• Qo‘rg‘oshin aglomeratini minorali (shaxtali) pechda tiklovchi eritish jarayoni
  • 6-rasm. Shaxtali pechning konstruksiyalari
  • -rasm. Aglomeratsion mashinaning tashqi ko‘rinishi




    Download 1,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/8
    Sana21.02.2024
    Hajmi1,05 Mb.
    #160362
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Qorgoshinishlabchiqarishningqisqachamazmuni

    5-rasm. Aglomeratsion mashinaning tashqi ko‘rinishi 
     Yonish va oksidlanish jarayonini davom ettirish maqsadida qutilarga havo 
    beriladi yoki pastki qismdan havo so„riladi. Bu o„z navbatida havo so„rish 
    yoki purkash orqali amalga oshiriladi. Tasmaning harakatlanishi bo„ylab 
    mashinaning oxirgi qismigacha quyish va aglomeratsiyalash jarayoni amalga 
    oshiriladi. Hosil bo„lgan mahsulot konveyer burilishi hisobiga aglomerat 
    qolipdan ko„chiriladi. 
     Aglomerat mashinasidagi tasmaning harakatlanish tezligi 1-4 m/min.ni 
    tashkil etadi. Uning uzunligi 6 metrdan 75 metrgacha bo„lishi mumkin. 
    Mashinaning mahsulot bo„yicha umumiy ish hajmi 6-300 m
    2
    ni tashkil etadi. 
    Uning ishlab chiqarish unumdorligi qora metall konsentratlari uchun 
    sutkasiga 32 t/m
    2
    , rangli metall boyitmalari uchun 18 t/m
    2
    ni tashkil etadi. 
    Qo‘rg‘oshin aglomeratini minorali (shaxtali) pechda tiklovchi eritish jarayoni 
    Qo„rg„oshin aglomeratini tiklovchi eritishni asosiy maqsadlari: 
    1) xomaki metal shaklida maksimal ravishda qo„rg„oshin olish. Bu metallda 
    oltin, kumush, mis, vismut, surma, mishyak, qalay va tellur to„planadi; 
    2) ma‟dansiz jinslarni hamda ruxni ko„proq shlakga o„tkazishdir.
    Qo„rg„oshin aglomeratda asosan oksid va ferrit turlarida uchraydi. Bu 
    birikmalar 1000
    o
    C dan ziyodroq haroratlarda qattiq uglerod, uglerod monooksidi, 
    tabiiy gaz va boshqa tiklovchi moddalar bilan metall holatigacha tiklanishi 
    mumkin. 


    6-rasm. Shaxtali pechning konstruksiyalari: 1-gorn (pechning o„chog„i); 2-
    furmalar; 3-pech shaxtasi; 4-yuklash lyuklari; 5-koloshnik; 6-gaz mo„risi; 
    7-aglomerat; 8-koks; 9-pechning ishchi qismi (fokusi); 10-shlak; 11-suyuq 
    qo„rg„oshinni chiqarish uchun sifon 
     
    Qo„rg„oshinli suyuqlanma olish uchun eng qulay sharoit bu shaxtali pechdir, 
    chunki unda tiklovchi muhitni joriy etish va boshqarish osondir. 
    Yoqilg„i hisobida koks qo„llanadi va u qatlam shaklida aglomerat bilan birga 
    pechga yuklanadi. Pechning pastki qismida – gornda jarayonning suyuq 
    mahsulotlari to„planadi: xomaki qo„rg„oshin va shlak. Shlak eritmasining 
    yuqorisida shixta joylashgan. Shixtaning pastki qismida (0,5-1,0 m) qizitilgan koks 
    joylashgan. Bu qism pechning fokusi deb nomlanadi.
    Koksni yonishini ta‟minlash uchun va tiklovchi muhit paydo qilish 
    maqsadida pechga bosim bilan havo beriladi. Pechning fokusida harorat 1500 
    o

