|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 7/11 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 0,83 Mb. | | #140615 |
Bog'liq 8.Жумаев Улуғбек Сатторович compressedko‘rsatkichlari
18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarning baholari ham Rossiya aholisining umumiy
bahosidan unchalik ko‘p farq qilmaydi. Biroq, aynan internet orqali yoshlar ongiga faol targ’ib qilinayotgan
turli destruktiv g’oyalar singishi ehtimoli ko‘pligini 48 % respondent ushbu manbani birinchi o‘ringa qo‘yish orqali tasdiqlagan. Ikkinchi o‘rinni diniy ta’lim beradigan shaxslar (34,2 %), uchinchi o‘rinni do‘stlar va qo‘shnilar (17,6 %) egallagan. Destruktiv g’oyalar manbasi sifatida keyingi o‘rinlarda turli broshyura, maqola va adabiyotlar (10,5 %), xorijda ta’lim olish (9,8 %), ta’lim muassasalari (8,0 %), qarindosh-urug’lar (8,0 %), har xil radiostansiyalar (5,3 %) omillari ko‘rsatilgan. So‘rovga jalb etilgan rossiyaliklarning deyarli yarmi (46,2 %) internetda destruktiv g’oyalar targ’ib etilayotgan materiallarni doimo uchratishlarini, 20,6 % ko‘pincha, 25,6 % aksariyat hollarda duch kelishlarini bildirishgan.
diagramma. Internet orqali yoshlar ongiga faol targ’ib qilinayotgan turli destruktiv g’oyalar singishi ehtimoli bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma ko‘rsatkichlari
Biroq, yoddan chiqarmaslik kerakki, destruktiv g’oyalarni targ’ib qilish usullari xilma-xil bo‘lib, ularda doim ham mavjud tuzumga qarshi ochiqdan-ochiq harakat qilish unsurlari ifodalanmasligi mumkin. Xususan, terrorizmning oxirgi yillarda turli ko‘rinishlari vujudga keldi va internetda e’lon qilinayotgan ushbu mazmundagi materiallar odatlanilgan, shakliy mezonlarga javob bermasligi ehtimoli mavjud. Masalan, aholi ongiga ta’sir ko‘rsatish uchun jamiyatda mavjud turli muammolarga irqiy, diniy, milliy tus beriladi va ularni bartaraf etishda radikal xatti-harakatlarga e’tibor qaratish lozimligiga urg’u beriladi. Yoki destruktiv g’oyalarni targ’ib qilishning nisbatan payqash mumkin bo‘lgan shakli - mazkur harakatlarni oqlash, ularni legitimlashtirishga urinish.
Destruktiv targ’ibot-tashviqotning o‘zgacha ko‘rinishlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
muayyan irq, din, millat vakillariga, ijtimoiy guruhga nisbatan salbiy ustanovkalarni, adovat tuyg’usini shakllantirish;
muayyan destruktiv xatti-harakatlarga nisbatan xayrixohlikni tarkib toptirish (ularga masalan, suisidni targ’ib qiluvchi yoki ekstremistik harakatlarni qo‘llab-quvvatlovchi saytlar faoliyati misol bo‘la oladi).
Albatta, internetning imkoniyatlari faqat salbiy jihatlarda aks etmaydi. Uning o‘ziga xos ijobiy tomonlari ham mavjud. Ular sirasiga ma’lumotga darhol ega bo‘lish, axborot va ma’lumotlarning turfa xilligi, shaxsning o‘zini namoyon qilishga yordam beruvchi muloqot imkoniyatining mavjudligi, ta’lim borasida internet imkoniyatlarini ko‘rsatish mumkin. Internetning ijobiy tomonlarini inkor etmagan holda uning eng kam sarf-xarajat bilan yoshlar orasida samarali destruktiv faoliyat olib borish imkoniyati mavjudligini ham ta’kidlash lozim. Har kuni turli ijtimoiy tarmoqlar (“Facebook”, “MySpace”, “Twitter”, “Habbo Hotel”, “Friendster”, “Tagged.com”, “Одноклассники”, “Мой мир”, “В контакте”, “В кругу друзей”, “Mening olamim”, “Sinfdosh” va hokazolar)da milliardlab insonlar bir-birlari bilan virtual muloqotga kirishmoqdalar, turli saytlarga kirmoqdalar, bloglarda o‘z fikrlarini bayon etib, boshqalarning mulohazalari bilan tanishmoqdalar. Yoshlarda destruktiv g’oyalarga qarshi hali mafkuraviy immunitet to‘la shakllanmaganligini, ularning eshitgan yoki o‘qigan ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda tutsak, bu ancha e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jarayondir.
|
| |