|
Cookbook design presentation (widescreen)
|
Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 3,12 Mb. | | #132038 |
Bog'liq Taksonomiya
Maqsadni belgilash ta’limni texnologiyalashtirishning asosiy
elementi.
Bajardi:
903-guruh talabasi
Axrorov Azamat
Reja:
1. O`quv maqsadlarini belgilash usullari.
2. Pedagogik taksonomiya haqida tushuncha.
3. O`quv maqsadlariga muvofiq bo`lgan shaxs faoliyati sohalari (kognitiv, affektiv, psixomotor)
4. B.Blum taksonomiyasi.
📝
O`quv maqsadlari pedagogik jarayonni tashkil etuvchi qismlarining eng muhimi, yetakchisi bo`lib hisoblanadi. Pedagogik jarayon, o`zining qanchalik murakkabligi va davomiyligidan qat`iy nazar, u eng avvalo maqsadni aniqlashdan boshlanadi. Pedagogik jarayonning boshqa tashkil etuvchi qismlari (tamoyil, mazmun, uslub, vosita, shakl) belgilangan maqsadga bo`ysunadilar. ular maqsadga muvofiq holda tanlanadilar va o`zaro uyg`unlashtiriladilar. Pedagogik maqsad - bu pedagog va talabaning hamkorlikdagi faoliyati natijasini oldindan tasavvur etishdir. An`anaviy didaktikada ham ko`pchilik olimlar (Babanskiy Yu.K., Bezrukova V.S., Galperin P. D, Lerner I.Ya., Krayevskiy V.V.Mahmutov M.I.,Talizina N.F. va boshqalar) tomonidan o`quv maqsadlarini belgilash usullari, ularni aniqroq ifodalash shakllari bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan mana shu holat - odatdagi o`qitish jarayoni maqsadlari noaniq bo`lib, o`qitish natijalarini o`lchab bo`lmasligini qattiq tanqid ostiga olgan edilar.
Demak, jamiyat ta`lim tizimiga
umumiy tarzdagi talab qo`yar ekan, undan kelib chiqadigan o`quv yurti vazifalari, shuningdek, fanlar dasturlaridagi o`quv maqsadlar ham umumiy tarzda bayon etilishi tabiiydir. O'quv maqsadlarini fan (kurs) va uning bo`limlari darajasida aniqlashtirish bilan chegaralanadi.
Taksonomiya tushunchasi (grekcha-tartib bilan joylashtirish), biologiya fanidan olingan. Obyektlarni, ularning tabiiy o`zaro bog`liqligiga asoslanib va toifalari murakkablashib boradigan ketma-ketlikda (ya`ni iyerarxik) joylashtirib turkumlash va tizimlashtirish - taksonomiya deb ataladi. V. Okon tadqiqotlarida
ta`kidlanganidek, pedagogik maqsadlarni aniqlashga uch xil yondashish mumkin: a) pedagogik maqsadlar bir yoki bir necha o`quv maqsadlari tavsifi orqali ifodalanadi, lekin ular turkumlarga ajratilmaydi; b) o`quv maqsadlari turkumlarga ajratilib, ularni yozma tafsiloti bayon etiladi. MDH mamlakatlari pedagogikasida keng qo`llanilayotgan, mashg`ulotning ta`lim berish, tarbiyalash va shaxsni kamol toptirish maqsadlarini belgilash bunga yaqqol misol bo`lishi mumkin.
O`quv maqsadlariga muvofiq bo`lgan shaxs faoliyati sohalari
• Kognitiv (bilishga oid) soha
• Affektiv (hissiyotli-qadriyatli) soha
• Psixomotor (harakatga oid) soha
O`quv maqsadlarining qat`iy va ishonchli tizimini yaratishni faqat nazariyotchi olimlarni qiziqtiradigan mavhum (abstrakt) vazifa deb hisoblab bo`lmaydi. Maqsadlarning aniq, tartibli va iyerarxik turkumini yaratish, eng avvalo amaliyotchi pedagoglar uchun juda muhimdir. Demak, o`quv maqsadlari taksonomiyasi jahon pedagogikasida fundamental izlanishlar natijasida vujudga kelgan. U o`quv maqsadlarini belgilashning eng ilg`or usuli bo`lib e`tirof etilgan. Taksonomiya tuzish ham nazariyotchi olimlar, ham amaliyotchi pedagoglar faoliyati samarasini oshirishning muhim omillaridan biri bo`lib hisoblanadi. O`qituvchi taksonomiyadan foydalangan holda nafaqat o`quv maqsadlarni, balki asosiy vazifalarni, bundan keyingi faoliyatining tartibi va borishini ham belgilashi mumkin.
B. Blum rahbarligida amerikalik pedagog-olimlar
ishlab chiqqan o`quv maqsadlari taksonomiyasi butun jahon pedagogikasida keng tarqalgan. Shu bilan birga g`arbda D. Gilford va R. Gagne, Rossiyada A. Ya. Galperin va A. M. Matyushkin, Polshada esa Ch. S. Nosal va M. Obara
taksonomiyalari ham ko`pchilikning alohida e`tiborga sazovor bo`lganligini ta`kidlab o`tildi. B. Blum yaratgan o`quv maqsadlari taksonomiyasi bilishga oid soha sferasiga tegishlidir.
Unda bilim olish jarayoni: bilish, tushunish, qo`llash, tahlil, sintez (umumlashtirish) va baholash kabi oltita toifalarga ajratib ko`rsatiladi. Bu toifalarning har biri uchun alohida bilish jarayonlari mazmuni ishlab chiqilgan. Bilim olish jarayoni darajalarining saralanish va joylashtirish ketma-ketligini kuzatar ekanmiz, taksonomiya yaratuvchilari intellektual faoliyatning barcha toifalarini to`laroq va aniqroq qamrab olishga intilganliklarini anglash mumkin. Bu esa, taksonomiya o`quv maqsadlarining faqat axborot berishga asoslangan odatdagi usulda belgilashga nisbatan takomillashgan, ilg`or usul ekanligidan dalolat beradi. B.Blum taksonomiyasi yordamida o`qituvchi nafaqat o`quv maqsadlarini aniqlashtirishga, balki ularni o`zaro bog`liq bo`lgan qat`iy ketma-ketlikda joylashtirishga muvaffaq bo`ladi.
E'tiboringiz uchun rahmat!
903-guruh talabasi Axrorov Azamat
|
| |