• 2 maqsadga ega bo‘lish kerak: birinchisi, o‘qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir.
  • Pisa ( Programme for International Student Assessment) o’quvchilarni xalqaro baholash dasturi Reja




    Download 28.96 Kb.
    bet2/4
    Sana21.03.2023
    Hajmi28.96 Kb.
    #46119
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3 kreativ
    5130200-Amaliy matematika va informatika, 1-Mavzu Axborotni kodlash turlari, 2-qism, 6-amaliy mashg’ulot, 9, 202-203, ASCII jadvali, ascii jadvaliorg
    PISA test tarkibi
    PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik oʻtkaziladi. Testlarda asosiy eʻtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi.
    PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:
    Bir javobli testlar;
    Bir nechta javobli testlar;
    Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;
    Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi).
    Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan.
    PISA asosiy yoʻnalishlar
    Oʻqish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan maʻlumotlarni tushina olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida oʻqigan maʻlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati.
    Bu yerda, oʻqish savodxonligi tushunchasi keng maʻno kasb etadi. Bu yoʻnalish maqsadi oʻquvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar, turli qoʻllanmalar, geografik kartalar kabi rangba-rang tematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga moʻljallangan diagrammalar, rasmlar, kartalar, grafik va jadvallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita olish, matn mazmuniga baho berish va oʻqiganlari haqida oʻz fikrini bera olishi kabi kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi.
    Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini taʻminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir.
    Bu boʻlimdagi savodxonlik terminidan bu boʻlim maqsadi odatda maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada oʻzlashtirganini aniqlash emasligni koʻrsatish uchun foydalanilgan. Asosiy eʻtibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan qoʻllagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va koʻnikmalar zarur boʻlishi mumkin.
    Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hk.) duch kelinishi mumkin boʻlgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi.
    Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish koʻnikmasini rivojlantirish bu boʻlimning asosiy maqsadidir.
    Bu savodxonlik asosi bizning maktablarimizda fizika (astronomiya elamentlari bilan birga), biologiya, kimyo va geografiya fanlari oʻqitilish jarayonida berilishi koʻzda tutilgan.
    2000-yilda 32 davlatdan 265 000 oʻquvchilar test sinovidan oʻtgan. Ushbu yilda asosiy mavzu - o'qish va o'qilgan narsalarni tushunish qobiliyati tanlangan boʻlib, test savollarining uchdan ikki qismi aynan shu mavzuga bag'ishlangan.
    PISA-2003 da 43 mamlakatdan 275 000 dan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi. Oʻqish boʻyicha Finlandiya 543 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi. Rossiya - 442 ball, AQSh - 495 ball, Serbiya - 412 ball olgan.
    Matematika yoʻnalishida Gonkong 550 ball bilan birinchi oʻrinda, AQSh 483 ball, Italiya 466 ball, Rossiya 468 ball toʻplagan.
    Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha Finlandiya yetakchilik qilgan (549 ball).
    2006-yilda o'qish savodxonligi bo'yicha 57 davlat orasida Janubiy Koreya 556 ball bilan birinchi o'rinni egallagan.
    Matematika yoʻnalishida Taybey 549 ball bilan yetakchilik qilgan. AQSH 468 ball, Isroil 442 ball toʻplagan.
    Tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha Finlyandiya 563 ball bilan birinchi o'rinda, Italiya 475 ball, AQSh 489 ball to'plagan.
    2009 - yilda tadqiqotda 74 davlat ishtirok etgan. O'qish savodxonligi bo'yicha Xitoyning Shanxay shahri 556 ball bilan yetakchilik qilgan. Koreya 539 ball bilan ikkinchi va Finlandiya 536 ball bilan uchunchi o'rinni egallagan.
    Matematika yoʻnalishida ham Xitoyning Shanxay shahri 600 ball bilan yetakchi, MDH davlatlaridan Rossiya 468 ball, Qozogʻiston 405 ball, Qirgʻiziston 331 ball toʻplagan.
    2012-yilda PISA da 65 ta davlat, jumladan, OECDga aʻzo 34 ta davlati ishtirok etdi.
    Ishtirokchilarga anʻanaviy testlar bilan bir qatorda tadqiqot tarixida birinchi marta yangi turdagi masala, yaʻni - interaktiv masalalar (interactive problems) taklif qilindi.
    2015-yilda tadqiqotda 70 ta davlat ishtirok etdi. Shu yili anʻanaviy testlar bilan bir qatorda, moliyaviy savodxonlik bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi.
