PISA dasturi tashabbuskori Andreas Shlyaxer O‘zbekistonda




Download 28.96 Kb.
bet3/4
Sana21.03.2023
Hajmi28.96 Kb.
#46119
1   2   3   4
Bog'liq
3 kreativ
5130200-Amaliy matematika va informatika, 1-Mavzu Axborotni kodlash turlari, 2-qism, 6-amaliy mashg’ulot, 9, 202-203, ASCII jadvali, ascii jadvaliorg
PISA dasturi tashabbuskori Andreas Shlyaxer O‘zbekistonda.
Joriy yilning 10–13-aprel kunlari Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bosh kotibining Ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi, PISA dasturining tashabbuskori va rahbari Andreas Shlyaxer amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Tashrifning ilk kunida IHTT bosh kotibining Ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va inspeksiya huzurida tashkil etilgan Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishi milliy markazi faoliyati bilan ham tanishdi. Xususan, markazdagi bosmaxona, chop etilgan qo‘llanmalar, studiya va bu yerda tayyorlangan videodarslar hamda testlarni tajrima qilish va ekspertizadan o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, milliy markaz xodimlari mamlakatimizda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish va bu boradagi o‘ziga xos yondashuvlar bo‘yicha taqdimot o‘tib berishdi.
Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bosh kotibining Ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisiga tashrif va hamkorlik aloqalari uchun minnatdorchilik bildirar ekan, mamlakatimiz ta’lim tizimini takomillashtirish, xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish bo‘yicha erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdi.
— Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilish, unda sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlarini muntazam oshirib borish bo‘yicha Davlatimiz rahbari boshchiligida qator izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘qitish metodikasi va ta’lim natijalarini baholash tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha katta islohotlar boshlab yuborilgan.
Biroq shu kunga qadar mamlakatimizning ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etmagani, mavjud holatni xalqaro darajada baholash, boshqa davlatlar bilan taqqoslash va tahlil qilish imkoniyatlarimizni cheklab kelayotgan edi. Hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bu borada ham ilk qadamlar tashlandi. Xususan, 2018-yilda Ta’lim inspeksiyasi huzurida Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil qilinib, unga umumta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda ishtirokini ta’minlash vazifasi yuklandi.
O‘tgan davr mobaynida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamda Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan kelishuvlarga erishilib, O‘zbekiston ilk marotaba PISA, TALIS, PIRLS va TIMSS xalqaro dasturlarida ishtirok etmoqda.
2021-yilda respublikaning 83 ta maktablarida PISA tadqiqotining tajriba-sinovlari o‘tkazildi, endilikda tanlab olingan 202 ta ta’lim muassasalarida 2022-yilda aprel-may oylarida asosiy sinov jarayonlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Albatta mamlakatimiz ta’lim tizimiga butun dunyo miqyosida baho beriladigan bunday tadqiqotda ishtirok etish, barchamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi. 
O‘ylaymanki, Sizning tashrifingiz va berayotgan tavsiyalaringiz nafaqat sinovlarni tashkil qilishda balki, kelgusida uning natijalari qarab ta’lim tizimimizni isloh qilishda va o‘zimizga yangi rejalar tuzishda juda asqatadi, – dedi Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i.
O‘z navbatida PISA dasturining tashabbuskori mamlakatimizda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ishlarini e’tirof etar ekan, bu borada o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdi.
— Ko‘rib turibmanki, inspeksiya O‘zbekistonda ta’lim mazmunining markazi turibdi. Ya’ni o‘quvchilarning yaxshi o‘zlashtirishi, o‘qituvchilarning malakasi yaxshilanishi hamda ilg‘or mamlakatlarning eng yaxshi tajribalarini joriy qilish yo‘lida sezilarli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, Milliy markazda PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘rib mamnun bo‘ldim. Materiallarni tarjima qilish, chop etish va joyiga yetkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Shuni alohida ta’kidlashim lozimki, yurtingiz ilk marotaba PISA ishtirok etayotgani quvonarli. Biroq, tadqiqotning ahamiyati shundaki, jarayonlar natija e’lon qilinishi bilan to‘xtab qolmaydi. Shu asosda sohani takomillashtirish bilan bog‘liq xulosalar qilish, zarur islohotlarni amalga oshirish juda muhim. 
Ya’ni bunda shunchaki, o‘quv dasturlarining o‘zini o‘zgartirib qo‘yish bilan yuqori natija kutish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Buning uchun o‘qitish jarayonini, uning ishtirokchilari bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota-onalarining dunyoqarashini o‘zgaritish lozim. 
