Prezentatsiya yaratish bosqichlari




Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana03.11.2022
Hajmi1.59 Mb.
#28928
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Power Point interfeysi ham sarlavhalar satri, menyular satri, us
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n, O\'zbekistonning iqtisodiy geografik o\'rni @sadikov uz , Blok test1 22.01.2023, 17145-2078-13736-1-10-20210909, Tabiiy fanlar metod birlashma hujjatlari 2022-2023.docx, str.boshq.yakuniy., MOLIYAVIY REJALASHTIRISHDA KORXONALAR MOLIYAVIY SALOHIYATINING ROLI, 1680050, 1-maruza (2) , asadbek
 
1.3. Prezentatsiya yaratish bosqichlari 
Matnni kiritish va tahrirlash. 
Siz "Мастер автосодержание" dan foydalangan va prezentatsiyadagi
matnlarni kiritmagan bo’lsangizda, siz Master taklif kilgan matnni 
o’zgartirish, tahrirlash va ba'zi joylarini foydalanuvchi matni bilan 
almashtirishingiz mumkin. Bu ishni har bir slayd uchun alohida yoki 
struktura rejimiga o’tib, alohida slaydlar matni bilan bir qatorda to’liq 
prezentatsiya matnini tahrirlashingiz mumkin. Struktura rejimida matnni 
kiritish, tahrirlash va o’rnini almashtirish, shu jumladan slayddan slaydga 
o’tkazish va nusxalash mumkin. 
Slaydda matn yaratish (yozish) uchun quyidagi algoritmni qo’llaymiz. 
1."Рисование" asboblar oynasida "Текст" tugmasini ajratish. 
2. Matn yozish uchun zarur maydon hosil bo’lguniga qadar, kursorni
slaydga o’tkazish. 
3. Ajratilgan (ramka bilan) maydonda matnni terish.
4. Matn yozilgan maydonni sichqoncha ko’rsatkichi yordamida
slaydning kerakli joyiga o’tkazish. 
Shriftni o’zgartirish uchun matnni ajratib, "Форматирование" oynasi 
yordamida matnning ko’rinishi, shrift kattaligi, rangi va hokazolar 
tanlanadi.


 
24 
 
Grafiklar, tashkiliy diagrammalar va jadvallar qo’shish. 
Hamma vaqt ham faqat matndan foydalanib, mavzuni to’liq tushuntirib 
bo’lmaydi. Ba'zi hollarda rasm va grafiklar zarur bo’lsa, ba'zi hollarda 
jadvallar ancha samara beradi.Siz matnli slaydga grafik, tashkiliy 
diagramma va jadvallar qo’shishingiz yoki grafik slayd yaratishingiz 
mumkin.Yangi slayd ochishda yoki bo’sh prezentatsiya tanlanganda 
POWER POINT turli slaydlar variantlari ko’rsatilgan "Создат слайд" 
muloqot oynasini ochadi. Bu slaydlarning ba'zilari faqat matnlardan iborat 
bo’lsa, ba'zilari sarlavha xamda grafik, tashkiliy diagramma va jadvallar 
qo’yish uchun ajratilgan sohalardan tuzilgan. Ba'zilari esa bir slaydning 
o’zida ham matn, ham grafikga ega. Siz keraklisini tanlash uchun uning 
belgisiga bir marta sichqoncha tugmasini bosing va "Ok" tugmasini 
tanlang, yoki ikki marta slayd belgisiga sichqonchaning chap tugmasini 
tez bosing. Tanlangan slayd prezentatsiya oynasida slaydlar rejimida hosil 
bo’ladi. 
Izoh! Slayd tanlanganda va uning ma'lum sohasida tugma bosilganda, 
POWER POINT foydalanuvchi menyudan mos buyruqni qidirib yurmasligi 
uchun, barcha imkoniyatlarni avtomatik yuklaydi. 
 
Rasmni joylashtirish algoritmi. 
1."Рисунок" punktini tanlash. 
2. Kutubxonadan kerakli rasm faylini tanlash, yoki rasm chizilgan
faylning nomini ko’rsatish. 
3. Rasmni slaydning kerakli joyiga joylashtirish. 
4. Rasmning o’lchamlarini zarur kattalikgacha o’zgartirish. 
Prezentatsiyadagi rasmlar juda muhim rol o’ynashi sizga ma'lum 
albatta. Rasmlarni chizmasdan mohir rassomlar yaratgan asarlardan 
"Рисунок" kutubxonasidan foydalanish mumkin. 



Download 1.59 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish