Populyatsiyaning individlari bir - biridan yoshi, jinsi, hayot tsiklining turli
fazalariga, beqaror guruhchalarga (poda, koloniya, oila va h.) mansubligi bilan farq
qiladi.
Populyatsiya soni – o’simlik va hayvonlarning muayyan joydagi umumiy miqdori.
U xech qachon doimiy bo‟lmaydi va ko‟payish hamda o‟lish tezligi nisbatiga
bog’liq bo’ladi.
Populyatsiya zichligi deganda, malum maydon birligiga to’g’ri keladigan individlar
soni tushuniladi. (hayvon va O’simliklar miqdorini ko’rsatadigan kattalik).
Populyatsiyaning miqdori va zichligi bir - biri bilan chambarchas bog‟liq, shuning
uchun u yoki bu populyatsiya haqida gap borganda uning soni va zichligi barobar
etiborga olinadi.
|