“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
185
•
ishsiz yoki kam ta’minlanganligi sababli sharoiti og‘ir bo‘lgan
mehnatga layoqatli shaxslarga malaka oshirish yo‘li bilan yangi ish o‘rinlari
yaratgan va sharoitlarni yaxshilagan tadbirkorlarni rag‘batlantirish;
•
qishloq joylarda agrar sohani isloh qilish orqali yer resurslaridan
foydalanish samaradorligini oshirish. Bog’dorchilik, dehqonchilik, chorvachilik va
boshqa turdagi tadbirkorlik bilan shug’ullanishlari uchun sifatli ko‘chat, urug’ va
nasllar bilan ta’minlash uchun davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish lozim.
Uzoq muddatga mo‘ljallangan chora-tadbirlar:
•
davlat va xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari hisobiga oliy o‘quv
yurtlarida kam ta’minlanganlar uchun kvota joylarini ajratish orqali «ijtimoiy
ko‘tarilish» institutini yaratish;
•
aholini maqbul uy-joy va jamoat transporti bilan ta’minlash, moliyaviy
ta’lim va aholining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish;
•
zamonaviy ta’limni moliyalashtirishni
kengaytirish va zamonaviy
axborot texnologiyalari,
injenerlik, biotibbiyot va boshqa shu kabi zamonaviy
mutaxassisliklarga yo‘naltirish;
•
kam ta’minlangan oilalar uchun
maktab-gimnaziyalar sonini
ko‘paytirish va bolalarni sifatli o‘rta ta’lim bilan ta’minlash.
•
aholining kam ta’minlangan va iqtisodiy nochar qatlami uchun soliq
imtiyozlarini joriy qilish, o’rta hol aholi soliqlarini kamaytirish
•
ijtimoiy nafaqa va yoshga doir pensiyalar miqdorini oshirish