Bunda esa o‘qituvchilar mahorati, bilim va saviyasining muntazam o‘sib borishi hal qiluvchi kuch ahamiyat kasb etadi. Zero, biz o‘quvchilarni hozirgi zamon uchun emas kelajak uchun tayyorlashimiz kerak. Bu borada esa hamkorlik qilish va amaliy yordam ko‘rsatib borishga tayyormiz, – dedi Andreas Shlyaxer.
Tashrif yakunida tomondan uchrashuv davomida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha muhokamalarni yanada kengroq davrada, mutasaddi vazirlik va idoralar ishtirokida davom ettirishga kelishib olindi.
2021-yildagi PISA tadqiqotida matematik savodxonlik darajasini tekshirish ustuvorlik kasb etadi. Maʼlumot uchun, PISA tadqiqotiga tayyorgarlik koʻrish uchun matematik savodxonlik yoʻnalishi boʻyicha smartfondan foydalanish, daraja xossalarining goʻzalligi, xarid qilish qarori, navigatsiya kabi topshiriqlarni bajarib, shugʻullanish kerak boʻladi. Bu borada jahon tajribasida e‟tibor qaratsak, PISA tahlillari: Estoniya eng yuqori reytingga erishgan mamlakatlardan biri bo‟lib, Estoniya PISA-2015 tadqiqotida matematika, oʻqish va tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha eng yuqori reytingga ega boʻlgan oʻnta mamlakatning biri edi. Bu muvaffaqiyat uchun kichkina Boltiqboʻyi davlati “Yangi Finlyandiya” deya atala boshlandi. Chunonchi, 2015-yilda Estoniya matematika va tabiiy fanlar boʻyicha Finlyandiyadan oʻzib ketdi. Finlyandiyalik ekspertlar 1990-yillardagi taʼlim islohotlari masalalari boʻyicha estoniyalik hamkasblariga maslahatlar berdi.Darhaqiqat, bu mamlakatlar muvaffaqiyatida qandaydir umumiylik bor: har ikki mamlakatda, ongli ravishda qilingan niyat boʻladimi yoki madaniy xususiyatmi, taʼlimdagi tenglik katta qadriyat sifatida tan olinadi. Bu yaxshi taʼminlangan yoki kam taʼminlangan oilalardan chiqqan bolalarning natijalaridagi minimal tafovutlar bilan tasdiqlanadi. Estoniya taʼlim tizimi muvaffaqiyatlari sirishundan iboratki Estoniyada ijtimoiyiqtisodiy omillarning taʼsiri boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past. Bu jihatdan Estoniya oʻquvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi va ularning natijalari orasidagi bogʻliqlik ancha ochiq boʻlgan Avstriya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarga qaraganda Kanada, Gonkong va Norvegiyaga yaqinroqdir. PISA-2015 natijalari yuzasidanalohida eʼtiborga molik omil, bu – maksimal darajaga erishgan oʻquvchilar soni emas, 3 muhim yoʻnalishning har birida past koʻrsatkichlarga ega oʻquvchilar sonining kamligi. Majburiy taʼlim 7 yoshdan boshlanadi, 3-4 yoshli bolalarning katta qismi davlat bogʻchalariga boradi. Bitta tarbiyachiga toʻgʻri keladigan tarbiyalanuvchilar sonining nisbati Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti reytingi boʻyicha oʻrtachaning yarmini tashkil etadi. Yosh shkalasining ikkinchi uchida – oʻrta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan koʻp sonli oʻquvchilar turadi (sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida eng yuqori koʻrsatkichlardan biri), buni ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar har bir oʻquvchiga koʻrsatilayotgan yuqori darajadagi ishonch tasdiqlaydi. Mustaqillikka erishganidan soʻng Estoniya markazlashmagan taʼlim tizimiga oʻtdi va maktablarga maʼlum darajada avtonomiya, taʼlim dasturi va byudjet boʻyicha qaror qabul qilish huquqi, oʻqituvchilarni ishga olish va boʻshatish imkonini berdi. Maktab yoshidagi bolalar sonining qisqarishi eston taʼlim tizimi yetarli darajada kontingent yashaydigan joylarda maktablar boʻlishini, shu bilan birga maktab uchun zarur boʻlgan kontingent sonini nazorat qilishi shartligini talab qiladi. PISA kabi xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun nima qilish kerak? Yaxshi natijalar ko„rsatish uchun hech bo„lmaganda 2 maqsadga ega bo„lish kerak: birinchisi, o„qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta‟lim sifati o„qituvchilarning kasbiy darajasiga bog’liq, deb aytishmaydi.
Xulosa
O’qituvchilarni tayyorlashga mablag’ ajratish va yangi o’quv materiallarini yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga investitsiya kiritishi, moliyalashtirishi va uslubiy qo’llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim. Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o’qituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta’lim jarayonida o„qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o’zgartirish zarur. Buning uchun biz o’qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta’limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o’qituvchilarni ta’lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta‟minlashimiz kerak.

Download 28.96 Kb.
1   2   3   4




Download 28.96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PISA dasturi tashabbuskori Andreas Shlyaxer O‘zbekistonda

Download 28.96 Kb.