidlar doim
ham mamlakat ichkarisidan chiqavermasligini, ularning chetdan turib tashkillashtirishga urinish hollari mavjudligini ham unutmaslik zarur.
Psixologlar tomonidan hozirgi kunda “axboriy-qo‘poruvchi omil” degan tushuncha iste’molga kiritilgan. Haqiqatdan ham internetda tarqatilayotgan qo‘poruvchilik ruhidagi axborotlar ba’zan harbiy harakatlarni amalga oshirgandan ham ko‘proq samara berishi mumkin.
Xususan mazkur axborotlarning shaxsga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
kishilarning axloqiy-psixologik holatini, dunyoqarashi, siyosiy nuqtayi nazari va e’tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga nisbatan qaratilgan axboriy bosim, xuruj;
noto‘liq, ataylab buzilgan, noto‘g’ri ma’lumot va axborotlarning tarqatilishi;
to‘g’ri ma’lumotning kishilar tomonidan noto‘g’ri idrok etilishini ta’minlashga intilish.
Axboriy ta’sirning foyda yoki zarari uning o‘zi emas, balki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan natijasi bilan tavsiflanadi. Zero, axboriy ta’sir mohiyati uning muayyan jarayonlarni boshqarishga nisbatan imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Aniqlanishicha, hayoliy olamda ko‘p vaqt o‘tkazuvchilar gipnozga beriluvchan shaxslar bo‘lishadi. Kompyuter o‘yinlari dasturini ma’lum maqsadlar asosida, kishini “zombilashtirish”ga xizmat qiladigan so‘zlar vositasida tuzish esa mutaxassislar uchun murakkab ish emas.
Umuman olganda, nazarimizda o‘smirlar, yoshlarni internetning salbiy ta’siridan himoyalash uchun
bir qator ishlarni amalga oshirish zarur.
Eng avvalo, me’yorga amal qilish kerak, ya’ni bolaning kompyuter oldida o‘tkazadigan vaqtini belgilab, chegaralab berish lozim. Uning o‘rniga turli badiiy, ilmiy kitoblarni o‘qish, musiqa, sport bilan shug’ullanishga undash maqsadga muvofiq. Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, birinchi sinf o‘quvchilari kuniga 10 daqiqa, ikkinchi-beshinchi sinf o‘quvchilari 15 daqiqagacha kompyuterda ishlashlari mumkin. O‘rta umumta’lim maktablarining 6-9 sinf o‘quvchilari 20-25 daqiqagacha, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalari yarim soatdan bir soatgacha kuniga kompyuter qarshisida o‘tirishlari tavsiya etiladi. Shu bilan birga, internetning ma’lum bir saytlari va portallariga kirishni chegaralovchi dasturlardan foydalanilgani ham ma’qul. Bu ishlarni amalga oshirish orqali internetning o‘smirlar psixikasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini kamaytirish mumkin.
