________________________________________________________________
"Экономика и социум" №9(100) 2022 www.iupr.ru
Suyuqliklar issiqlik almashtirgichning bu ikki qismi bo‘ylab o‘tib, quvurlarning
sirti orqali o‘zaro issiqlik almashinadilar.
Mahsulot nasos yordamida T -l issiqlik almashtirgich quvurlariga, issiqlik
eltgich esa, boshqa nasos bilan uning korpusiga uzatiladi. Issiqlik eltgich T -l ga
oqib kiradi va quvur dastasida mahsulot oqimiga qaramaqarshi yo‘nalishda
harakatlanadi. [6]
Oqimlarning qarama-qarshi yo‘nalishi issiqlik
almashinuvining yanada
yuqori tezlikda bo‘lishini ta’minlaydi, bu esa issiqlik almashtirgichning
o‘lchamlarini minimallashtirishga imkon beradi.
Isigan mahsulot issiqlik
almashtirgich quvurlarining issiqlik eltgich kirgan uchidan oqib chiqadi sovitilgan
issiqlik eltgich esa issiqlik almashtirgichning mahsulot oqib kiradigan tomonidan
chiqadi.
Boshqarish prinsiplari
Issiqlik almashtirgichni boshqarish vazifasi isitish jarayonini qurilmaning
xavfsizligi va undan samarali foydalanish talablariga muvofiq o‘tkazishdan
iborat. [7]
Mahsulot N-1/A,B nasosi yordamida T-l
issiqlik almashtirgichining
quvurlar dastasiga uzatiladi. Mahsulotning sarflanishini boshqarishni issiqlik
almashtirgichga tomon liniyadagi FV-100 klapani yordamida FIRC-100
rostlagichi amalga oshiradi. Mahsulotning haroratini TIR-300 asbobi o‘lchaydi.
Issiqlik eltgich T -l issiqlik almashtirgichiga N-2/A,B
nasosi yordamida
uzatiladi. Issiqlik almashtirgichga kirayotgandagi uning harorati TIR-310 asbobi
yordamida o‘lchanadi. T-l issiqlik almashtirgichdan chiqishda qizigan
mahsulotning berilgan haroratini TIRC-330 rostlagichi ta ’minlab turadi, u FIRC-
110 asbobi uchun sarf miqdorini o‘zgartirib, T -l ga kelayotgan issiqlik eltgich
oqimini kaskadda boshqaradi. FIRC-110 rostlagich FV-110
klapan yordamida
issiqlik eltgichning talab etilayotgan sarfini ta ’minlaydi, bu klapan issiqlik
almashtirgichga issiqlik eltgichni uzatish quvurida joylashgan.
T -l dan
chiqarilayotgan sovitilgan issiqlik eltgichning haroratini TIR-320 datchigi nazorat
qilib turadi.