“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
177
АHОLI YАLPI DАRОMАDINI ОSHIRISH MUAMMOLARI. YECHIM VA
TAVSIYALAR
Хudоyqulоv Bеhzоd Аllаmurоdоviсh
Tоshkеnt Dаvlаt Iqtisоdiyоt univеrsitеti, Mаgistrаturа bо'limi
Mаkrоiqtisоdiyоt yо'nаlishi 2- kurs mаgistri
Аnnоtаtsiyа:
Ushbu mаqоlаdа аhоli
yаlpi dаrоmаdining mоhiyаti, uni
оshirish tеndеnsiyаlаri, uning tаrkibiy tuzilishini iqtisоdiy bаhоlаshning о`zigа
хоsligi muhоkаmа еtilаdi.
Kаlit sо‘zlаr:
Globallashuv. Pandemiya. Ishsizlik. Yalpi daromad. Korxona.
Soliqlar. Subsidiya. Ijtimoiy himoya. Ishsizlik. Bank. Aholi daromadlari.
KIRISH
Darxaqiqat
bugungi tahlikali, geosiyosiy manfaatlar to‘qnashgan, bir
tomonlama sanksiyalar qo‘llash orqali davlatlar iqtisodiyotiga va shu o‘rinda xar
birimizga iqtisodiy sharoitimizga ta’sir o‘tkazadigan notinch zamonda
yashamoqdamiz. Jahon sahnasida sodir bo‘layotgan pandemiyalar,
qonli
to‘qnashuvlar va rangli inqiloblar birgina qoloq va rivojlanayotgan davlatlari
iqtisodiyotiga emas, balki dunyoning buyuk davlatlari
iqtisodiyotiga xam
qaqshatqich zarbalar bermoqda. Buning oqibatida inflyatsiya darajasi o‘sib, aholi
yalpi
daromadlari kamayib, xarid qobiliyati qisqarib bormoqda. Aholi turmush
darajasiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Birgina 2019-yilda
Xitoyda avj olgan
koronavirus pandemiyasi dunyo iqtisodiyotining 3 foizga qisqarishiga olib keldi.
Rossiya Federatsiyasi va Ukraina respublikasi o‘rtasidagi hozirgi qurolli ziddiyatlar
natijasida dunyo bozorida neft, nodir metallar va oziq-ovqat mahsulotlari narxining
o‘sishi ayni kunda dunyo aholisining haqli noroziligini keltirib chiqazmoqda.
Shunday sharoitda yurtimizda aholi farovonligini ta’minlash, yalpi
daromadini
oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratib axolining ishchanlik faolligi va