|
Pedogog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy
|
bet | 3/6 | Sana | 26.06.2024 | Hajmi | 104 Kb. | | #265777 |
Bog'liq Tojimatova Mahliyo (2) (3)Kurs ishning maqsadi: aktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy faolligini oshirishning asosiy maqsadi, ularga sog’lom hayot tarzi o'rganib berish, qon tomirlari va muskul sistemalarini kuchaytirish va ularni sport bilan muvaffaqiyatli shug'ullanishga yo'l qo'yishdir. Bu jarayonda bolalar sog'liklarini saqlab qolish, energiya sarflashlarini kuchaytirib, tarkibiy tuzilmalari rivojlanishi yordamida o'sganadi. Jismoniy faolliklar yordamida bolalarning fizik rivojlanishi va salomatligi muhofaza qilinishi uchun juda muhimdir.
Kurs ishning tuzilishi: Kirish, ikki bob, 4 ta paragraph, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati, ilovadan iborat.
I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING FIZIOLOGIK TUZILISHINING NAZARIY ASOSLARI.
Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishida salomatlikning ahamiyati.
Bola organizmining barcha fiziologik funksiyalari bir me’yorda kechganda, u jismonan sog’lom bo`ladi. Milliy va harakatli o’yinlarni maktabgacha ta’lim muassasalaridagi 5-6 yoshli bolalar salomatligini yaxshilashning asosiy vositalaridan biri sifatida chuqur o’rganish va pedagogik baholash haqidagi masalani qo’yish vaqti allaqachon kelgan.
Keyingi yillarda bolalar salomatligining yomonlashishga umumiy moyilligi va bolalarni ilk yoshidan boshlab maxsus sport mashg’ulotlariga jalb etish bilan bog’liq holda bu masalaning ahamiyati yanada ortdi. Uni hal etishning dolzarbligi yana shu bilan bog’liqki, milliy va harakatli o’yinlar qator holatlarda yetarlicha baholanmagan va maktabgacha ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiya tizimida har doim e’tiborli o’ringa ega bo’lmagan. Bu ikki o’yin faoliyatining dialektik jihatdan o’zaro bog’liqligi ma’lum, lekin ular o’rtasida ayrim funksional farqlar bo’lishiga qaramay, ularning mazmunida umumiylik mavjud. Buning natijasida milliy va harakatli o’yinlar o’yin metodikasining elementi hisoblanadi va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyaning butun tizimiga singib ketgan. Ular jismoniy faollikning boshqa turlariga nisbatan ancha muhim o’ringa ega.
Mashg’ulotlarning emotsionalligini oshirish, asabiy zo’riqishni bartaraf etish, umumiy jismoniy tayyorgarlikni, jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini, umuman sog’liqni yaxshilash kabi masalalarni hal qilish bilan bir qatorda diqqatni faollashtiradi, sport o’yinlarining ma’lum qoidalari va ayrim texnik usullarni bajarishga o’rgatadi.
Bolalarning harakatlanishga bo’lgan ehtiyoji harakat faolligining uyushgan (jismoniy tarbiya, sportning har xil turlari) va uyushmagan (o’zo’zidan yuzaga keladigan mushaklar faoliyati) shakllarida namoyon bo’ladi. Bolalarning har tomonlama uyg’un rivojlanishini tarbiyalash, ularning sog’liqlarini mustahkamlash uchun harakatlar har birining miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha har xilligiga ko’ra muvofiq bo’lishi kerak. 5-6 yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyaning sifat xususiyatlarini optimallashga bag’ishlangan tadqiqotlar asosiy o’zgarishlarga uchradi.
Faqat jismoniy tayyorgarlikning muhim ahamiyati, ko’rsatkichlari yo’qoldi. Bolaning marfologik-funksional imkoniyatlari, uning yurak-qon tomir, nafas olish, mushak kabi hayotini ta’minlovchi asosiy tizimlariga oid tadqiqotlar o’tkazilib, aynan shu asosda jismoniy yuklamalar miqdori, fiziologik funksiyalar va jismoniy tayyorgarlik darajasining o’zgarishi aniqlanishi kerak. Turli darajadagi miqdor va sifat belgilariga ega bo’lgan jismoniy tayyorgarlikning tayanch andozasini ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi.
Jismoniy tayyorgarlik modeli (andozasi) deganda bolalarda mushak faoliyatiga talabni shakllantirishga imkon beradigan bilim, harakat ko’nikma va malakalari majmui hamda har tomonlama rivojlanish va sog’liqning muvofiq variantini ta’minlaydigan harakatlardan doimiy ravishda maqbul shakllarda foydalanish tushuniladi. Eng yuqori natijalarga erishishga qaratilgan sport tayyorgarligidan farqli ravishda jismoniy tayyorgarlik modeli harakatlardan hayotiy faollik darajasini saqlash va yoshga muvofiq jismoniy hamda aqliy ish qobiliyati darajasiga erishishni nazarda tutadi.
Mustaqil harakat faolligiga qiziqishni shakllantirish- eng muhim vazifa. Bunday yo’nalishning mohiyati uning individual o’ziga xosliklarini hisobga olgan holda eng maqsadga muvofiq milliy va harakatli o’yinlarni tanlashdan iborat. Bu shuning uchun muhimki, faqat 20–30% bolalargina yuqori mushak yuklamani qabul qila oladilar va shu tarzda o’zlarining jismoniy tayyorgarligini takomillashtirib boradilar.
Qolgan 70-80% bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshli bolalarni jismoniy tarbiyaning yangi usullarini izlash kerak. Asosiy vazifa -qiz bolalarda harakat faoliyatiga qiziqishni shakllantirishdir. Qiz bolalarda harakatlanish xususiyatlarini mustaqil takomillashtirishdagi farq ular o’rtasida jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga e’tiborsizlik bilan qarovchilarning ko’payishiga olib boradi. Shunday qilib, 5-6 yoshidagi bolalarning harakat faolligi uchun qulay sharoit yaratishning asosiy yo’nalishlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Jismoniy rivojlanishni baholash jismoniy rivojlanishning darajasi va o’ziga xos xususiyatlarini, uning yoshga muvofiqlik darajasi va milliy hamda harakatli o’yin bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar ta’sirida mavjud nuqsonlar, shuningdek yaxshilanishlarni aniqlash imkonini beruvchi antropometrik o’lchovlar yordamida o’tkazildi. Antropometrik o’lchovlar qabul qilingan metodika bo’yicha, maxsus standart metodlardan foydalanib o’tkazildi. Vazn og’irligi va tana uzunligi, o’pkaning tiriklik sig’imi, ko’krak qafasining harakatsizlik (tinch), nafas olish va nafas chiqarish davrlaridagi aylanasi, o’ng va chap qo’l panjalarining kuchi o’lchandi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 5–6 yoshli qiz va o’g’il bolalarning harakat tayyorgarligiga oid ma’lumotlarni baholash to’ldirma to’p va qumli xaltachani uloqtirish, 30 m ga yugurish, 4x10m ga mokisimon yugurish, o’tirgan holda oldinga engashish, qo’lni bosh orqasiga qo’ygan holda gavdani ko’tarish kabi testlarni qo’llagan holda amalga oshirildi. 5–6 yoshlilar uchun maxsus testlar bo’yicha «Alpomish va Barchinoy» metodik qo’llanmasida uzunlikka sakrash sinovidan o’tish uchun 90 sm talab qo’yilgan. Nazorat va tajriba guruhidagi qizlar, asosan, sinovdan o’tish baholashiga topshiradilar. Shu bilan bir vaqtda X.B.Tulenovaning tadqiqot ishida keltirilgan ushbu test bo’yicha bu me’yorlari qoniqarli baholash uchun ham keltirilgan, u 5 yoshlilar uchun 94 sm, 6 yoshlilar uchun esa 107 sm. Kuzatilayotgan qizlarda ushbu test ko’rsatkichlari ancha past. Shuni ta’kidlash muhimki, jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari muallif tomonidan keltirilgan ko’rsatkichlardan past. Tajriba va nazorat guruhlaridagi tajribagacha bo’lgan ko’rsatkichlar orasida, asosan, jismoniy rivojlanish ma’lumotlari bo’yicha ham, harakat tayyorgarligi bo’yicha ham statistik ishonchlilik [r>0,05] deyarli aniqlanmadi.
Bundan 5-6 yoshli o’g’il bolalar bilan pedagogik tajriba qurilishini loyihalash mumkin: jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari muallif X.B.Tulenova tomonidan keltirilgan ko’krak qafasi aylanasi, o’pkaning tiriklik sig’imi, o’ng va chap qo’l panjalari kuchi bo’yicha ma’lumotlardagidan ancha past, ammo tana og’irligi va uzunligi bo’yicha ancha yuqori. Jismoniy tayyorgarligi bo’yicha 5–6 yoshli o’g’il bolalar 30 m ga, 4x10m ga yugurish, uzunlikka sakrash, qumli xaltachani uloqtirish bo’yicha ortiqroq natijalarga ega. O’tirgan holda oldinga engashish, qo’llarni bosh orqasiga qo’ygan holda gavdani ko’tarish, chap va o’ng qo’l panjalari kuchi, to’ldirma to’p yoki qumli xaltachani uloqtirish kabi ko’rsatkichlarda 23,0-67,3% gacha yuqori farq kuzatiladi.
O’g’il bolalar o’ng va chap qo’l panja kuchi, 30 m ga yugurish, uzunlikka sakrash kabi testlar bo’yicha qiz bolalardan ustunlik qiladilar, ammo qumli xaltacha va to’ldirma to’pni otish bo’yicha ko’rsatkichlarda ortda qoladilalar. 5–6 yoshli o’g’il va qiz bolalarning jismoniy rivojlanish hamda harakat tayyorgarligidagi o’zgarishlarni qayd qiluvchi pedagogik tajriba ma’lumotlari taqqoslanganda, ularning ishonchliligida [r>0,05] farqlar aniqlanmadi. Ko’rsatkichlarni taqqoslash nazorat va tajriba guruhlaridagi 5 yoshli qiz bolalarda faqat tana uzunligi, o’tirgan holda oldinga engashish, qo’llarni bosh orqasiga qo’ygan holda gavdani ko’tarish ma’lumotlari bo’yicha, 6 yoshlilarda esa o’pkaning tiriklik sig’imi, o’ng va chap qo’l panja kuchi ma’lumotlari bo’yicha muhim ishonchli farqlar [p < 0,05] mavjudligidan dalolat beradi.
O’g’il bolalarda esa birorta ko’rsatkichda ham ishonchli farqlar [r > 0,05] aniqlanmadi. Shuni ta’kidlash kerakki, muallif X.B.Tulenova tomonidan 5-7 yoshli maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va harakat tayyorgarligi bo’yicha tadqiqotlar taxminan 10 yil avval o’tkazilgan. Yuqorida biz testlardagi ayrim farqlarni ko’rsatdik, shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasa-larida 5-6 yoshli bolalar salomatlik varaqasini ishlab chiqish muhimdir. Mustaqillik davrida tijoratga asoslangan yangi maktabgacha ta’lim muassasalari paydo bo’ldi, ularga bolalar tanlov asosida qabul qilinadi, bularning hammasi tashkiliy-ommaviy jismoniy sog’lomlashtirish ishlarining ijobiy tomonga o’zgarishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
O’sib yetishayotgan avlodni har tomonlama uyg’un tarbiyalashdek olijanob vazifani muvaffaqiyatli hal etish ko’p jihatdan jismoniy tarbiyani samarali tashkil etishga bog’liq. Shu munosabat bilan 5-6 yoshli bolalarning yoshiga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda jismoniy tarbiyaning samarali vosita va metodlarini ilmiy asoslash muhim ahamiyatga ega. Faqat jiddiy ilmiy yondashilgandagina jismoniy tarbiya bolalar sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashning, ularning jismoniy rivojlanishini yaxshilashning amaliy natija beradigan vositasi bo’lib qoladi.
Jismoniy mashqlar noto’g’ri jismoniy tarbiya jarayonida organizmga ta’sir etuvchi yetakchi, biroq yagona omil bo’lmasa ham, umumiy oqilona kun tartibi, to’g’ri ovqatlanish, uyqu, chiniqishni tashkil etish haqida ham o’ylash kerak. O’z navbatida, o’sayotgan organizmning harakat faoliyati nafaqat uning har tomonlama jismoniy va aqliy rivojlanish sharti, balki asosiy rol katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar harakat faolligining asosi bo’lgan milliy va harakatli o’yinlarga beriladigan atrof olamni anglash usuli hamdir.
