Vositalari




Download 193,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana23.11.2023
Hajmi193,58 Kb.
#104163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Vt916MTYscZ31W81F487CVjnx6q5OYe1BeSO6wYn

bosqichli nazorat – o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin og‘zaki, yozma 
imtihon hamda test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting 
aniqlanadi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul 
qilinadi. 
Bosqichli nazorat materiallari namunalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi vazirligining Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi. Nazorat 
ishlari materiallari namunalariga ijodiy yondashgan holda o‘quv fani o‘qituvchilari 


bosqichli nazorat materiallariga o‘zgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy 
birlashmalar muhokamasidan o‘tkazib, joriy etishlari mumkin; 
yakuniy nazorat – o‘qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi 
shaklida o‘tkaziladi. 
O‘quvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting 
ko‘rsatkichlarini aniqlashning amaldagi qoidalari 
Baholash tizimida o‘quvchining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi 
ballar orqali ifodalanadi. 
Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, besh (5) 
ballik (“5”, “4”, “3”, “2”, “1”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi. 
O‘quvchilarning har bir nazorat turi bo‘yicha bilimini baholash va reyting 
ko‘rsatkichini aniqlash ularning o‘quv fani mavzusi bo‘yicha tasavvurga ega 
bo‘lishi, mavzuning mohiyatini tushunib yetishi va aytib bera olishi, olgan 
bilimlarini amalda qo‘llay olishi, mustaqil mushohada yurita olishi, ijodiy fikrlay 
olishi va xulosa qabul qila olishi, masalalar hamda mustaqil ishlarni bajarishi kabi 
mezonlarga qarab amalga oshiriladi. 
Haftasiga 1 soatdan ortiq o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha: 
chorak davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida 
choraklik baho; 
choraklik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho 
aniqlanadi. 
Bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baholar 
choraklik baholarga qarab belgilanadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun choraklik (yarim 
yillik) baholar asosida yillik baho, shuningdek yakuniy nazoratda olingan ball va 
yillik baho asosida yakuniy baho aniqlanadi. 
Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilanmagan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik 
baho yakuniy baho hisoblanadi. Yakuniy baholar bitiruvchiga beriladigan umumiy 
o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga qayd etiladi. 
Baholash o‘quvchini sinfdan-sinfga o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. 
O‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazish ijobiy baho olgan taqdirda amalga 
oshiriladi. Maktab pedagogika kengashi qarori bilan o‘quvchilar qoniqarsiz baholar 
bilan sinfdan-sinfga o‘tkazilishi mumkin. 
O‘quvchilarning o‘quv yili davomida nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari 
hamda yillik (yakuniy) baholari asosida har bir o‘quv fanidan yillik reyting 
ko‘rsatkichi aniqlanadi: 
Bunda o‘quvchining yillik (yakuniy) bahosi: 
“5” bo‘lganda – 86, 90, 95 va 100 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri; 
“4” bo‘lganda – 71, 75, 80 va 85 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri; 


“3” bo‘lganda – 56, 60, 65 va 70 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri 
qo‘yiladi. 
Yillik reyting ko‘rsatkich ballari yuqorida qayd etilgan ballardan iborat 
bo‘lib, uni belgilashda boshqa raqamlardan foydalanilmaydi, minimal 55 ball 
bundan mustasno. 
Agar o‘qituvchi o‘quvchining yillik reyting ko‘rsatkich balini 56 balldan 
kamligini e’tirof etsa, u holda o‘quvchining yillik reyting bali minimal 55 ball etib 
belgilanadi. 
O‘quvchining yillik reyting ko‘rsatkich ballarini aniqlash usuli o‘quv fani 
xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. 
O‘quvchilarning nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda choraklik 
(yarim yillik) va yillik (yakuniy) baholari, shuningdek, yillik reyting ko‘rsatkich 
ballari sinf jurnaliga qayd etiladi. 
O‘quvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik 
reyting ko‘rsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi. 

Download 193,58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 193,58 Kb.
Pdf ko'rish