|
Professional ta’lim muassasalarini 2024/2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish bo‘yicha savolnoma
| bet | 1/3 | Sana | 18.09.2024 | Hajmi | 23,4 Kb. | | #271522 |
Bog'liq Bulungur 1 - KHM Yakiniy savollar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
2024-yil “___”______dagi ___-son buyrug‘iga
1-ilova
Professional ta’lim muassasalarini 2024/2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish bo‘yicha
savolnoma
-
Tegishli kasb (mutaxassislik)lar bo‘yicha malaka talabi, namunaviy o‘quv reja va dasturlarni mavjudligi hamda ishchi o‘quv reja ishlab chiqilganligi. Bunda, 2-bosqich uchun kasb (mutaxassislik)lar ta’lim dasturlari o‘rganiladi.
Bulung’ur tuman 1-son kasb-hunar maktabida 11 ta kasb bo’yicha o’quvchilar o’qitiladi, hamma kasblardan malaka talabi, namunaviy o‘quv reja va dasturlarni mavjud, ishchi o‘quv reja ishlab chiqilgan.
-
2024/2025 o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalarida qabul parametrlarini shakllantirilganligi.
2024-2025 o’quv yili uchun qabul parametrlari shakllantirilgan bo’lib, 9 ta kasb bo’yicha 584 nafar o’quvchi qabul qilingan.
-
Vazirlikning 2024-yil 7-fevraldagi 3/19-07/02-son xatiga muvofiq dual ta’lim shaklida o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi.
Ta’lim muassasasida 2024-2025 o‘quv yilida Payvandlovchi (elektrogazpayvandlash ishlari) bo’yicha dual ta’lim shaklida o‘qitish rejalashtirilgan. Dual ta’lim shaklini samarali va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Bulung’ur tumanida joylashgan 8 ta korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan
-
Professional ta’lim muassasasi direktori va o‘rinbosarlarining yillik ish rejalarini mavjudligi hamda ijro holati.
Professional ta’lim muassasasi direktori va o‘rinbosarlarining yillik ish rejalarini mavjud hamda ijrosi talab darajasida yuritilgan
-
Pedagogik kadrlar bilan ta’minlanganligi hamda pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun ko‘rilgan choralar.
Ta’lim muassasasi pedagog kadrlar bilan ta’minlangan.
-
|
| |