|
Периодическое издание «Экономика и социум»________________________________________________________________
"Экономика и социум" №9(100) 2022 www.iupr.ru
Keywords: heat, pipe, sensor, coolant, heating process.
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida issiqlik almashinish qurilmalarida
o’tkaziladigan suyuqlik va gazlarni isitish, bug’lanish, sovitish va bug’larni
kondensatsiyalash jarayonlari juda keng tarqalgan. [1]
Biror muhitdan boshqasiga issiqlik o’tkazish uchun mo’ljallangan moslama
issiqlik almashinish qurilmasi deb nomlanadi. Issiqlik uzatish jarayonida
qatnashayotgan muhitlar issiqlik eltkichlar deb ataladi. Yuqori temperaturali va
issiqlik beruvchi muhit issiqlik eltkich deyiladi. Past temperaturali va issiqlik
oluvchi muhit sovuqlik eltkich deyiladi.
Turli sanoatlarda to’g’ridan to’g’ri issiqlik manbai bo’lib yoqilg’ilarni
yonishdan hosil bo’lgan gazlar va elektr energiyasi ham ishlatiladi. Bu turdagi
bevosita issiqlik manbalaridan issiqlik olib, o’zining issiqligini qurilma devori
orqali isitilayotgan suyuqlik yoki gazga beruvchi moddalar oraliq issiqlik
eltkichlar deb yuritiladi. Bunday issiqlik eltkichlarga suv bug’i, issiq suv va
yuqori temperaturali issiqlik eltkichlar (o’ta qizdirilgan suv, mineral moy, organik
suyuqlik va ularning bug’lari, tuz eritmalari, suyuq materiallar va boshqalar)
kiradi.
Oddiy temperatura (10...30°S) largacha sovitish uchun suv va havo keng
miqyosda va samarali qo’llaniladi.
Ko’p holatlarda issiqlik eltkichlar sifatida sanoat yarim mahsulot, mahsulot
va chiqindilarning issiqligidan foydalanish iqtisodiy tomondan maqsadga
muvofiqdir.
Sanoat ishlab chiqarishining texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish
texnik progressning ishlab chiqarish madaniyatining yuksalishiga, mahsulot
sifatini oshishiga, uskuna unumdorligiga, mahsulotni ishlab chiqarishda xom
ashyoning umumiy sarfini, energiya va mehnat sarfini kamaytirishga, atrof muhit
himoyasini yaxshilashga, insonni ishlab chiqarishning zararli sharoitlaridan ozod
qilishga shu bilan birga qator sotsial, iqtisodiy va texnik ko`rsatgichlarni
yaxshilashga qaratilgan asoslaridan biridir [2].
|
| |