boyitiladi. Odatda rudada qo„rg„oshin asosan galenit (PbS) shaklida uchraganligi
sababli flotatsiyalash vaqtida to„plovchi modda sifatida butil va etil
ksantogenatlardan hamda ditiofosfatdan foydalaniladi (pH=9-9,5). Galenitning
so„ndiruvchilari sifatida esa natriy sulfidi (Na
2
S, sarfi 1 kg/t gacha), kaliy
bixromati (K
2
Cr
2
O
7
) hamda kaliy xromatlari (K
2
CrO
4
) qo„llaniladi (xromatlar sarfi
20-25 g/t gacha, pH=5-6). Agar mis-qo„rg„oshinli polimetallik rudani selektiv
flotatsiyalash yo„li bilan boyitish kerak bo„lsa, u holda qo„rg„oshin sulfidini
H
3
PO
4
, NaH
2
PO
4
. Ca(H
2
PO
4
)
2
kabi eruvchan fosfatlar ishtirokida yoki natriy
tiosulfatning temir kuporosi bilan aralashmasi yordamida so„ndiriladi (moddalar
sarfi 1,7-7 kg/t gacha). Bundan tashqari, galenitning organik so„ndiruvchilari
qatoriga kraxmal va dekstrin ham kiradi (sarfi 0,1-0,2 kg/t gacha). Qo„rg„oshin-
misli polimetallik rudani selektiv flotatsiyalashda esa mis sulfidlarini natriy sianid
va rux kuporosi aralashmasi bilan so„ndirilib, qo„rg„oshin sulfidlari to„plovchi
yordamida ajratib olinadi. Qo„r‟goshinning oksidli birikmalarini flotatsiyalashda
esa ko„proq organik yog„ kislotalar yoki ularning birikmalari ishlatiladi, masalan,
olein kislotasi, natriy oleat, naften kislotalari, tallol moyi (tarkibi qarag„ay moyiga
o„xshash) kabi birikmalardan foydalanish mumkin. Agar ruda tarkibida temir
oksidlari, dolomit va ohaktosh mavjud bo„lmasa, oksidlangan qo„rg„oshin
birikmalari
oksigidril
tarkibli
to„plovchilar
yordamida
ancha
yaxshi
flotatsiyalanadi. Flotatsiya jarayonida ko„pirtiruvchi sifatida T-80 reagenti
qo„llaniladi (sarfi 10-15 g/t). Flotatsion boyitishda qo„rg„oshinni ajratib olish
darajasi 83 – 94% ni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda galenitli birikmalarni boyitishning kombinatsiyalashgan
uslubidan foydalaniladi. Bunda flotoreagentlar sarfini tejash maqsadida rudani
dastlab gravitatsion usulda qayta ishlanib, keraksiz tog„ jinslarining 30-45 % qismi
olib tashlanadi, so„ng qolgan sulfidli qismi flotatsiyalanadi.
Flotatsion boyitishdan so„ng olingan qo„rg„oshin boyitmasini taxminiy
tarkibi quyidagicha, %: Pb 45 – 50; Zn 4 – 14; Cu 1 – 3; S 15 – 20; Fe 4 – 15; SiO
2
-10; Ag 500 g/t gacha.