    Singapur davlati o'qish savodxonligi, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi PISA tadqiqotining barcha yoʻnalishlari boʻyicha birinchilikni egallagan. MDH davlatlaridan o'qish savodxonligi boʻyicha Qozog'iston 427 ball (53 - oʻrin), matematik savodxonlik boʻyicha Rossiya 494 ball (23-oʻrin) va tabiiy fanlar boʻyicha Moldova 428 ball (50-oʻrin) toʻplagan.
    2022-yilda Oʻzbekiston ilk bor PISA xalqaro tadqiqotda ishtirok etadi. Oʻzbekiston PISA tadqiqotlarida qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
    Maktab o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha PISA tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi
    2022 yilda O‘zbekistondagi ta’lim sifati xalqaro PISA dasturi doirasida baholanadi. Rossiyalik mutaxassis Galina Kovaleva O‘zbekiston ta’lim sifatini baholashga tayyorgarlik ko‘rishda qanday yordam ko‘rsatilayotgani, postsovet ta’lim tizimlari tomonidan olingan «o‘rtacha ko‘rsatkichdan past» natijalar va qanday baholash natijalarini kutish mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
    2022 yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (Program for International Student Assessment, PISA) ishtirok etadi. O‘zbekistonni ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishiga Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Ta’lim sifatini baholash markazi ko‘maklashmoqda.
    24−25 avgust kunlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Jahon bankining READ dasturi doirasida Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya Ta’lim strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda «Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish — inson kapitalini rivojlantirish omili» mavzusida Rossiya ta’lim akademiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Rossiya ta’lim sifatini baholash markazi rahbari Galina Kovaleva ishtirokida xalqaro onlayn vebinar o‘tkazilgandi.
    Ma’lumot uchun, Galina Kovaleva 1993 yildan buyon Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)da, 2013 yildan boshlab PISA xalqaro tadqiqotlari boshqaruv kengashida Rossiyaning vakili hisoblanadi. 1989 yildan 2018 yilgacha milliy koordinator sifatida Rossiyada umumiy ta’lim sifati bo‘yicha - IAEP, TIMSS, CIVIC, PIRLS, PISA xalqaro qiyosiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan. 1994 yildan hozirgi paytgacha TIMSS xalqaro tadqiqot dasturi doirasida tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim yutuqlarini baholash vositalarini ishlab chiqadigan xalqaro ekspertlar guruhi ishida qatnashmoqda. Amalga oshirilgan ishlar rus va xorijiy nashrlarda (200 dan ortiq ishlari) e’lon qilingan.
    «Gazeta.uz» mutaxassisning Ta’lim inspeksiyasiga bergan intervyusidan muhim parchalarini e’tiboringizga havola etadi.
    Mamlakatimizda davlat hamda jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar bilan bir qatorda, taʼlim sifatini oshirish va xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik koʻrish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
    Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbarining farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro baholash dasturining reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish ustuvor vazifa etib belgilangan edi.
    Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida dunyoda taʼlim sifatini baholash boʻyicha yetakchilik qilib kelayotgan xalqaro baholash dasturlari, jumladan, TIMSS, PISA va PIRLS dasturlarida ishtirok etishga kirishildi.
    Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita taʼlim sifatini oshirish bilan bogʻliqdir. Unda ishtirok etish, nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon hamjamiyatida oʻquvchilarning oʻquv dasturlarini yodda saqlab qolganligini baholashdan ularning kompetensiyalarini baholash, yaʼni maktabda egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olishi, ijodiy va mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish va uni baholashga oʻtishda muhim vosita boʻlib hisoblanadi.
    Qolaversa, oʻqituvchilar va oʻquvchilarning TIMSS, PISA va PIRLS tadqiqotlari haqidagi tasavvurlarini boyitish, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, oʻquvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish, shu orqali taʼlim sifatini oshirishga hissa qoʻshish maqsadida Taʼlim inspeksiyasi, uning huzuridagi Milliy markaz hamda xalq taʼlimi tizimidagi mutaxassislar bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilyapti.
    Xalqaro tadqiqotlar boʻyicha koʻplab maktablarda PISA savollari negizida dastlabki tajriba-sinovlar oʻtkazilib, minglab oʻquvchilar qamrab olindi. TIMSS dasturi savollari negizida Jahon banki bilan hamkorlikda respublikamiz maktablarda tadqiqot oʻtkazilib, oʻquvchilarning matematik savodxonligi baholandi.
    Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida nimalar deya olasiz?
    — Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu masalada aynan bizning institutga hamkorlik va yordam borasida murojaat qilib, tashabbus bilan chiqqanligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Rossiya xalqaro tadqiqotlarda 1988 yildan (30 yil) buyon, PISA xalqaro tadqiqot dasturlarida esa tadqiqotning ilk davri — 2000 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Men 2000−2020 yillarda Rossiyaning PISA xalqaro tadqiqotlari bo‘yicha milliy koordinatori bo‘lganman.
    Shuningdek, hamkorligimiz dastlabki kunlardanoq juda yaxshi va samarali tashkil etilganini e’tirof etmoqchiman. Biz READ (Rossiya Moliya vazirligi va Jahon banki o‘rtasidagi Rossiya ta’limini rivojlantirish va ko‘maklashish dasturi) doirasidagi ilk seminarda ishtirok etish uchun Moskvaga kelgan delegatsiyani yaxshi eslaymiz. (2019 yil fevral).
    Mazkur loyiha doirasida o‘zbekistonlik hamkasblarimizga birinchi tayyorgarlik uchun Moskvada ilk seminarlar tashkil etilgan edi. Ushbu seminar uchun barcha viloyatlardan mutaxassislar tanlab olingani, ular bilan tayyorgarlik ishlari, suhbatlar olib borilgani va juda katta qiziqishga ega bo‘lgan mutaxassislar tashrif buyurgani bizni qoyil qoldirgan va xursand qilgan. Oldiga aniq maqsad qo‘yilgan mutaxassislar bilan ishlash biz uchun ham yaxshi maktab bo‘lgan edi. Zero, mamlakat xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishni o‘z oldiga aniq maqsad qilib qo‘ygan.
    Bizning nazarimizda, birgalikda o‘tkazayotgan seminarlarimiz O‘zbekistonning raqobatbardoshligini global oshirish mexanizmi hisoblangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishga tayyorlash uchun juda muhim. Umid qilamizki, ushbu seminar doirasida muhokamadan so‘ng o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini yaratishga kelishib olamiz. O‘zbekiston ta’lim inspeksiyasi va vazirlik tomonidan o‘zbekistonlik va rossiyalik pedagoglar, metodistlar va ta’lim sohasi mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish uchun platforma yaratildi. Ushbu platforma orqali biz tajriba almashish va turli mamlakatlarning natijalarini o‘rganish, tadqiqotga qanday tayyorgarlik ko‘rishlarini tahlil qilish va mamlakatni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash vositalarini birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz.
    Ishonchim komilki, o‘zbekistonlik hamkasblarimning professional darajasi, qiziqishi va motivatsiyasi yaqin orada yaxshi natija beradi. Shuning uchun ham men hamkorligimizni yuqori baholay olaman.
    PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun nima qilish kerak?
    Yaxshi natijalar ko‘rsatish uchun hech bo‘lmaganda 2 maqsadga ega bo‘lish kerak: birinchisi, o‘qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta’lim sifati o‘qituvchilarning kasbiy darajasiga bog‘liq, deb aytishmaydi. Demak, o‘qituvchilarni tayyorlashga mablag‘ ajratish va yangi o‘quv materiallarini yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga investitsiya kiritishi, moliyalashtirishi va uslubiy qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim.
    Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta’lim jarayonida o‘qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o‘zgartirish zarur. Buning uchun biz o‘qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta’limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o‘qituvchilarni ta’lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta’minlashimiz kerak. Bu eng muhimi va siz hozir to‘g‘ri yo‘ldasiz, ancha oldin PISA va PIRLS tadqiqotlari topshiriqlari xususiyatlarini ochib beruvchi materiallar bilan to‘plamlarni chop etdingiz. Endi esa bu vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirib, paydo bo‘layotgan muammolarni hal qilish ustida ishlash kerak.
    PISAda ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?
    PISA natijalari 2023 yil oxirida e’lon qilinadi. Menimcha, bu juda muhim qaror. Mamlakatlar xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishlari kerak, chunki ular bizning ichki holatimizdan emas, balki xalqaro standartlar nuqtai nazaridan tashqi baho berishadi. Bu birinchisi.
    Ikkinchidan, ilk yillardan qandaydir juda yaxshi, ijobiy natijalar olish haqida gapirib bo‘lmaydi. Rossiya 2000 yildan beri xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etib kelmoqda va PISA bo‘yicha bizning natijalar o‘rtacha xalqaro darajadan past edi. Faqat 18 yil davomida ta’limga katta sarmoya kiritish orqali PISA tadqiqotidagi natijalarimiz Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga yaqinlashdi. Buni qanday izohlash mumkin? Bu bizning rus maktabimiz (qaysidir ma’noda sovet maktabi) ko‘proq fan natijalariga, ya’ni yosh avlodga yaxshi, chuqur va uzoq muddatli bilimlarni berishga e’tibor qaratganligi bilan izohlanadi. Ijodkorlikni rivojlantirishga bunaqa ehtiyoj yo‘q edi, olingan bilimlar barcha o‘quvchilar tomonidan turli hayotiy vaziyatlarda ishlatilishini ta’minlash uchun vaqt ham bo‘lmagan.
