|
Vositalari Pdf ko'rish
|
bet | 10/11 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 193,58 Kb. | | #104163 |
Bog'liq Vt916MTYscZ31W81F487CVjnx6q5OYe1BeSO6wYnO‘zlashtirish darajalari
O‘zlashtirishning uchta darajasini ajratish mumkin.
1-daraja – bilish va tushunish (tanib olish faoliyati). O‘quvchilar uni
ob’ektlar, jarayonlar yoki harakatlar haqida ilgari o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni
qayta idrok etgandagina amalga oshirishi mumkin.
2-daraja – qo‘llash (algoritm). Ilgari o‘rganilgan, reproduktiv, algoritmik
harakatlarni qo‘llash. O‘quvchilar mazkur amalni bajarish bo‘yicha oldin
o‘zlashtirgan ma’lumotlari asosida mustaqil ravishda uni qayta bajara oladilar.
3-daraja – mulohaza yuritish (ijodiy). Nostandart muammolarni hal
qilish uchun ilgari olingan bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash. Bu fikrlash
uchun samarali harakatdir. Bu jarayon natijasida o‘quvchilar sub’ektiv (faqat
o‘zlari uchun) yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirishadi, ya’ni evristik faoliyatni
amalga oshirishadi. Shuningdek, ular yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirishadi. Bunda
ular tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirib, o‘zlariga ma’lum bo‘lgan sohada
"qoidalarsiz" harakat qilib, yangi boshqa qoidalarni yaratishadi.
Maqsadni belgilash faoliyati jarayonida o‘qituvchi ushbu darsning
o‘rganish ob’ekti bo‘lgan mazmun elementlarini aniqlaydi; har bir element uchun
standart talablari, vaqt miqdori, o‘quvchilarning xususiyatlarini hisobga olgan
holda uni o‘zlashtirish darajasi va aniqlashtirilgan maqsadlarni belgilaydi; o‘quv
maqsadlarni shakllantiradi va ularga erishish uchun zarur bo‘lgan harakat usullari
va shakllarini tanlaydi.
Baholashning o‘quv maqsadlariga muvofiqligi
Ta’lim natijalarini tekshirish va baholash o‘quv maqsadlariga yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak. Pedagogik amaliyotda baholashning o‘quv maqsadlariga muvofiq
kelmaslik
holatlari
keng
tarqalgan. Masalan,
ta’lim
standartiga
muvofiq mazmunnning qaysidir elementi qo‘llash (algoritmik) darajasida
o‘zlashtirilishi kerak. Lekin, baholash topshiriqlari berilgan javoblardan to‘g‘risini
tanlash testlaridan iborat bo‘lib, u faqat bilish va tushunish darajasini tekshirayapti.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, baholash mezonlari aynan ta’lim
standartlari talablarining zarrachalaridan iborat bo‘lgan o‘quv maqsadlaridan kelib
chiqib tuzilishi, baholash topshiriqlari esa maqsadga erishganlikni aniqlaydigan
bo‘lishi lozim.
|
| |