AKRIL VA METAKRIL KISLOTASI EFIRLARI POLIMERLARINING XOSSALARI




Download 13,02 Kb.
bet2/3
Sana12.12.2023
Hajmi13,02 Kb.
#116907
1   2   3
Bog'liq
Poliakril kislotasi va uning hosilalari ishlab chiqarish blok po-hozir.org

AKRIL VA METAKRIL KISLOTASI EFIRLARI POLIMERLARINING XOSSALARI
Akril va metakril kislotasi efirlarining polimerlari - yaltiroq yoki rangsiz, amorf termoplast polimerlardir. Tuzilishiga qarab xona qaroratida ular qattiq, elastik va yumshoq bo`lishlari mumkin. Polimetilmetakrilatlar, polialkilakrilatlarga nisbatan qattiqroq bo`ladilar.
Polialkilakrilat va polialkilmetakrilatlarning fizik-mexanik xossalari murakkab efirni xosil qiluvchi spirt radikalining kattaligiga boqliq bo`ladi. Radikal uzunligini ortishi bilan polimerning qattiqligi, zichligi va boshqa mexanik xossalari yomonlashadi, polimerni yumshash harorati pasayadi. Katta spirt radikalli polialkiakrilatlar qovushqoq suyuqliklardir. Polimetilmetakrilat molekula massasi 20000 dan 200000 gacha bo`lgan (olish usuli va polimerlash sharoitiga qarab) qattiq polimer.
Blokda olingan polimetilmetakrilat (organik shisha) yuqori mexanik baquvvatlikka ega bo`lib, u engil va nurni yaxshi o`tkazish qobiliyatiga ega. Plastifikaitsiyalanmagan polimetilmetakrilat 1180-1190 kg/m3 zichlikka, Vika bo`yicha 105-115℃, Martens bo`yicha 60-80℃ issiqbardoshlikka ega bo`lib, uning suv yutishi 0.2%. Plimetilmetakrilatni nur sindirish ko`rsatkichi 1.49 bo`lib u nurni inson ko`radigan qismini 91-92% ini, ultra-fiolet nurlarini 75% ini (silikat shisha 0.6-3% ni o`tkazadi), infraqizil nurni anchagina qismini o`tkazish qobiliyatiga ega. Polimetilmetakrilat yuqori dielektrikli xususiyatlarga ega va oddiy sharoitda xossalarini barqarorligini yaxshi saqlaydi. Blokda olingan polimetilmetakrilat 120℃ da yaxshi shakl olish qobiliyatiga ega và cho`zilishga moyil.Past haroratda olingan stereoregulyar izotaktik polimetilmetakrilatni shishalanish qarorati 45℃ va suyuqlanish qarorati 160℃ bo`lsa sindiotaktik polimerni shishalanish qarorati 115℃ va suyuqlanish qarorati 200℃ ga teng.
Tashqi kuchlar, ayniqsa cho`zilish kuchlanishlari ta`siri natijasida organik shishada yorilishlar paydo bo`lishi kuzatiladi. Kumushlanish deb ataladigan bunday holat organik shishaning sifati va xossalarini pasayishiga olib keladi. Plastifikator qo`shib, 140-150℃ gacha qizdirilgan polimerni ikkita o`zaro perpendikulyar yo`nalishda tortib orientatsiyalash organik shishani yorilishga chidamliligini oshiradi. Undan tashqari organik shishaning zarbiy qovushqoqligini 7-10 marotaba oshirib yuboradi. Akril va metakril kislotasi efirlaridan olingan polimerlar 160℃ gacha qizdirilganda ular suyuqlanadilar, undan yuqori qaroratlarda destruktsiyaga uchray boshlaydilar. Masalan, polimetilakrilat 250℃ da destruktsiyaga uchrab past molekulali polimerga aylanadi va bu jarayonda uglerod dioksidi bilan metanol ajralib chiqadi. Polimetilmetakrilat esa 300℃ da depolimerlanishga uchrab 80% monomer qosil bo`lgunicha parchalanadi.Polibutilmetakrilat 250 0C dan yuqorida izobutilen va boshqa past molekulali moddalar ajralib chiqishi bilan destruktsiyaga uchraydi.
Akril va metakril kislotasi efirlarining polimerlari murakkab efirlarda, ketonlarda va xlorlangan qamda aromatik uglevodorodlarda yax-shi eriydi, ammo alifatik uglevodorodlar bilan spirtlarda yomon eriydi. Past qutblili erituvchilarda polimerni erishi murakkab efir gruppasidagi alifatik radikal uzunligini ortishi bilan yaxshilanadi. Albatta polimerni molekula massasini ortishi uni eruvchanligini kamaytiradi. Xona haroratida bu polimerlar ko`p moddalar ta`siriga chidamli. Nurlanishni polialkilakrilatlarga ta`siri, polimerni qisman destruktsiyaga uchrab, mo-lekulalarini tikilishiga olib keladi.Polialkilakrilat va polialkilmetakrilatlar mos bo`yoq va pigmentlar qo`shilganda turli ranglarga bo`yalish xususiyatiga ega.Polimerlar ichida eng ko`p ishlatiladigani polimetilmetakrilat bo`lib - u qam asosan organik shishà olishda ishlatiladi.Fizik-mexanik xususiyatlari, yuzasini qolati optik xossalariga qarab organik shisha turli sort va markalarda chiqariladi.
Polimetilmetakrilat elektrotexnikada quruq yuqori voltli razryadniklar konstruktsiyasida ishlatiladi.Kimyo sanoatida polimetilmetakrilatni grafit bilan to`ldirilgan xili ishlatiladi. Bu kompozitsiya, xlorli vannalarni elektrodlarini olishda hamda kimyoviy issiqlik-almashtirgich apparatlari yasashda ishlatiladi.Polibutilmetakrilatdan egiluvchan shlang, simlarni va kabellarni qobig’i olinadi va bu materiallar yoq, ozon va boshqa atmosfera ta`siriga chidamli bo`ladi.Akril va metakril kislotasi efirlari polimerlarini modifikatsiyalashda sopolimerlanish keng Bu sopolimer metallga yaxshi adgeziya xususiyatiga ega va nur ta`siriga chidamli.Metilmetakrilatni stirol bilan sopolimeri turli soxalarda ishla-tiladi. Akril va metakril kislotasi efirlarini vinilxlorid, vinilidenxlorid, vinilatsetat, oddiy efirlar bilan sopolimerlari ishlab chiqariladi.

Download 13,02 Kb.
1   2   3




Download 13,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AKRIL VA METAKRIL KISLOTASI EFIRLARI POLIMERLARINING XOSSALARI

Download 13,02 Kb.