Polimer va metallarning birikmalaridan hosil bo`lgan konstruksiyalar




Download 202 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi202 Kb.
#57446
  1   2
Bog'liq
metalmas materiallar
Кур кор тех. презинтация, YS SOT, YS SOT, Практический раздел, 3.Йиғилиш ўтказиш режа графиги (3), 2 5249007470927422278, 1-Mustaqil ta\'lim topshiriqlari, ta-lim-tizimida-innovatsion-texnologiyalardan-dars-jarayonida-foydalanish


Reja:




  1. Polimer va metallarning birikmalaridan hosil bo`lgan konstruksiyalar.

  2. Metallopolimer konstruksiyalarda adgeziyali bog`lanishning tabiati.

  3. Polimerlarning metallarga bo`lgan adgeziyani boshqarish usullari.

  4. Polimer qoplamalarining antifrik xossalariga modifikatsiyalashni ta'siri.

Tayanch so`zlar va iboralar:


Polimer, kompozitsion material, shina, keramika, rezina, kauchuk, shina rezinasi.
Vatanimizning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, xalqimizning borgan sari ortib borayotgan talablarini yanada to`laroq qondirmoq uchun sanoatni va qishlok xo`jaligini katta odimlar bilan rivojlantirish lozim. Ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirish esa yangi materiallarni tobora ko`proq yaratish va ularni ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini yaratishni talab etadi.
Hozirgi zamon sanoatida va qishloq xo`jaligida ishlatiladigan mashinalar juda ko`p ishqalanish yuzalariga (sirtlariga) ega bo`lib, ularning anchagina qismi kuchlar ta'sir etuvchi sharoitlarda ishlaydi. Ishqalanish juftlarini takomillashtirish mavjud materiallarni modifikasiyalash va yangi materiallarni, xususan, polimerlarni qo`llash hisobiga bo`lishi mumkin. Laboratoriya izlanishlari va antifriksion polimer materiallarining qo`llanishdagi tajribalar ko`rsatdiki, eng iqtisodiy samaradorlik va texnologik jihatdan qulaylik ularni qoplama sifatida qo`llashda erishilar ekan. Masalan, mashina va mexanizmlarning ishqalanish juftlarida polikaproamid (kapron) qoplama ko`p tarqalgan. Bunday qoplamalar metallni qizdirilgan yuzasiga poroshok holidagi polimerni purkash yo`li bilan olinadi.
Shunday qilib, har xil fizik- ximik, elektr va mexanik xususiyatlarga ega bo`lgan yuqori molekulyar birikmalarni (polimerlarni) sanoat miqyosida ishlab chiqarish, mashinasozlikning progressiv texnologiyasini tashkil etishga mashina va mexanizmlarning tannarxini va solishtirma og`irligini kamaytirishga, shuningdek, sanoat estetikasi talablarini tobora to`laroq qondirishga yordam beradi. Polimerlarda mujassamlangan mexanik, antifriksion, elektroizolyatsiya, antikorrizion va shunga o`xshash muhim xossalar ularni mashina qismlarida qora va rangli metallarni, shuningdek ularning qimmatbaho qotishmalarini qisman almashtirishga imkon beradi. Bu sohada Belorusda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatdki, bunday materiallar ishqalanishda ishlatiladigan an'anaviy babbit, bronza, cho`yan kabi materiallar bilan bemalol bellasha olar ekan.
Poroshok holidagi polimer materiallaridan qoplama olish nisbatan yangi yo`nalishdir. Bu
yo`nalishning vujudga kelishi va uning rivojlanishi polimer ishlab chiqarishning juda tez o`sishi,
shundan ishlab chiqarish maxsulotlarini korroziyadan saqlash va ularga dekarativ ko`rinish berish kabi talablarning taqozosida kelib chiqadi. Masalan, sobiq Sovet ittifoqida 15 yil mobaynida (1950-1965 y.) polimer ishlab chiqarish 75 ming tonnadan 871 ming tonnaga ko`tarilgan bo`lsa,. AQShda xuddi shu davr mobaynida 1.1 million tonnadan 5,6 million tonnagacha ko`paytirildi. Birinchi marotaba polimer qoplama bundan 20 yil avval gaz - alangali usulda olingan edi. Shundan buyon qoplama olish usullari rivojlanib kelayotir. Masalan, AQSh da qoplama olish bilan 1959 yilda 20 ta eng yirik firmalar shug`ullangan bo`lsa, hozir ularning soni 100 dan oshib ketdi. Sobiq Sovet Ittifoqida ilmiy tekshirish institutlarida, korxonalarda va konstruktorlik byurolarida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yuzlab korxonalarda qoplama olish usullari juda keng qo`llanila boshlangan.




Download 202 Kb.
  1   2




Download 202 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Polimer va metallarning birikmalaridan hosil bo`lgan konstruksiyalar

Download 202 Kb.