Hozirgi globallashuv jarayonida yoshlarning turli destruktiv guruhlar, g’oyalar tomonidan targ’ib qilinayotgan qadriyatlar ta’siriga tushib qolish xavfi tobora ortib bormoqda. Zero, kerakli, muhim hayotiy qadriyatlarni va yo‘nalishlarni shakllantirish ancha murakkab jarayon bo‘lib, u irodaviy zo‘r berish yoki ko‘rsatmalar orqali emas, balki mavjud an’analar va tartiblar asosida tarkib toptiriladi. Yoshlarning muhim hayotiy rejalari ular uchun asosiy hisoblangan, hayotiy ahamiyatga molik yo‘nalishlar xarakteriga bog’liq bo‘ladi. Hayotiy ahamiyatga molik yo‘nalishlar yigit va qizlar yon-atrofidagi muhit, yaqinlariga xos qadriyatlar tizimi asosida shakllanadi. Yoshlarga yaqin muhit, shaxslar esa o‘ziga xos, zamonaviy yoshlar submadaniyati ko‘rinishlarini egallagan shaxslardir. Yoshlar submadaniyatining ijtimoiy-falsafiy mohiyati, qadriyatlar tuzilmasining xususiyatlari qay darajada chuqur o‘rganilganligi, shuningdek, hayotiy yo‘nalishlarining ehtimoliy deformatsiyalanishuvi jihatlari qanchalik tahlil qilinganligiga qarab ularga maqsadga muvofiq psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda psixologik-pedagogik jihatdan qo‘llab- quvvatlash to‘g’risida fikr yuritish mumkin. Zamonaviy yoshlar har xil qadriyatlar va yo‘nalishlarga ega bo‘lib, ularning vujudga kelishida yigit va qizlarning ijtimoiylashuvi, tarbiyasi singari bir qator tashqi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday sharoitda turli shaxslarda har xil hayotiy pozitsiya shakllanishi mumkin. Ayrim yoshlar juda osonlik bilan ijtimoiy hayotga maqsadga muvofiq tarzda moslashsalar, boshqalarida bu juda qiyinlik bilan kechadi. Yosh avlod vakillariga psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish, ularni psixologik- pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bir qator jihatlariga ko‘ra muhimdir. Eng avvalo, ta’kidlash lozimki, yoshlar barcha jamiyatlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi, istiqbolidir. Yoshlar shaxsining shakllanishi butun dunyoda murakkab siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy o‘zgarishlar kechayotgan bir paytga to‘g’ri kelayotgan ekan, ularni to‘g’ri tarbiyalashda albatta, katta avlodning ko‘magi zarur bo‘ladi. Yigit va qizlarga zaruriy psixologik-pedagogik maslahat, yordam ko‘rsatish, ularda tegishli xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirish, kuch-g’ayratini to‘g’ri o‘zanga yo‘naltirish, ongini destruktiv g’oyalar ta’siridan muhofaza qilish shaxs, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Rasmiy yoshlar uyushmalari, tashkilotlariga yigit va qizlar, o‘smir, o‘spirinlarni ko‘proq jalb etish ularni to‘g’ri tarbiyalash, adekvat, maqsadga muvofiq psixologik-pedagogik yo‘naltirishda katta ahamiyatga ega.
Psixologik-pedagogik ta’sir doirasida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq:
yoshlarning kasbiy, kognitiv, ijtimoiy faoliyat sohalarida muhim strategik yo‘nalishlarni aniqlab
olishlariga yordam beradigan qadriyatlar tizimini shakllantirish;
ijtimoiy takomillashuv va mas’uliyat hissini tarkib toptirishga ko‘maklashuvchi ma’naviy yuksalish, tafakkur madaniyati ko‘nikmalarini rivojlantirish;
yosh avlod mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh vakillarida jamiyatga foyda keltirish bilan bog’liq faoliyat turlari bilan shug’ullanishni nazarda tutadigan qadriyatlar tizimini, yo‘l-yo‘riqlarni tarkib toptirish.
Yoshlar bilan olib boriladigan psixologik-pedagogik ta’sir yo‘nalishlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
mazmuniy yo‘nalish (rasmiy yoshlar tashkilotlari, uyushmalari faoliyatiga tatbiq etish mumkin bo‘lgan, amaliy xarakterdagi, qadriyat ahamiyatiga ega pedagogik komponentlar mazmuni, shakl, usullarini yaratish);
ijtimoiy-pedagogik yo‘nalish (zamonaviy yoshlarning turli qatlamlariga mo‘ljallangan ma’naviy- ma’rifiy, pedagogik tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan tizimni hayotga tatbiq etish);
dasturiy-tuzilmaviy yo‘nalish (yoshlarning o‘zaro birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish);
iqtisodiy yo‘nalish (sport jamoalari, klublari, konstruktiv mazmunda faoliyat olib boradigan rasmiy va norasmiy yoshlar tashkilotlarini moddiy rag’batlantiruvchi va moliyalashtiruvchi manbalarni aniqlashtirish);
innovatsion yo‘nalish (nazorat shaklidagi odatiy pedagogik ta’lim-tarbiya usulidan faol fuqarolik pozitsiyasini, yuksak axloqiy ong, ijobiy hayotiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan rivojlanish modelini yaratish).
|
| |