To’quvchilik o ’rilishlarining mustaxkamlikka, zichlikka, havo o’tkazishga, siljishga va boshqa xossalarga ta’sirini o ’rganish




Download 0.63 Mb.
Sana20.09.2023
Hajmi0.63 Mb.
#83100
Bog'liq
14va15
1-Ma\'ruza, 7-mavzu, 3, 3, Asosnoma-SA’DULLAYEV BOTIR QAHRAMON O‘G‘LI, tarix-seminar-test-javoblari, 4-topshiriq-4, fiziologiya(1), Elektr va magnetizm (YaDAK u-n test), 1- Darsga havola, 1 (2), 11 (22), 309928d4b100a5d75adff48a9bfc1ddb, 1-mavzu, 9

To’quvchilik o ’rilishlarining mustaxkamlikka, zichlikka, havo o’tkazishga, siljishga va boshqa xossalarga ta’sirini o ’rganish
Gazlama – to‘quv stanoklarida to‘qilgan, pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. O‘lchab-gazlab sotilganligi uchun Gazlama deb nomlangan. Oqartirilgan, sidirg’a yoki gulli, o‘ng tomoni tukli va tuksiz gazlamalar bo‘ladi. Gazlamadan kiyim-kyechak tikiladi, ro‘zg’or buyumlari tayyorlanadi. Texnikaning turli sohalarida ishlatiladi. Gazlamalar tanda (o‘rish, bo‘ylama) va arqoq (enlama) iplarining o‘rilishi, ularning matyeriali, eni, pardoz turlari, ishlatilishi bilan birbiridan ajraladi (ip gazlama, jun gazlama, ipak gazlama va hokazolar). Gazlamaning pishiqlik, kirishuvchanlik, cho‘ziluvchanlik, qalinlik xossalari bor. Gazlamaning pishiqligi tanda va arqoq iplarining pishitilishi va o‘rilishiga bog’liq, u maxsus dinamomyetr yordamida aniqlanadi Gazlamaning cho‘ziluvchanligi – tanda va arqoq iplari yo‘nalishida tortilganda yirtilguncha uzayishi. Dinamometrlarda pishiqligini o‘lchash vaqtida aniqlanadi.

1.2-rasm. Gazlamalarning cho‘ziluvchanligi mikraskopda ko‘rinishi. Gazlama kirishuvchanligi – saqlash, ho‘llash, yuvish va boshqa hollarda o‘lchamining qisqarishi. U tanda va arqoq iplarining matyeriali va xossalari, to‘qimaning tuzilishi hamda pardozlash xillariga bog’liq; Gazlama 3-10% kirishishi mumkin
(1.3-rasm).

Qalinligi – ustki va ostki iplarning tashqi sirtlari oralig’i. Gazlama qalinligi tanda va arqoq iplarining yo‘g’onligiga zichligi va pardoz turlariga bog’liq. Kiyimlik gazlamalarning qalinligi 0,1 - 5,0 mm, texnikada ishlatiladiganlariniki bundan qalin bo‘ladi. Qalinlik maxsus asboblar bilan o‘lchanadi. Gazlamalarni pardozlashda quyidagi asosiy ishlar bajariladi: tukini yo‘qotish, ohorini to‘kish, oqartirish, sidirg’a bo‘yash, gul bosish, tarash va boshqalar.

1.4-rasm. Gazlamalarning qalinlik bo‘yicha assortimentga ajralishi. Tukini yo‘qotish - gazlama yuziga chiqib qolgan ip va tolalarni olib tashlash; kuydirish yoki qirqish yo‘li bilan bajariladi. Kuydirish uchun gazlamalar qizitilgan metall yuzasidan yoki gaz alangasi ustidan tez o‘tkaziladi. Qirqish esa maxsus mashinalarda tez aylanuvchi pichoqlar yordamida bajariladi. Bunda gazlama teks va chiroyli bo‘lib chiqadi.

Ohorini to‘kish – tanda iplaridagi ohorni yuvish. Bunda gazlama maxsus eritmali hovuzda ivitiladi, so‘ngra yuvib, ohordan tozalanadi. Ohori to‘kilgan gazlama bo‘yaladi, gul bosishda bo‘yovchi moddalar iplarga yaxshi o‘rnashadi va yuvilganda aynimaydi. Oqartirish – to‘qimadagi tabiiy sarg’ish rangni yo‘qotib, gazlamaga ok tus berish. gazlamalar to‘liq oqartirilgandan so‘ng bo‘yaladi yoki gul bosiladi. Sidirg’a bo‘yash – gazlamalarni turli ranglar bilan bo‘yash. Gul bosish – gazlamaning o‘ng tomoniga turli ranglardan maxsus mashinalarda bezaklar tushirish.

1.6-rasm. Gazlamalar ishlab chiqarish texnologik sxemasi. Tarash – to‘qimadagi arqoq iplarini titib, tolalarini yuzaga chiqarish jarayoni. Bu jarayon ninalik tasma (kardolyenta) yordamida tarashlash mashinalarida bajariladi. Bunda gazlamalar (movut, paxmoq va boshqalar) issiq saqlaydigan va mayin bo‘ladi. Xonalarni bezash, mebellarga qoplash, eshik va derazalarga tutish uchun ishlatiladigan bezak gazlama deb ataladi. Bunday matolar to‘qiladi yoki gazlamaga pardozlash vaqtida gul bosib tayyorlanadi. Ular pishitilgan har xil rangli iplardan (paxta, jun, ipak va kimyoviy tolalar hamda metall iplardan) to‘qiladi. Bezak gazlamalar Jakkard mashinasi yordamida yirik gullik o‘rilishda to‘quv dastgohlarida yoki qo‘lda to‘qiladi. Ungi teks, g’adir-budur va tukli bo‘ladi. Bunday gazlamalar pishiq, yorug’ bardosh bo‘lishi kerak. O‘simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar va ularning xususiyatlari. Bu gazlamalar yengil, yumshoq, chidamli bo‘ladi. Ulardan tayyorlangan kiyimlar chiroyli, qulay, namlikni shimadigan va tez quriydigan, xavoni yaxshi o‘tkazadigan, oson yuviladigan bo‘ladi. Tez tozalanadi, dazmolni yaxshi oladi, yuqori xaroratga chidamlidir. Bu gazlamalar sitilmaydi, yuvilganda bo‘ylama ipi bo‘yicha kirishadi, tez g’ijimlanadi va yaxshi dazmollanadi. Zig’ir tolasidan to‘qilgan gazlamalar. Bu gazlama paxta tolasidan to‘qilgan ip gazlamalarga qaraganda chidamliroq ular bo‘ylama va kundalang ipi bo‘yicha kam chuziladi, qattiq og’ir va qalinroq bo‘ladi. Namlikni yaxshi shimadi, tez yuviladi. Zig’ir tolasidan to‘qilgan gazlamalarning usti silliq sitiluvchan bo‘ladi, tez g’ijimlanadi va oson dazmollanadi. Agar shu tolalardan to‘qilgan gazlamalardan tikilgan kiyimlar to‘g’ri yuvilsa, dazmollansa va vaqti-vaqtida tozalansa, uzoq saqlanishi mumkin. Tabiiy tolalar. Paxta — g’o‘za deb ataladigan o‘simlik urug’ini (chigitni) qoplab turadigan ingichka tolalar bo‘lib, o‘rta tolali paxta tolasining uzunligi 26— 35 mm, chiziqiy zichligi 0,17—0,22 teks, uzun tolali paxta tolasining uzunligi 35—50 mm, chiziqiy zichligi 0,13—0,15 teks. Paxta tolasi bitta o‘simlik hujayrasidan va uchta qatlamdan tashkil topgan bo ‘ladi
Download 0.63 Mb.




Download 0.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To’quvchilik o ’rilishlarining mustaxkamlikka, zichlikka, havo o’tkazishga, siljishga va boshqa xossalarga ta’sirini o ’rganish

Download 0.63 Mb.