• PVG -8-2-0 pressi Pressning ishlash prinsipi.
  • 13–rasm. PVG-8-2-0 tipidagi poyabzal ustki detallarini chopish pressi.
  • Zarbadorni burish mexanizmi.
  • Gidravlik uzatma.
  • Nazorat savollari
  • Poyabzal ustki detallarini chopish presslari




    Download 113 Kb.
    Sana14.03.2024
    Hajmi113 Kb.
    #172207
    Bog'liq
    7-ma\'ruza
    Президент Республики Узбекистан Ш.М. Масштабные экономические реформы и их содержание, 15-18 Pul, kredit va banklar, 6-ma\'ruza

    7- MA’RUZA


    POYABZAL USTKI DETALLARINI CHOPISH PRESSLARI.
    REJA:

    1. Poyabzal ustki detallarini chopish presslari to’g’risida ma’lumotlar.

    2. PVG-8-2-0 pressining ishlash prinsipi.

    3. Pressning asosiy mexanizm va uzellari.

    4. Zarbadorni burish mexanizmi

    Orlov mashinasozlik zavodida PVG-8-2-0 pressidan tashqari uning bazasida yaratilgan bir qancha presslar chiqariladi.
    Poyabzalning ustki detallari PVG-8, PVG-8-1-0, PVG-8-2-0, PKP-10 va PKP-16 presslarida chopiladi.
    Bu presslarning barchasida burilib zarba berish mexanizmi aso­siy ishchi organ hisoblanadi.
    PVG-8 pressi konstruktiv tuzilishi jihatidan juda oddiy bo’lib zarba berish mexanizmining burilishi qo’lda bajariladi. Bu pressda ishlash juda og’ir bo’lganligi sababli ham uning ish unumdorligi ancha past.
    PVG-8-1-0, PKP-10 va PKP-16 presslarida zarba berish qurilma­si avtomatik tarzda buriladi.
    PKP-16 pressi konstruktiv tuzilishi jihatidan PKP-10 pressiga juda o’xshash bo’lsada, tashqi o’lchamlari va chopish kuchining kattaligi bilan keskin farq qiladi. PKP-16 pressi yirik o’lchamli charmlardan poyabzal ustki detallarini chopish uchun qo’llaniladi.


    PVG -8-2-0 pressi
    Pressning ishlash prinsipi. Charm va sun’iy charmdan poyabzal ustki detallarini konsol o’rnatilgan avtomatik buruvchi PVG-8-2-0 elektrogidravlik pressida chopish mumkin. Chopish o’tkir tig’li kes­kichlar yordamida alyumin va plastmassali plitalarda yoki yoјoch va maxsus kartonli kolodalarda amalga oshiriladi.
    Texnologik jarayon quyidagicha bajariladi: chopish plitasining ustiga material tashlanadi va uning keskich qo’yilib bir vaqtning o’zida o’ng tomondagi tugmacha, chap qo’l bilan esa chap tomondagi tugmacha bosiladi. Bu paytda zarbador burilib, chopish plitasining ustida to’xtaladi va ish yo’li bajariladi, ya’ni zarba bo’ladi, so’ng zarbador avtomatik tarzda dastlabki holatiga qaytadi. Keskichdan chopilgan detal olinib, keskich yana qaytadan material ustiga qo’yi­ladi va ish davri takrorlanadi.
    Pressning asosiy mexanizm va uzellari: stanina, zarba berish mexanizmi, zarbadorni burish mexanizmi, zarbadorni ko’tarish mexa­nizmi, elektr jihozi va gidrouzatmadan iborat (13- rasm).
    Pressning staninasi asos 16 dan va stol bilan to’rtta tayanch 14 yordamida birlashgan. Stolning ustida chopish plitasi 2 joylash­gan. Chopish plitasida texnologik kontakt 7 mavjud bo’lib, texnolo­gik kontakt pressning elektr sxemasiga va chopish plitasiga ulan­gan.

    13–rasm. PVG-8-2-0 tipidagi poyabzal ustki detallarini chopish pressi.
    Staninaning ichida gidrouzatma, o’ng tomonida esa elektr shkafi 12 joylashgan. Staninaning old tomonida ikkita tugmachali kronsh­teyn va boshqaruv pulti 9 bor. Ikkinchi texnologik kontakt zarba­dorning ostida - korpusga mahkamlangan. Uning vazifasi - keskich detalni chopib, plitaga 0,5 mm.gacha botgandan so’ng pressni tokdan ajratishni ta’minlash kerak.
    Zarbador. Staninaning tik silindrik yo’naltiruvchisida skalka zarbadori bilan joylashgan, yuqori tomondan esa gayka bilan qotirilgan. Skalkaning pastki qismida shtokka qattiq mahkamlan­gan, ishchi porsheni bo’lgan ishchi silindr joylashgan.
    Zarbador balandlik bo’yicha ko’tarib tushirish va zarbador yo’lini sozlash uchun shtokning pastki uchida rezbali qismi va unga birlashib turuvchi tishli g’ildiragi bor. Tortqichga ikkita prujina kiygizil­gan, prujinalar detal chopilgandan so’ng zarbadorni yuqori щolatga qaytarish uchun xizmat qiladi.
    Zarbadorni burish mexanizmi. Bu mexanizm zarbadorni skalka bilan birgalikda ish holatiga va material chopilgandan keyin uni dastlabki holatiga qaytarish uchun hizmat qiladi. Skalkaga tishli reyka bilan hamma vaqt ilashib turishini ta’minlash maqsadida tish­lar ochilgan va tishli reyka harakati natijasida skalka zarbador bilan birgalikda buriladi. Zarbadorning burilish mexanizmi press staninasiga mahkamlangan ikkita silindrdan harakatni oladi. Silindrlarda porshenlar harakatlanadi. Porshenlar reykani harakatga keltirgach skalkaning zarbador bilan birgalikda burilishini ta’­minlaydi.
    Gidravlik uzatma. Gidravlik uzatma elektr yuritgichdan harakat oluvchi nasos, gidrodozator - tezlatgich, zolotnik, to’yintirish gidroklapani, gidrobak, ikkita qaytarma klapan moy o’tuvchi truba va moy bakidan tuzilgan. Gidrobakka moy-filtr orqali qo’yila­di. Moyning sathi moy ko’rsatkich bo’yicha nazorat qilinib turiladi. Ishchi suyuqlik sifatida T22 va Tp-22 markali turbin moyilaridan foydalanadi.


    Nazorat savollari:

    1. Presslarning asosiy ishchi organi nima hisoblanadi?

    2. PVG-8-1-0, PKP-10 va PKP-16 presslarida zarba berish qurilma­si qay tarzda buriladi.

    3. Zarbadorni burish mexanizmi nima uchun xizmat qiladi?

    4. Pressdagi gidravlik uzatma nimalardan tashkil topgan?

    Download 113 Kb.




    Download 113 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Poyabzal ustki detallarini chopish presslari

    Download 113 Kb.