• