|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 5/11 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 0,83 Mb. | | #140615 |
Bog'liq 8.Жумаев Улуғбек Сатторович compressedAsosiy qism. Bugungi kunda bir qator destruktiv guruhlar butun dunyo mamlakatlari hududlarida faoliyat yuritib, bu davlatlar siyosiy, ijtimoiy-madaniy, ma’rifiy hayotida bir qancha muammolar tug’dirib kelmoqda. Birgina Rossiya Federatsiyasida 400 dan ortiq destruktiv guruh sifatida ro‘yxatga olingan tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Afsuski, bizning mamlakatimizda ham ayrim guruhlar yoshlarni turli yo‘llar bilan o‘z ta’sirlariga jalb etishga intilib, diniy, madaniy, ma’naviy, ijtimoiy hamda siyosiy sohada jamiyat va davlat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqdalar.
Barkamol avlod tarbiyasini amalga oshirish muhim strategik masalalardan biri bo‘lib,
mamlakatimizning demografik xususiyatlarini inobatga olsak, bu nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga
ega vazifalardan hisoblanadi. Bugungi globallashuv sharoitida inson ongi va qalbi uchun turli usul va vositalar yordamida keskin olib borilayotgan kurashlar davom etmoqda. Mazkur harakatlar bevosita yoshlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularda milliy an’ana va qadriyatlarimizga, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatga nisbatan salbiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgandir. Bu muayyan ommaviy axborot vositalari, ommaviy san’at va madaniyat yordamida kerakli bo‘lgan g’oyalarni shakllantirish, yo‘l-yo‘riqlar berish orqali amalga oshirilmoqda. Natijani jamiyatning diniy, madaniy, ijtimoiy, ma’naviy sohalarida namoyon bo‘layotgan ekspansiya holatlarida ham kuzatish mumkin. Ayni holatlarning o‘z navbatida fojiali xarakterga ega bo‘lgan, quyidagi oqibatlarga olib kelishi ehtimoli bor:
yoshlar ijtimoiy aloqalar doirasining torayishi;
qadriyatlar mazmunining o‘zgarishi;
yoshlarning faqat bugungi kun uchun yashab, istiqbolni o‘ylamasligi; “Men” siymosining deformatsiyalashuvi;
psixologik tushkunlikning yuzaga kelishi (ichki beqarorlik, ichki ziddiyat, ijtimoiy qo‘rquv, salbiy
xarakter xislatlarining aksentuasiyalashuvi);
o‘z o‘rnini oila, ish, o‘quv jamoasidan o‘zga joylardan topishga intilish.
Umumjahon muammolaridan biri hisoblangan yoshlarning destruktiv guruhlar ta’siriga tushishini tadqiq qilish borasida ko‘plab xorijiy va hamdo‘stlik mamlakatlarida va, shu jumladan, respublikamizda bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ularda mazkur muammoning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar, statistik, demografik, huquqiy va hududiy xususiyatlar har tomonlama ilmiy tahlil qilishga harakat qilinadi.
Xorij va sobiq ittifoqda bir qator soha mutaxassislari yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik, giyohvandlik va alkogolizm kabi illatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy-psixologik omillar va ularning oldini olish, shaxsda antimanipulyativ, assertiv xulqni shakllantirish borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar.
E.Bern, D.Karnegi, E.Shostrom, A.Maslou, P.M.Granovskaya, F.V.Bassin, A.I.Kochetov, I.A.Nevskiy, Z.A.Astemirov, V.N.Myasishev, K.E.Igoshev, L.M.Zyubin, A.Buryak, Y.N.Volkov, Y.V.Zaika, B.T.Kondrashchenko, L.I.Dolgova, G.G.Bochkareva, E.B.Melnikova kabi bir qator olimlar o‘z tadqiqotlarida destruktiv guruhlar faoliyati natijasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy-psixologik muammolarni tadqiq etishga harakat qilganlar. V.P.Sheynov, V.B.Shapar, I.Vagin, N.N.Kozlov, L.Mixaylov, V.Solomin, G.M.Andreyeva, L.I.Bojovich, I.P.Bashkatov, B.T.Kondrashchenko, A.N.Leontev, N.D.Levitov, G’.B.Shoumarov, E.G’oziyev, V.M.Karimova, N.S.Safayev, B.M.Umarov, R.S.Samarov, Z.T.Nishonova, N.A.Sog’inov, T.Malikova, A.X.Yugay, S.M.To‘ychiyeva kabi Rossiya va O‘zbekiston psixolog olimlarining ta’kidlashlaricha, shaxs ongi, xulqi hamda faoliyati mazmunini ularni qurshab olgan muhit belgilaydi. Ularning fikriga ko‘ra, kishi ongi, xulqi, xarakteri mikro va makro muhitdagi faoliyati orqali boshqariladi. Ijtimoiy muhitdagi nosog’lomlik esa kishi ongi va xulqida turli og’ishlarni keltirib chiqaradi. Shaxsni manipulyativ tarzda boshqarishda avvalo, ong faoliyatining o‘rnini, mexanizm va qonuniyatlarini nazariy va amaliy talqin qilib, so‘ng antimanipulyativ xulqni shakllantirish zarurdir. Bu yo‘nalishda olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarida quyidagi vazifalarni amalga oshirishga ahamiyat berilishi maqsadga muvofiq:
yoshlarning ta’lim-tarbiyasi jarayonini turli mezonlar asosida o‘rganish, destruktiv guruhlar bilan
aloqalarining vujudga kelishi sabablarini aniqlash;
destruktiv guruhlarning qanday paydo bo‘lishi, faoliyat doirasining kengayishini, o‘z tarkibiga yoshlarni jalb qilish usul va vositalarini o‘rganish;
yoshlarni destruktiv g’oyalar va guruhlar ta’siridan saqlashning psixologik uslublarini aniqlash, amaliyotchi psixolog va pedagoglar uchun ishlanmalar yaratish;
yoshlarning turli ta’sirlarga berilmasligi yuzasidan mafkuraviy himoya, immunitet tizimini yaratish,
assertiv xulq-atvorni shakllantirishning psixologik modelini ishlab chiqish;
ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlari, huquq-tartibot idoralari va mahalla faollarini mazkur masalalar yuzasidan xabardorlik, savodxonlik darajasini oshirish va ulardan ekspertlar tanlash;
destruktiv g’oyalar ta’siriga tushgan yoshlarning hududiy, demografik, statistik, yosh va jinsiy
xususiyatlarini o‘rganish;
yoshlarning destruktiv g’oyalar ta’siriga tushishi sabab va motivlarini o‘rganish;
destruktiv g’oyalar ta’siriga tushgan yoshlar shaxsining individual-psixologik xususiyatlarini tahlil qilish va ularning tipologik tavsifnomasini tuzish;
jins xususiyatlari bilan bog’liq ravishda yoshlik davridagi psixologik himoya ko‘rinishlarining o‘ziga
xos jihatlarini tahlil qilish;
shaxsning yoshlik davrini tavsiflovchi hissiy-irodaviy, kommunikativ, intellektual xususiyatlarini tadqiq etish;
shaxsning individual-psixologik tavsifi va turli himoya mexanizmlari xususiyatlari o‘rtasidagi
mutanosiblik, bog’liqlikni o‘rganish.
Hozirgi paytga kelib jahonda bo‘lib o‘tayotgan chuqur ijtimoiy o‘zgarishlar ilgari yetarli darajada
ahamiyat berilmagan bir qator fenomenlarga yangicha nazar bilan qarashni taqozo etmoqda.
Oilada ota-onalar g’oyaviy-tarbiyaviy bilimlarini oshirishning ijtimoiy-pedagogik asoslarini o‘rganish borasida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirgan pedagog olima H.Norqulovning ta’kidlashicha, tadqiqotda ishtirok etgan 45% ota-ona farzandlarining yurish-turishini qattiq nazorat qilishini, 30% yaxshi gapirish orqali tushuntirishini, 25% esa tarbiyalash jarayonida farzandlari bilan fikr almashish, suhbatlashish, tushuntirish usullaridan foydalanishlarini bildirishgan.
diagramma. Oilada ota-onalar farzandlarini yurish-turishini nazorat qilish darajasi
Tadqiqot natijasi 80% ota-ona “Diniy aqidaparastlikka qarshi kurashish tadbirlarida qatnashganmisiz?” degan savolga “Ha” deb, 10% “Yo‘q” va 10% “Hech kim aytmagan” deb javob berganligini ko‘rsatgan. Binobarin, aksariyat ota-onalar bunday yig’ilishlarga borib, fikrini bildirib, farzandi tarbiyasi bilan shug’ullanayotganligidan dalolat berib turadi.
diagramma. Ota-onalarning “Diniy aqidaparastlikka qarshi kurashish tadbirlarida qatnashganmisiz?” savolga munosabati ko‘rsatkichlari
So‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, aksariyat ota-onalar (60%) “Yot g’oyalarga kirish yoshlar orasida ko‘p uchrayaptimi yoki kammi?” degan savolga “Kam” deb, 10% esa “Ko‘p” deb javob berishgan, 30% bu haqda hech qanday ma'lumotga ega emasliklarini bildirishgan. Bu xalqimiz destruktiv g’oyalarga qarshi kurashish har bir insonning vazifasi ekanligini tushunib yetayotganligidan dalolat bermoqda.
diagramma. Ota-onalarning “Diniy aqidaparastlikka qarshi kurashish tadbirlarida qatnashganmisiz?” savolga munosabati ko‘rsatkichlari
Ota-onalarning yot g’oyalarga munosabati o‘rganilganda so‘rovda qatnashgan ota-onalarning 70% ushbu savolga “Egosentrizm”, 15% esa “Diniy aqidaparastlik”, 10% “Vahobiylik” destruktiv g’oyalar ekanligini bildirishgan va 5% “Bilmayman” deb javob berishgan.
diagramma. Ota-onalarning yot g’oyalarga munosabatini o‘rganish ko‘rsatkichlari
Demak, yot, destruktiv g’oya deganda ota-onalarning tushunchalarni idrok etishlari ijobiy holdir. Ota- onaning farzand tarbiyasiga mas’ulligi borasida respondentlar fikri o‘rganilganda, so‘ralganlarning 90% bola tarbiyasiga ota-ona, 10% esa mahalla-maktab mas’ul, deb javob berishgan.
diagramma. Ota-onaning farzand tarbiyasiga mas’ulligi borasida respondentlar fikri bo‘yicha
|
| |