    Siz ishtirok etadigan yo‘nalish juda muhim va yuqori natijalar berishi dargumon. Lekin ularni to‘g‘ri idrok etish uchun, albatta, tadqiqotga jalb etilgan hamkasblarimiz postsovet mamlakatlarida bo‘layotgan voqealarni yaxshi tahlil qilishlari zarur.
    Xuddi shu maqsadda vebinar davomida Belarus va Qozog‘iston Respublikasining natijalarini ko‘rsatib o‘tdim. Bu sizga ilgari umumiy ta’lim tizimiga ega bo‘lgan qo‘shni mamlakatlar qanday natijalarga erishilganligini ko‘rish imkonini beradi. Agar mamlakatingizda ta’lim tizimi qanday tashkil etilgani, boshqa mamlakatlarda qanday o‘zgarishlar ro‘y berayotgani haqida tushunchaga ega bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda natijalar qanday bo‘lishi va eng muhimi, odamlarni qanday tayyorlash haqida ba’zi bashoratlar qilishingiz mumkin. Bu natijalarni Rossiya bilan solishtirib bo‘lmasa kerak. Ta’lim tizimini o‘zgartirmasdan juda ko‘p ishlarni amalga oshirgan Belarus va Ukraina (ayniqsa Belarus) Rossiya bilan taqqoslanadigan natijalarga erishdi. Lekin hali ham o‘rtacha xalqaro natijalari ancha past. Men nima uchun shundayligini tushuntirib o‘tdim: bizning ta’lim tizimimiz yaxshi va mustahkam bilimli muhandis kadrlar tayyorlashga asoslangan boshqa yo‘nalishga ega edi. Bu juda muhim, lekin biz boshqa tomonni ta’minlay olmadik.
    Shuning uchun maslahatim maqsadga bosqichma-bosqich erishish, e’lon qilingan g‘oya va islohotlarni joriy etish. Boshqa tomondan, natijalarni batafsil muhokama qilish uchun jamoatchilik va professional hamjamiyatni tayyorlashimiz, biz bu natijalar bilan nima qilishimiz va ushbu natijalarni rivojlanish uchun platforma sifatida qabul qilish bo‘yicha mamlakatni tayyorlash kerak.
    Xalqaro ekspert sifatida MDH davlatlari ta’lim tizimi va ularning xalqaro tadqiqotlar borasidagi tajribasi bilan tanishsiz. Sizningcha, o‘zbekistonlik o‘quvchilar PISAning qaysi sohalarida yaxshi natijalar ko‘rsata oladi va qaysilarida esa yo‘q?
    Mamlakatingiz ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etayotgani uchun hozircha aniq natijalar yo‘q va bir narsa deyish qiyin. Lekin bu bo‘yicha o‘z taxminlarimni aytishim mumkin. Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha natijalar o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘ladi deb o‘ylayman.
    Gap shundaki, PISAda o‘qish savodxonligini baholash vositalari keskin o‘zgargan. Bu borada Rossiya natijalari ham 2018 yilda bir oz yomonlashganini ko‘rdik. Shuningdek, o‘quvchilarning test sinovlarini baholash uchun yangi baholash formati (kompyuter platformasi) joriy qilinibgina qolmay, balki o‘quvchilarga butunlay boshqa matnlar taklif etildi: ko‘p o‘lchovli matnlar, ziddiyatlarni aniqlash, nuqtai nazarni yoki manbalar sifatini aniqlash kerak bo‘lgan matnlar. Shuning uchun bu yo‘nalishda o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining natijalarida uncha katta siljish bo‘lmasligi mumkin, deb o‘ylaymiz. Lekin umid qilamizki, matematika va tabiiy fanlardan, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Gruziya kabi mamlakatingiz ham dastlabki bosqichlarda yaxshi natijalar ko‘rsatadi. Biz bundan umidvormiz.

    Download 28.96 Kb.
    1   2   3   4




    Download 28.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pisa ( Programme for International Student Assessment) o’quvchilarni xalqaro baholash dasturi Reja

    Download 28.96 Kb.