Ma’lumki, har bir yosh bosqichi marfofunksional o’ziga xosliklarga ega, ular katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyani tashkil etishda hisobga olinishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalardaharakatlanish tizimi funksiyalarining jadal rivojlanishi velosipedda, samokatda uchish kabi murakkab harakatlarning elementlarini muvaffaqiyatli o’zlashtirishni shart qilib qo’yadi. Shu bilan birga, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar harakatlarning aniqligi bilan bog’liq ko’nikmalarni, ayniqsa, ikki qo’l harakatining muvofiqligi, berilgan kuchlanishni qabul qilish aniqligi kabilarni ancha keyinroq o’zlashtiradilar. 5- 6 yoshidagi bolaning har tomonlama rivojlanishi, jismoniy sifatlarning (kuch, tezkorlik, chidamlilik, epchillik va chaqqonlik) uyg’un rivojlanishi, yurak-qon tomir, nafas olish va organizm boshqa tizimlarining yaxshi ishlash qobiliyati, harakatlarni o’zlashtirish va ularni muvofiqlashtirish malakalari bir butun holda jismoniy ta’lim asosi hisoblanadi.
Har tomonlama tayyorgarlik asosida boladagi barcha sifatlarning bir-biri bilan bog’liq holda yuzaga kelishi yotadi: ulardan birining rivojlanishi boshqalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va aksincha, bir yoki bir nechta sifatlarning rivojlanishdan orqada qolishi boshqalarining rivojlanishini to’xtatib qo’yadi. Jismoniy sifatlarning rivojlanish jarayonlari va harakat ko’nikmalarining optimal o’zaro bog’lanishini aniqlash masalasi muhim ahamiyatga ega. Harakatlarning tashqi shakli va ichki tuzilishi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy sifatlarining o’zaro bog’liqligi haqidagi ma’lumotlarniolish jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarni ko’rish imkonini beradi. Shu bilan birga, ayniqsa,5-6 yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va harakat tayyorgarligi ko’rsatkichlari o’zaro bog’liqligining miqdoriy tavsiflari haqidagi ma’lumotlar yetarli emas.
Shuni ta’kidlash muhimki, otish va uloqtirish ko’plab milliy va harakatli o’yinlarning asosini tashkil etadi. Bunday harakatlarda kuch, otish masofasi, otilish yo’nalishi avvaldan dasturlanishi kerak, chunki odatda bir necha o’n millisekund atrofida davom etadigan otish, urish yoki uloqtirish paytidagi harakatlarni to’g’rilash juda murakkab. Qum solingan xaltachani otish masofasini o’rganish qo’lning yuqori mushaklari kuchini rivojlantirish bilan otish masofasi ortishidan dalolat beradi. Yoshga va jinsga oid farqlar kabi o’ng va chap qo’l bilan bajariladigan harakatlardagi farqlar ham juda aniq namoyon bo’ladi.
O’yin shaklidagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning harakat faoliyatiga mazmun baxsh etadi, tashabbus, mustaqillikni rivojlantiradi, harakatlarni bir necha marta bajarish uchun sharoit yaratadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar harakatlarining rivojlanishi ular harakatlanish tajribasining boyishidan boshlanadi, shuning uchun mashg’ulotlar to’p, raketka, xalqa va ular aralash qo’llangan turli harakat shakllari va usullaridan foydalanish asosiga qurildi. Bunda har bir mashg’ulotda o’yin mashqlari to’liq qayta ishlanadi, ular futbol, badminton, stol tennisi, basketbol o’yinlari usullarining elementlari shakllanishini ta’minlaydi.
Milliy va harakatli o’yinlardan foydalanish bo’yicha istiqbol reja materialni ma’lum ketma-ketlikda o’zlashtirishni ta’minlaydi, mashg’ulotlar qurilishi esa harakat faoliyatini o’zlashtirishni mustahkamlash imkonini beradi. Mashg’ulotlarning kirish tayyorgarlik qismida o’yin mavzusini yaratishning maxsus usullari: to’p bilan harakatlanish, to’pni bir-biriga uzatish, arqonda sakrashdan foydalaniladi. Mashg’ulotlarning kirish qismidagi o’yinlar diqqat, xotira, fikrlashni faollashtirishni ta’minlaydi, organizmning funksional imkoniyatlarini oshiradi. Mashg’ulotlarning asosiy qismida «To’pni egalla», «To’p uchun kurash», «Arqon tagidan o’tish» kabi harakatli o’yinlardan foydalaniladi. Mashg’ulotlarning yakunlovchi qismida «Bayroqchaga qarab yugurish», «Tinch turmas chumchuq», «Quvlashmachoq», «Kurk tovuq va jo’jalar» kabi bo’shashtiruvchi, fikrlashga, chaqqonlikka undovchi o’yinlar va mashqlardan foydalaniladi.
