“PEDAGOGS”   international research journal ISSN




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.01.2024
Hajmi0,62 Mb.
#138120
1   2   3   4
Bog'liq
20-22

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-25, Issue-2, January - 2023
 
22 
1) tilshunoslikda – tilda so’zlarning o’zgarish shakllari tizimi, grammatikaning 
so’z shakllarining yasalish usullari hamda so’z yasash qoidalari haqidagi bo’limi;
2) botanikada – tuproqning tuzilishi va shaklini o’rganadigan fan sifatida
assimilyatsiya:
1) biologiyada – organism faoliyati jarayonida organic moddalarning o’zlashishi, 
singishi va hazm bo’lishi;
2) tilshunoslikda – so’zlarning talaffuzida ularning tarkibidagi ikki tovushning 
bir-biriga ta’sir qilish natijasida bir-biriga muvofiqlashuvi, bir-biriga singib, o’zshab 
ketishi;
3) tarix va etnografiyada – biror xalqning ikkinchi bir xalq urf-odatlarini
madaniyati va tilini o’zlashtirishi natijasida unga aralashib qo’shilib ketishi kabi. 
Til taraqqiyotida buning aksi ham kuzatiladi. Ma’lum fan sohasi yoki kasb-
hunarga tegishli bo’lgan atamalarning ma’no doirasi kengayadi – determinlashish 
jarayoni ro’y beradi, ya’ni ular tor atamalilik doirasidan chiqib, ommalashadi va barcha 
vazifaviy uslublarda qo’llanila boshlaydi. Masalan: odamni operatsiya qilmoq – 
valyuta operatsiyasini amalga oshirmoq – harbiy operatsiyani bajarmoq kabi. Ular shu 
tariqa turg’un birikmalar tarkibida ham qo’llanila boshlaydi: gegemonlik, avtomat 
bo’lib ketmoq, reytingi baland, qo’shtirnoqqa olmoq va boshqalar. Tilda ma’lum 
paytda paydo bo’lib, asosan so’zlashuv nutqida qo’llanilib va me’yorlashib, lug’atlarga 
kirib ulgurmasdanoq iste’moldan chiqib ketadigan birliklar ham uchraydi. Ayollar 
ko’ylak qilib tikadigan turli xil materiallar va ayrim kiyim nomlari haqida shunday 
deyishimiz mumkin: kelin kiysin, qaynonasi kuysin; marg’ilon nusxa, bargi karam
namozshomgul, tohir-zuhra, suv parisi, skarlet kabilar. Mana shu tarzda o’zbek tilida 
mavjud bo’lgan barcha kasb-hunarga doir so’zlarning til me’yorlari xususida tahlilni 
davom ettirish mumkin.

Download 0,62 Mb.
1   2   3   4




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“PEDAGOGS”   international research journal ISSN

Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish