Spanish international scientific online conference
PROSPECTS AND MAIN TRANDS IN MODERN SCIENCE
47
ANDROID MOBIL OPERATSION TIZIMI HAQIDA
Yuldashev Abdurauf
Qo‘qon DPI, o‘qituvchi,
Annotatsiya:
Ushbu maqolada android mobil operatsion tizimi yaratilish tarixi, afzalliklari
haqida yoritiladi.
Kalit so`zlar:
operatsion tizim, mobil telefon, Android tizimi, smartfon, imkoniyatlari, afzalliklari.
Android – Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim
bo`lib, kommunikatorlar, planshetli
kompyuterlar, elekron kitoblar, raqamli pleyerlar, qo`l
soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi. Google tomonidan
sotib olingan Android
Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan
shug`ullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi. Android yordamida Java
dasturlarni tuzish mumkin. Android Native Development
Kit Sida va boshqa tillarda
yoziladigan dasturlarni yaratadi.
Android – mobil telefonlar uchun jahonda eng mashhur operatsion tizimi paydo
bo„lganligiga atigi besh yil bo„lganligiga hatto ishonging ham kelmaydi. Quyida Android
tizimi haqida batafsil ma‟lumotlar berilgan.
Android (yunoncha so„z bo„lib, ikki bo„g„ini – “erkak” va “o„xshash”) – “odamsifat
robot” ma‟nosini ifoda etadi. Balki mana shuning uchun
Android operatsion tizimi
logotipida robot tasvirlangandir.
Android operatsion tizimining yaratilishi tarixi 2002-yillardan boshlangan. Mana shu
davrda Google korporatsiyasi yaratuvchilari E. Rubinning dasturiy ishlanmalari to„plami
bilan qiziqib qoladilar. Dastlab mobil qurilmalar uchun yangi operatsion tizimni yaratish
loyihasi bilan katta maxfiylik ostida TAndroid Inc. Kompaniyasi shug„ullangan, ushbu
kompaniyani keyinchalik Google sotib oladi.
Android – Linux yadrosiga
asoslangan kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar,
elektron kitoblar, raqamli musiqa uskunalari, qo„l soatlari, netbuklar va smartbuklar uchun
portativ (tarmoqli) operatsion tizimdir. Dastlab, Android Inc. kompaniyasi tomonidan
yaratila boshlangan, uni keyinchalik Google sotib olgan. Keyinchalik Google Open Handset
Alliance (OHA)
alyansini tashkil qildi, u hozirda ham platformani qo„llab-quvvatlash va
yanada rivojlantirish bilan shug„ullanadi. Android Google tomonidan ishlab chiqilgan
kutubxona orqali qurilmani boshqaruvchi Java-ilovasini yaratishga imkon beradi. Android
Native Development Kit Si va boshqa tillarda yozilgan ilovalarni yaratadi.
2012-yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlarning 75 foizida Android
operatsion tizimi o„rnatilgan.
HTC Dream (T-Mobile G1) – Android OT
asosida birinchi smartfoni