Sport elementiga ega va sportga yo’naltirilgan milliy va harakatli o’yinlar katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqat, qabul qilish, xotira, fikrlashi rivojlanishining o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda tanlanadi, turli buyumlar va ko’rish yo’nalishlaridan foydalanish esa bir xil harakatlarni istisno qiladi, bolaning yuklamasi, faolligini almashtirishni ta’minlaydi. Bu yana o’yin sharoitlarini, murakkab harakat vazifalarini o’zgartirishga yordam beradi. Harakatli o’yinlar dasturiga to’pni kim tezroq, kim yuqoriroq otadi, kim darvozaga, halqaga urib kiritadi kabi o’ziga xos musobaqa elementiga ega o’yinlar ham kiritiladi. Ularni tashkil etishda frontal yoki uzluksiz metodlardan foydalaniladi: bolalar hamma harakatlarni (sakrash, emaklash, yugurish) birgalikda bajaradilar.
Harakatli o’yinlar yil fasllariga bog’liq holda sport zalda va ochiq maydonlarda o’tkaziladi. Bular maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning harakat va aqliy sifatlarini rivojlantirish imkonini beradi. Harakatli o’yinlardan foydalanishning ushbu tizimi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning jismoniy rivojlanishi va harakat tayyorgarligiga oid ma’lumotlarni aniqlash imkonini beruvchi monitoring o’tkazishni, ularning rivojlanish sur’atini kuzatishni, biz tomonimizdan ishlab chiqilgan salomatlik varaqasiga asosan bola rivojlanishining individual dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ko’zda tutadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi.
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o‘rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi.
Sog‘lom, baquvvat, chiniqqan, xushchaqchaq, mehribon, tashabbuskor, o‘z harakatini yaxshi boshqara oladigan, jismoniy tarbiya va sport mashqlarini sevadigan, atrof-muhitda mustaqil harakat qila oladigan, maktabdagi o‘qishga hamda kelgusidagi faol ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli bola shaxsini shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni har tomonlama rivojlantirish asoslari sifatidagi alohida ahamiyatini belgilab beruvchi muhim vazifasi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun turuvchi faoliyat turining o‘ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda bola psixikasida muhim o‘zgarishlar kechadi va “Bolaning yangi oliy rivojlanish bosqichiga o‘tishi”ga tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi har bir yosh bosqichdagi bolaning potensial imkoniyatlari qonuniyatlarini o‘rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya kompleksi ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko‘nikma va malakalari, jismoniy sifatlar, ba’zi elementar bilimlarni) ko‘zda tutadi. Ularni o‘zlashtirish bolalarni maktabda o‘qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini ta’minlash imkonini beradi. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining muhim komponenti hisoblanadi, ayni paytda u aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etishning turli shakllarida (mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, mustaqil harakat faoliyati va h.k.) tarbiyachining e’tibori fikrlaydigan, o‘z yosh imkoniyatlariga ko‘ra ongli harakat qiladigan, harakat ko‘nikmalarini muvaffaqiyat bilan egallaydigan, atrof-muhitda mo‘ljal ola biladigan, uchraydigan qiyinchiliklarni faol tarzda bartaraf etadigan, ijodiy izlanishga intiladigan bolani tarbiyalashga qaratiladi. Bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi to‘xtovsiz rivojlanmoqda va bola tarbiyasining turli tomonlarini qamrab oluvchi tadqiqotlar natijasida olinayotgan yangi bilimlar hisobiga boyib bormoqda. Bolalar muassasalarining ommaviy tajribasida sinovdan o‘tgan tadqiqot natijalari dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklarga kiritilmoqda va bolalar bilan ishlash amaliyotiga joriy qilinm1oqda. Bu butun ta’limtarbiya jarayonining taraqqiyotiga yordam beradi. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi butun jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, oilada jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog‘lom va baquvvat qilib o‘stirish, ular organizmini chiniqtirish, ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lomlashtirish vazifalari - bu jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo‘lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yo‘li bilan o‘zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat.
