pedagogik asoslarini aniqlashga hamda o‘quvchilarning ta’lim va bilim qobiliyatini
shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan ushbu texnologiyani amaliy tatbiq etish
modellarini aniqlashga yordam beradi.
Baholashda
turli
xil
yondashuvlarning
paydo
bo‘lishi,
albatta,
kompetentsiyaga
asoslangan yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi
ta’limning asosli umumiy pedagogik kontseptsiyasini
yaratishga yordam
beradi . Bularning barchasi baholash tizimini rivojlantirishning zamonaviy
tendentsiyalarini oldindan belgilab qo‘ydi va o‘quvchilarning
individual
yutuqlarini, zaruriy kompetensiyalarni shakllantirish darajasini baholashning
ma’lum mezonlari bilan taqqoslashdan iborat bo‘lgan
mezonga asoslangan
baholash texnologiyasining paydo bo‘lishiga ehtiyoj tug‘dirdi.