|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 20-22“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-2, January - 2023
21
ularning dialectal variantlari mavjud bo’lishi ham mumkin. Bunday xususiyatlari bilan
ular atamalarga qarama-qarshi turadi. Chunki atamalar fan va texnika, sanoat va
qishloq xo’jaligi, ma’naviyat va madaniyat sohasiga doir rasmiy tushunchalarni
ifodalaydi va ular tegishli mutasaddilar tomonidan nazorat qilib boriladi. Ilmiy
tushuncha ifodasi sifatida asosan yozma shaklda vujudga keladi va umumjahon yoki
umummilliy ahamiyatga ega bo’ladi. Kasb-hunarga oid til birliklari me’yorlari haqida
so’z yuritish ham ahamiyatli. Mavjud lug’atlarni ko’zdan kechirish shundan dalolat
beradiki, ulardan o’zbeklarning ijtimoiy hayoti, kasbi va hunarmandchiligiga oid
atamalarning ma’lum qismigina joy olgan. T.Tursunovaning “O’zbek tili amaliy
leksikasi” (T.,1978)asarida keltirilgan ayrim misollarga murojaat qilib ko’raylik: gilam
turlarini bildiradigan julxirs, zulbaraq, arabi, olacha, palos, xoli/g’oli, sholcha, qoqma
yoki bosma(1.chakmon. 2.ilma,chok turi), birishim, bo’zastar, gulburi, dorpech,
dug/duk, duxoba, do’kon(1.dastgoh,stanok. 2.magazin), do’ppi yondori, jo’ypush,
zardevol/zardevor, zardo’zi, zehdo’zlik, yo’rma, peshonaband/peshonabog’, popop,
popopchilik, urchuq, choyshab, qo’chqorboshi/qo’chqorak va boshqalar. Ulardan
gilamning turlarini bildiradigan arabi, palos, sholcha so’zlari hamda
chakmonma’nosidagi zardo’zi, zehdo’zlik, zardevol, popup, popopchilik,
peshonaband, peshonabog’, urchuq singari birliklar lug’atlarda keltirilgan.
XXI asrga kelib fan va texnika taraqqiyoti o’zbek milliy kosibchiligining ayrim
tarmoqlari faoliyatini susaytirib qo’ydi. Ular tayyorlab yetishtiradigan mahsulotlarning
ko’pchiligi kundalik ehtiyojlarni qondirishishi nuqtayi nazaridan ham, ma’naviy
jihatdan ham eskirdi. Bu esa, o’z navbatida, ana shu sohalarga tegishli bo’lgan til
birliklarining qo’llanishi darajasini pasaytirdi. Tilimizning hozirgi mavqei nuqtai
nazaridan
nutqimizda
unumli-unumsizligidan,
me’yorlashgan-
me’yorlashmaganligidan qat’I nazar, bu birliklar lug’atlarda qayd etilishi va kelgusi
avlodlar uchun saqlab qolinishi lozim. Ma’lum bo’ladiki, o’zbek tilida turli fan sohalari
va kasb-hunarga oid ko’plab so’zlar mavjud hamda ular yozma va og’zaki
ko’rinishlarda me’yorlashgan. Buni, ayniqsa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik,
matematika, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, iqtisodiyot singari turli fan sohalariga
oid atamalarda kuzatamiz. Ayni paytda o’zbek tilida shunday vositalar ham borki,
ularning qo’llanilish chegarasini bir soha yoki bir vazifaviy uslub doirasida belgilab
bo’lmaydi. Ular bir uslub doirasida yoki ma’lum sohada bir ma’nosi bilan
me’yorlashgan bo’lsa, ikkinchi bir ma’nosi bilan boshqa uslub yoki sohadan
me’yorlashgan. Masalan: ega, kesim, suv aylana, zamon, asos, o’q, tekislik, sirt singari
birliklar umumiste’moldagi so’zlar bo’lish bilan birga, ega, sirt, o’q, tekislik
geometriyada, zamon falsafada, asos qurilish-me’morchilikda atama sifatida
me’yorlashgan. Bir so’z ikki uslubda, fan sohasida atama sifatida me’yorlashgan
bo’lishi ham mumkin. Masalan, morfologiya:
|
| |