• POLIAKRILONITRILNI MINERAL TUZLARNING SUVDAGI ERITMASIDA ISHLAB CHIQARISH
  • POLIAKRILONITRILNI XOSSALARI VA ISHLATILISHI
  • POLIAKRILAMID
  • Poliakril kislotasi va uning hosilalari ishlab chiqarish blok polimetilmetakrilatni ishlab chiqarish




    Download 13,02 Kb.
    bet3/3
    Sana12.12.2023
    Hajmi13,02 Kb.
    #116907
    1   2   3
    Bog'liq
    Poliakril kislotasi va uning hosilalari ishlab chiqarish blok po-hozir.org

    POLIAKRILONITRIL
    Akril kislotasi nitrilining polimerini (poliakrilonitril) bi-rinchi bo`lib Moro 1893 yili etiltsiangidrin va akril kislotasining amidi asosida olgan. Karozers 1931 yili poliakrilonitril asosida lateks olish usulini yaratdi. Keyinchalik, 1940 yilda akrilonitrilni butadien bilan sopolimerlash usuli ishlab chiqildi. Poliakrilonitril ma`lum erituvchilarda erimagani sababli, undan tola olib bo`lmasdi. Birinchi marotaba tola poliakrilonitrilni dimetilformamiddagi eritmasidan olingan.
    Keyinchalik poliakrilonitril kaltsiy va natriy rodanit tuzlarining suvdagi kontsentrlangan eritmalarida erishi aniqlandi. Bu hol poliakrilonitril ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirishda kattà aqamiyatga ega bo`ldi.Poliakrilonitril va uning turli sopolimerlari "nitron" tipidagi tola, butadien-nitril kauchuklari, zarbga chidamli polistirol olishda keng qo`llaniladi.
    POLIAKRILONITRILNI MINERAL TUZLARNING SUVDAGI ERITMASIDA ISHLAB CHIQARISH
    Akrilonitrilni polimerlashda natriy rodanit, natriy, kaltsiy, alyu-miniy va magniyni perxloratlarini suvdagi eritmalari ishlatiladi. Polimerlanish aralashtirgich, sovutish va isitish qobiqi bilan jiqozlangan apparatda uzluksiz usulda 79-80.5℃ da atmosfera bosimida olib boriladi. Reaktorga 50.5% li natriy rodanitning suvdagi eritmasi solinib, unga 92% akrilonitril, 6% metilakrilat, 1% itakon kislotasi, 0.1% initsiator - azotli kislotasining dinitrili aralashmasi va boshqa zanjirni o`sishini rostlovchi qo`shimchalar solinadi. Reaktsion aralashma apparatga uz-luksiz past tomonidan kiritiladi va polimerni eritmasi yuqori qismidan chiqarib turiladi. Polimerlanish vaqti 1-1.5 soat. Monomerni konversiyasi 78% ni tashkil etadi.
    POLIAKRILONITRILNI XOSSALARI VA ISHLATILISHI
    Poliakrilonitril suyuqlanmaydigan va qiyin eriydigan amorf polimer. Polimer 220-230oC da yumshaydi va gaz moddalar (asosan ammiak) ajralib chiqish bilan parchalana boshlaydi. Poliakrilonitrildan 170oC da vodorod tsianidi ajralib chiqa boshlaydi.
    Poliakrilonitril oddiy erituvchilarda erimaydi va bo`kmaydi. Polimer dimetilformamidda, yantar kislotasining dinitrilida, bir xil mineral tuzlarning kontsentrlangan eritmalarida eriydi.
    Plastifikatsiyalanmagan poliakrilonitril mo`rt bo`ladi. qizitilganda ham yumshaydi va shu sababli uni qayta ishlash ancha qiyin. Poliakrilonitril ko`pgina kimyoviy reagentlar ta`siriga chidamli. Ishqorlarni kuchsiz eritmalari umuman tasir ko`rsatmaydi, ammo harorat oshirilib ishqorni kontsentratsiyasi ham oshirilsa, poliakrilonitrilni nitril gruppasi sovunlanib avvaliga amid keyin esa amid gruppasini bir qismi karbonil gruppasiga aylanadi.
    POLIAKRILAMID
    Poliakrilamid olish uchun xom ashyo bo`lib akrilamid xizmat qiladi. Akrilamid, akrilonitrilni sulfat kislotasining monogidrati ishtirokida gidrolizlab olinadi.
    Akrilamidni sulfat kompleksining sovutilgan eritmasidan oqak su-ti yoki ammiak bilan neytrallab ajratib olinadi.
    Akrilamidni quruq qolda olish uchun ajratilgan 8% li eritma vakuum ostida buqlantiriladi.
    Poliakrilamid akrilamidni radikal mexanizm bo`yicha polimerlab olinadi:
    http://hozir.org
    Download 13,02 Kb.
    1   2   3




    Download 13,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Poliakril kislotasi va uning hosilalari ishlab chiqarish blok polimetilmetakrilatni ishlab chiqarish

    Download 13,02 Kb.