Olovli tozalanga xomaki qo‘rg‘oshinni elektrolitik rafinirlash
Qo„rg„oshin elektrolizi nafaqat qo„rg„oshinni vismutsizlantirish uchun, balki
qo„rg„oshinni undagi barcha aralashmalardan, shu jumladan nodir metallardan
tozalash uchun ham qo„llaniladi. Qo„rg„oshinning normal elektrod potensiali -
0,126 V. Olovli tozalashdan chiqqan xomaki qo„g„oshin anod qoliplarga quyib
elektrod tayyorlab olinadi. Qo„rg„oshin elektrolizining asosiy jarayonlari:
Anodda: Рb – 2е = Рb
2+
(qo„g„oshin oksidlanib eriydi),
Katodda: Рb
2+
+ 2е = Рb
0
(erigan qo„g„oshin tiklanadi).
Elektrolit sifatida eritmaga ftorsilikat kislota - H
2
SiF
6
(8-10%) va
qo„rg„oshin florosilikati - PbSiF
6
(6-8%) aralashmasi qo„shiladi.
Elektroliz vinil plastmassa yoki kislotaga chidamli plitkalar bilan qoplangan
beton yoki temir-beton vannalarda amalga oshiriladi. Elektroliz ko„rsatkichlari:
1) tok zichligi - 130-180 A/m
2
;
2) vannadagi kuchlanish - 0,4-0,7 V;
3) elektrolitlar harorati - 35-50 °C;
4) tok bo„yicha chiqish unumi - 90-96%;
5) elektr energiyasi iste'moli – 110-150 kVt•soat/t qo„rg„oshin.
Anodda 12-20% qo„rg„oshin, 4-5% kumush, 6-15% mis, 30% gacha surma
va 10% gacha mishyak bo„lgan shlam (loy) bo„shashgan qobiq shaklida hosil
bo„ladi. 3-6 kundan keyin shlam (loy) tozalanadi va qayta ishlashga yuboriladi.
Anodlar 70-80% gacha qayta ishlanadi.