• Uredinales tartibi
  • Zang kasalligiga qarshi kurash choralari
  • “PEDAGOGS”   international research journal ISSN




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana08.02.2023
    Hajmi0.58 Mb.
    #41559
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4-9
    7-sinf to\'liq savol va javob @Kimyo, EXCELНИНГ ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДАГИ, 11-amaliy, № 6 Амалий иш Axборотларни ҳимоялаш, 6-amaliy, Uzlet stipendiya 2022 yil 2 yarim yillik ota onasi yo\'qlar, said ahmad ufq trilogiya, Bebutova Lola kurs ishi slayd 3, akhborot khavsizligi (2), metod DILNOZZZZZZ, 1 kurs ped sport bayonnoma, 202-guruh Mamaraimova Iroda, kompyuternoe-muzykalnoe-tvorchestvo-kak-sredstvo-formirovaniya-informatsionnoy-kompetentnosti-sovremennogo-muzykanta-pedagoga, Fanlar majmuasi-2021, Veb
    “PEDAGOGS” 
     international research journal ISSN: 
    2181-4027
    _SJIF: 
    4.995
     
    www.pedagoglar.uz
     

    Volume-10, Issue-1, May - 2022
     
    8 
    zamburug'ning qishlashi uchun xizmat qiladi. Teliosporalar bahor faslida unib,
    to'rttadan bazidiosporasi bo'lgan bazidiyaga aylanadi. Bazidiosporalar oraliq
    xo'jayin-zirkni kasallantirib, bargining yuzasida spermasiyali spermogoniy, 
    orqasida etsidiylar yetiladigan etsidiospora hosil qiladi. Zamburug'ning
    mevatanasi o'simliklar epidermisi ostidajoylashgan diploid mitseliydan hosil
    bo'lgan teleytosporadan yetiladi. Zamburug'ning hayotiy sikli 5 bosqichda o'tadi: 
    bahorda O-spermogoniy va I- etsidiy bosqichi, yozda II- uredo bosqichi, qishda
    III- teleyto bosqichi va nihoyat, IV- bazidiosporalarda bazidiyalar hosil bo'lishi. Bir 
    xo'jayinli parazitlarga Melampsora Lini Desm-kanop zangi misol bo'ladi. Hayot 
    jarayoni ikkita o'simlikda o'tadigan turlarga Puccinia graminis Pers misol bo'lib, 
    0 va I bosqichi qandim o'simligida, II, III, IV bosqichlari donli ekinlar va begona
    o'tlarda o'tadi.
    Uredinales tartibi: Pucciniaceae va Melampsoraceae oilalariga bo'linadi. 
    Pucciniaceae oilasi vakillarining teleytosporasi bir hujayrali, ikki va ko'p 
    hujayrali bo'lib, oyoqchada joylashgan, g'alladon ekinlarini kasallantiradi. 
    Teleytosporalilar morfologik xossasiga ko'ra, Uromyces, Puccinia, 
    Uymnosporangium, Phagmidium turkumlariga bo'linadi. Melampsoraceae 
    oilasining vakillari ikki xo'jayinli parazit bo'lib, paporotniklar, ignabarglilami
    va ikki uyli o'simliklami kasallantiradi. Bu oilaga Melampsora, Cronartium,
    Coleosporium turkumlari kiradi. 
    Zang kasalligiga qarshi kurash choralari: oraliq o`simliklarni yo`qotish. 
    Fosforli va kaliyli o`g`itlar o`simlikni zang kasalligiga bo`lgan chidamliligini
    oshiradi.Zang kasalligi ko`plab paydo bo`lganda Impakt-25% li ,0.25-0.5l/ga 
    ,o`simlikning o`suv davrida 0.1 %li eritma holida purkaladi.Bamper 25 % l/ga. 
    Follikur 25 % li 0.3 l/gao`simlikni o`suv davrida purkaladi.O`simlik qoldiqlarini
    yo`qotish ,yulib tashlash,yerni shudgorlash kabi choralar ko`riladi. 



    Download 0.58 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “PEDAGOGS”   international research journal ISSN

    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish