Pisa ( Programme for International Student Assessment) o’quvchilarni xalqaro baholash dasturi Reja




Download 28.96 Kb.
bet1/4
Sana21.03.2023
Hajmi28.96 Kb.
#46119
  1   2   3   4
Bog'liq
3 kreativ
5130200-Amaliy matematika va informatika, 1-Mavzu Axborotni kodlash turlari, 2-qism, 6-amaliy mashg’ulot, 9, 202-203, ASCII jadvali, ascii jadvaliorg

PISA ( Programme for International Student Assessment) o’quvchilarni xalqaro baholash dasturi
Reja:
1.XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA TANQIDIY VA KREATIV FIKRLASH KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISH
2.O‘QUVCHILAR SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI

Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlariga tayyorgarlik natijalari sarhisobi, taʼlim sifatini baholash boʻyicha mahalliy ekspertlar tadqiqotlari natijalari tahlil etilmoqda. Dunyoda yuzdan ortiq davlat oʻz mamlakatida joriy etilgan taʼlim sifatini xolisona baholash maqsadida PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS, EGRA hamda EGMA kabi xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etadi. Jumladan, Oʻzbekistonning ham birinchi marta PISA va boshqa xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etishi koʻzda tutilgan.


Davlatimiz rahbarining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida 2030-yilga borib PISA oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish boʻyicha vazifalar belgilangan.
PISA, TIMSS va PIRLS xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Stesting” loyihasi doirasida 100 dan ortiq trenajyor video yaratildi va “Stesting” platformasi ishga tushirildi.
Bu platforma oʻquvchilarning xalqaro baholash dasturlari doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan elektron tizim va video mahsulotlarni oʻz ichiga olgan. Unga 1500 tadan ortiq test joylashtirilgan.
Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish, testlarni yechish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan mazkur elektron platforma sentyabr-oktyabr oylarida muayyan maktablarda tajriba-sinovdan oʻtkazildi. Eng muhim jihatlardan biri ushbu platformadan foydalanish mutlaqo bepul. Bugunga qadar ushbu platformada 2,6 milliondan ortiq oʻquvchi roʻyxatdan oʻtgan va ularning diagnostik baholash natijalari tahlil qilingan.
Konferensiyada erishilgan dastlabki natijalar toʻgʻrisida xalqaro tashkilotlar, hukumat vakillariga maʼlum qilinib, hamkorlikdagi faoliyatni samarali tashkil etish boʻyicha fikr almashilmoqda.
Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi - PISA (ing. Programme for International Student Assessment) turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur.
PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan yoʻnalishiga afzallik berilib, ja’mi testlar majmuasining deyarli 50% shu fanga mansub boʻladi. 2000-yilda ilk bor oʻqish savodxonligiga urgʻu berilgan.
Test Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan yetakchi xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan konsorsiumda, milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi. Tadqiqotda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar, shuningdek, OECD bilan hamkorlik aloqalari boʻlgan davlatlar ishtirok etadi.
PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-2015- yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda – Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada - Finlyandiya, Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan.

Download 28.96 Kb.
  1   2   3   4




Download 28.96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pisa ( Programme for International Student Assessment) o’quvchilarni xalqaro baholash dasturi Reja

Download 28.96 Kb.