Aglomeratsion mashina haqida ma’lumot
Aglomeratsion mashinalar – qora va rangli
metallurgiyada boyitmalarni
(konsentratni) kuydirib aglomeratlar tayyorlashda foydalaniladi.
Aglomeratsion mashinalar tasmali va aylana shaklida bo„ladi.
Metallurgiyada tasmali aglomeratsion mashinalar keng qo„llaniladi.
4-rasm. Aglomeratsion mashinaning chizmasi:
1-karkas; 2-qutili aravachalar; 3–havo so„rish kamerasi; 4-shixta yuklash bo„limi;
5-shixtani qutilarga joylashtirish; 6-yondirish kamerasi; 7-mashinani harakatga
keltiruvchi dvigatel.
Aglomeratsion mashina uzunligi 35-40 m bo„lgan po„lat
tasmaga maxsus
qutilar joylashtirilgan bo„lib, tasma zanjirli konveyer kabi harakatlanadi (5-
rasm). Qutilarning ichki qismi panjara bilan tugab,
pastki qismi konus
shaklida bo„shliqdan iborat bo„lib, havo so„rishga yoki berishga
moslashtirilgan.
Mashinaning boshlanish qismida (ya‟ni qutilar ustida)
shixta yuklash
moslamasi va shixtani yondirish uskunasi joylashtirilgan. Qutilarga
to„ldirilgan shixta o„t olish kamerasidan o„tadi.
Bunda shixta tarkibidagi
koksning hisobiga alanga oladi va shu tariqa unda yuqori haroratdagi issiqlik
vujudga keladi.