• Bodringning yashil (olachipor, ingliz) mozaikasini
  • Kurash choralari.
  • Poliz ekinlarining kasalliklari mavzusi bo'yicha test poliz ekinlari maysalari chirishini




    Download 95 Kb.
    bet14/18
    Sana02.02.2023
    Hajmi95 Kb.
    #40748
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    POLIZ EKINLARINING KASALLIKLARI MAVZUSI BO\'YICHA TEST
    Bir million dasturchi laboratoriyalari, Office dasturlarini qo\'llash. Gulnoza, ABOUT PRESCHOOL GAMES, Finans 6, Sasha, ruxsatnoma, Yarimo‘ tkazgichlarda kontakt hodisalar-fayllar.org, Mavzu O‘zgarmas tok zanjirlarini hisoblash. Reja. O‘zgarmas tok-www.fayllar.org, Mavzu relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org, O`zbekiston respublikasi, 2-mavzu, Konstruktorlik chizmalarini avtomatik loyihalash tizimlari, 52-57 Mengatova Xurshida Toshmuxamatovna , Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar
    Kurash choralari. Chidamli navlar yaratish va qo‘llash; bodringni virus bilan zararlanishga moyil ekinlar, begona o‘tlar va ko‘p yillik gullarga yaqin joylashtirmaslik; begona o‘tlar va birinchi zararlangan o‘simliklarni qazib olib, issiqxona va dalalardan chiqarib, yo‘qotish; issiqxonalarda tuproqni zararsizlantirish va boshqa fitosanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish tavsiya qilinadi (Vlasov, 1958, 1960; Gerasimov, Osnitskaya, 1961; Almaniyazov, 1970; Maslennikov i dr., 1974; Kulakova, 1977; Peresshkin, 1982; MacNab et al., 1983; Bernhardt et al., 1988; Fletcher, 1987; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Sichev, Mizunov, 1991; Ganiyev, Nedorezkov, 2005).
    Bodringning yashil (olachipor, ingliz) mozaikasini virus (Cucumis virus 2) qo‘zg‘atadi. Virus VTM guruhiga kiradi, kriptogrammasi R/1;*/5;YE/YE;S/Ar. Virionlari tayoqcha shaklli, uzunligi 300 nm, inaktivatsiya harorati 90°С, oxirgi suyultirish 1:1000000. Barcha poliz ekinlari zararlanadi. Bodringda issiqxonalarda keng tarqalgan, Rossiyada deyarli har bir issiqxonada uchraydi, ammo O‘zbekistonda qayd etilgani haqida xabar mavjud emas.
    Zararlangan barglarda och-yashil va sariq dog‘lar mozaika hosil qiladi, so‘gallar paydo bo‘ladi, barglar g‘ijimlangan shakl oladi. Meva tugunchalari qurib, to‘kiladi, meva kam tugiladi, sarg‘ish tus va xunuk shaklga ega bo‘ladi, ustida mozaika rivojlanadi. Kasallik mexanik usulda (o‘simlik shirasi bilan) va ishchilarning anjomlari bilan oson tarqaladi. Virus dalada keng tarqalganda hosilning 25 foizi yo‘qotilishi mumkin.
    Virus ancha barqaror, 90°С da 10 daqiqada faolligini yo‘qotadi. Tuproq ustidagi o‘simlik qoldiqlarida va urug‘da 1 yilgacha saqlanadi.
    Kurash choralari. 2 yil davomida saqlangan yoki 3 kun davomida 70°С da ehtiyotkorlik bilan qizdirilgan urug‘lik ekish lozim; issiqxona tuprog‘ini termik usul bilan dezinfeksiyalash; o‘simliklarni bog‘lashga eski iplarni ishlatmaslik; issiqxonada harorat optimal (28°S gacha) bo‘lishini ta’minlash; issiqxonaga ko‘chirib ekilgan ko‘chatlar orasida zararlangani uchrasa, uni darrov 6 ta atrofidagilari bilan, ehtiyot bo‘lib, qazib olish va chiqarib, yoqib yuborish kerak; bunda oldin atrofdagi o‘simliklar, so‘ngra o‘rtadagi kasal o‘simlik qazib olinadi; keyin ishchilar qo‘llarini trinatriyortofosfatning 5% lik eritmasi, u yo‘q bo‘lsa sovun va cho‘tka bilan 3 marta yuvishlari juda muhim; almashlab kiyish uchun ish kombinezonlari ham mavjud bo‘lishi lozim (Gerasimov, Osnitskaya, 1961; Maslennikov i dr., 1974; Vlasov, Larina, 1982; Fletcher, 1987; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Ganiyev, Nedorezkov, 2005).

    Download 95 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Poliz ekinlarining kasalliklari mavzusi bo'yicha test poliz ekinlari maysalari chirishini

    Download 95 Kb.