Bola organizmining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgani sababli, uning vazifalari ancha aniqroq shaklda ifodalanadi; bola suyagini bexato va o‘z vaqtida qotishiga orqa umurtqadagi egik joylarning shakll anishiga, tovon yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay-bo‘g‘im apparatlarni pishitishga yordam ko‘rsatiladi. Tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojlanishiga, suyaklar o‘sishi va vaznini bir tartibga solishga yordam berish; barcha muskullar guruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z, ichki organlar - yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa muskullar); ayniqsa, zaif rivojlangan bukuvchi muskullar guruhining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim.
Yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, ya’ni yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarishi ritmini yaxshilash va to‘satdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobilyatini rivojlantirish; ko‘krak qafasi hatakatchanligini o‘stirish, chuqur nafas olish, uning ritmi barqarorligiga, o‘pka sig‘imini oshirishga yordam ber ish, burundan nafas olishni yaxshilash; ichki organlarning (ovqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to‘g‘ri ishlashiga yordamlashish; termoregulatsiya funksiyasining to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish.
Markaziy asab tizimining faoliyatini takomillashtirish: qo‘zg‘alish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek, harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish. Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni hal etish ham muhimdir. Chunonchi: harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilik)ni o‘stirish, to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena ko‘nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish. Bolalar asab tizimining plastikligi tufayli ularda harakat ko‘nikmalari nisbatan yengil shakllanadi. Ularning ko‘pchiligidan (emaklash, yurish, chang‘ida yurish, velosipedda sayr qilish va boshqalar) kundalik hayotda harakat vositasi sifatida foydalaniladi.
Harakat ko‘nikmalari tashqi muhit bilan aloqani osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi: bola emaklab o‘zini qiziqtirgan narsalarga yaqinlashadi va ular bilan tanishadi; velosipedda sayr qila oladigan bolalar qor, shamollarni oson idrok etadilar; suzish chog‘ida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar. Jismoniy tarbiya mashqlarini to‘g‘ri bajarish muskullar, paylar, bo‘g‘imlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi. Mustahkam shakllangan harakat ko‘nikmalaridan foydalanish bolaga mashqlarni bajarishda jismoniy kuchni tejash va o‘yin faoliyatida e’tiborni kutilmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan turli vazifalarni olishga yo‘naltirish imkonini beradi. Bolalarda 7 yoshgacha shakllangan harakat ko‘nikmalari maktabda ularni yanada takomillashtirish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi va kelajakda sportda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Bolalarda harakat ko‘nikmalarining shakllanishi jarayonida birmuncha murakkabroq harakatlar va bu harakatlarni o‘z ichiga oluvchi turli faoliyat turlarini osongina egallash qobiliyati hosil qilinadi. Yosh guruhlarga oid harakat ko‘nikmalarining hajmi dasturda berilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda saflanish, umum-rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bundan tashqari, bolalarni sport o‘yinlariga (Badminton, stol tennisi) va sport o‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)ni bajarishga o‘rgatish zarur. Harakat ko‘nikmalari hajmi maktabgacha ta’lim muassasalarida sharoitning mavjudligi, bolalarning jismoniy tayyorgarligi, tarbiyachilarning malakasi, ota-onalar yordamiga qarab kengaytirilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni, o‘tirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga o‘rgatish muhim. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga muhabbat, ularning natijalariga, sportchilarning yutuqlariga qiziqishini tarbiyalash lozim. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud.
Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngilchanlik va hokazo) va axloqiy fazilatlari – halollik, haqqoniylik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam, jamoada shug‘ullanish malakasi, jismoniy inventarni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan - botirlik, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yen- gishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalarni namoyon qilish uc- hun juda qulay sharoit yaratiladi. To‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o‘si shiga yordam beradi, chunki asab tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha ruhiy jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol va boshqalar), shuningdek, tafakkur jarayonlari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish va boshqalar) rivojlanadi.
|
| |