1-Mavzu: Matematika fanidan baholash bo‘yicha ilg‘or xorijiy
tajribalar va yangicha yondashuvlar
Reja:
1. Matematika fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma
va kompetensiyalarini baholash.
2. Matematika fanidan baholashdagi muammolar tahlili.
3. Turli mamlakatlardagi baholash tizimlari.
4. Baholashga yangicha yondashuvlar.
5. Dars maqsadlari va baholash mezonlari orasidagi mutanosibliklar.
6. O‘zlashtirish darajalari.
Matematika fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va
kompetensiyalarini baholash.
Baholash
Baholash o‘quv jarayonining muhim va zaruriy tarkibiy qismi bo‘lib, u
ta’limning joriy va yakuniy bosqichlarida o‘quvchilar faoliyati to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish jarayonidan iborat.
Baholashning maqsadi,
vazifalari, predmeti, ob’ekti,
tamoyillari, usullari,
shakllari va vositalari ta’lim jarayonining barcha sub’ektlari – maktab ma’muriyati,
o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishi kerak.
Baholash tizimi – bu yutuqlarni o‘lchash va o‘quv
muammolarini
diagnostika qilishning asosiy vositasidir. U ta’lim sifatini,
uning jahon
standartlariga muvofiqligini aniqlashga, o‘qitish strategiyasi
va taktikasi hamda
ta’lim sohasidagi zamonaviy vazifalar, ta’lim mazmunini va ta’limning
kutilayotgan natijalarini baholovchi shakllarini takomillashtirish bo‘yicha
asosiy
qarorlarni qabul qilishga imkon beradi.
Baholash – aslida olingan natijalar va rejalashtirilgan maqsadlarni o‘zaro
bog‘lash jarayonidan iborat.
Baholash tizimining maqsadi Davlat ta’lim standartida belgilangan
talablarni bajarilishida o‘quvchilarning
bilimlari, ko‘nikma va kompetensiyalarini
xolisona baholash, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish va
reytingini aniqlashdan iborat.