    gacha ko„tariladi. Pech gazlari shixtaning hajmidan o„tadi, ularni qizitadi va 
    qo„rg„oshinni oksidlangan birikmalarini tiklashda qatnashadi. Gazning pechdan 
    chiqishida (koloshnikda) harorati 200-400 
    o
    C ni tashkil qiladi. 
    Shixtani balandligida (4-6 m) koks yongani sababli va qo„rg„oshinni erib 
    pastga siljishi natijasida asta-sekin mahsulotlar pastga qarab suriladi. Shixtani 
    pastga qarab siljish tezligi taxminan 1 m/soat ni tashkil etadi. Pastga tushgan 
    shixtani o„rniga yangi shixta porsiyasi yuklanadi. Shixtani harorati fokusdan 
    yuklash joyiga qarab kamayib boradi. 
    Eritish davrida hosil bo„lgan suyuq mahsulotlar pastga qarab siljiydi, 
    fokusdan o„tib gornda to„planadi va zichlik asosida qatlamlarga taqsimlanadi. 
    Xomaki qo„rg„oshin va shlak pechda to„planishi bilan undan chiqariladi. 
    Aglomerat 
    o„zida oksid va silikatlarni qotishmasini saqlaydi. 
    Qo„rg„oshindan tashqari, unda rux, mis, temir, noyob metallar, mishyak, surma, 
    vismut, qalay va nodir metallar bor. 


    Qo„rg„oshin aglomeratda glyot, silikat, murakkab oksid (ferrit, plyumbit), 
    sulfat, sulfid va erkin metallar shakllarda keltirilgan. 
    Metallik qo„rg„oshin aglomeratni 357 
    o
    C dan ziyodroq haroratga qizitganda 
    erib pechning past qismiga quyiladi. Pastga qarab harakatlanish davrida 
    qo„rg„oshin boshqa metallarni o„zida eritadi. 
    Glyot (PbO) yengil tiklanuvchi oksid. Uning is gazi bilan tiklanishi pechning 
    yuqori qismlarida boshlanadi (160-185 
    o
    C haroratlardan boshlab): 
    PbO + CO = Pb + CO
    2
    + 65,0 kJ (6) 
    Haroratning ko„tarilishi reaksiyaning tezlashishiga olib keladi. 
    Harorat 886 
    o
    C ga yetganda PbO bilan uglerodning kontakti yaxshilanib. 
    quyidagi reaksiya intensiv oqib o„tadi: 
    PbO + C = Pb + CO – 90,5 kJ (7) 
    Qo„rg„oshinni silikatlari (xPbO ∙ ySiO
    2
    ) 700 
    o
    C dan yuqoriroq haroratlarda 
    erib, pechni pastki qismiga siljiydi. Bu harakatlanishda silikatlar o„zlarida boshqa 
    oksidlarni eritadi. Qo„rg„oshin silikatlari shaxtali pechda tiklanadi. Tiklanish ikki 
    bosqichli bo„ladi. Birinchi bosqichda PbO silikatda undan kuchliroq Fe
    2
    O

    yoki 
    CaO ga o„rin almashadi. Paydo bo„lgan temir yoki kalsiy silikatlari o„zidagi 
    massani eritadi. Ikkinchi bosqichda shlak eritmasidagi glyotni CO yoki C bilan 
    tiklanishi oqib o„tadi: 
    2PbO ∙ SiO
    2
    + FeO + 2CO = 2Pb + FeO ∙ SiO
    2
    + 2CO
    2
    (8) 
    2PbO ∙ SiO
    2
    + CaO + 2CO = 2Pb + CaO ∙ SiO
    2
    + 2CO
    2
    (9) 
    Qo„rg„oshin ferritlari (nPbO ∙ mFe
    2
    O
    3
    ) is gazi bilan 500-550 °C lardan 
    boshlab oson tiklanadi: 
    PbO ∙ Fe
    2
    O
    3
    + 2CO = Pb + 2FeO + 2CO
    2
    (10)
    Qo„rg„oshin sulfati sulfid holatigacha tiklanadi: 
    PbSO
    4
    + 4CO = PbS + 4CO
    2
    (11)
    Reaksiya 550 
    o
    C dan ziyodroq haroratda intensiv o„tadi. Deyarli hamma 
    sulfat sulfid shakliga to„liq o„tadi. Qisman sulfat 800 °C dan boshlab parchalanadi: 
    PbSO
    4
    = PbO + 0,5O
    2
    (12) 
    Kremniy dioksidi PbSO
    4
    ni parchalanishiga ko„maklashadi: 
    PbSO
    4
    + SiO
    2
    = PbO ∙ SiO
    2
    + SO
    2
    + 0,5O
    2
    (13) 
    Qo„rg„oshin sulfidi (PbS) shaxtali eritishda deyarli tiklanmaydi. Qisman 
    qo„rg„oshin o„rin olish reaksiyasi natijasida paydo bo„lishi mumkin: 
    PbS + Fe = FeS + Pb (14) 
    Qisman PbS boshqa qo„rg„oshin birikmalari bilan o„zaro bog„lanishi 
    mumkin: 
    PbS + 2PbO = 3Pb + SO
    2
    (15) 
    PbS + PbSO
    4
    = 2Pb + 2SO
    2
    (16) 
    Reaksiyaga kirmagan PbS temir va mis sulfidlari bilan shteyn fazasini hosil 
    qiladi.
    Ma‟dansiz jinslar va qo„shiladigan flyuslar shlak fazasini tashkil qilishadi. 
    Ko„p komponentli qo„rg„oshin eritish shlaklari asoslarini FeO – ZnO – CaO – SiO

    sistemasi tashkil qiladi. Bu oksidlarning yig„indisi 90 % dan ziyodroq bo„ladi. 
    Qo„rg„oshin shlaklarining ajralib turadigan bitta xususiyati – bu unda 5 – 25 % 


    ZnO borligi. Agar shlakda 20 % rux oksidi bo„lsa, shlak xususiyatlari deyarli 
    o„zgarmaydi.
    Shlakni suyuqlanish harorati 1050 – 1150 
    0
    C, yopishqoqligi 0,5 – 1,0 Pa*s. 
    Shlakda kremniy dioksidining konsentratsiyasi 30 % dan oshib ketsa yopishqoqligi 
    ko„tariladi, FeO ni miqdori ko„payishi esa, aksincha, kamaytiradi.
    Jarayonning suyuq mahsulotlari zichliklar farqi sababli qatlamlarga 
    bo„linadi. Qanchalik zichliklar farqi katta bo„lsa – shuncha ajralish tez va to„laroq 
    bo„ladi. Shlakning zichligi uni tashkil etuvchilarning zichligiga bog„liqdir, g/sm
    3

    2,7 SiO
    2
    ; 5,0 FeO; 3,3 CaO; 2,8 Al
    2
    O
    3

    Optimal tarkibdagi shlakni quyidagi xususiyatlari bo„lishi kerak: erish 
    harorati 1100 – 1150 
    0
    C; yopishqoqligi 1200 
    0
    C da – 0,5 Pa*s; zichligi 3,5 – 3,8 
    g/sm
    3
    . Bunday xususiyatlarga quyidagi tarkibidagi shlak egadir, %: 20-30 SiO
    2

    30-40 FeO; 10-18 CaO; 25 gacha ZnO.
    Jarayonning boshqa mahsulotlari bu shteyn va shpeyza. Mis-qo„rg„oshinli 
    shteynning taxminiy tarkibi, %: 7-40 Cu; 16-45 Fe; 20-25 S; 8-17 Pb. 
    Shpeyza – metallarning mishyak va surma bilan hosil qilgan birikmalari. 
    Uning taxminiy tarkibi, %: 2-15 Pb; 2-34 Cu; 20-50 Fe; 18-30 As; 1-6 Sb; 0,001-
    0,01 Au; 0,015 – 0,20 Ag. 
    Shpeyza va shteyn jarayonning zararli mahsulotlari hisoblanadi. Ular bilan 
    qimmatbaho metallar isrof bo„ladi. Ularning hosil bo„lishlarini iloji boricha 
    kamaytirishga harakat qilish kerak. 
    Shaxtali eritishda yoqilg„i sarfi dastlabki shixtaning 10-15 % ini tashkil 
    etadi. Eritish jarayoni 4 – 6 soat davom etadi. Qo„rg„oshin aglomeratini shaxtali 
    pechda eritishdan olingan mahsulot xomaki qo„rg„oshin bo„lib, uning tarkibi 
    quyidagicha: 93 dan 98 % gacha metallik qo„rg„oshin. Qo„shimchalari, %: Cu – 
    1,0-5,0; Sb – 0,5-2,0; As – 0,2-2,0; Sn – 0,1-0,2; Bi – 0,05-0,4; Te – 0,005-0,1, 
    shuningdek Ag 1-5 kg/t, Au 1-50 g/t.

    Download 1,05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Aglomeratsion mashinaning tashqi ko‘rinishi

    Download 1,05 Mb.
    Pdf ko'rish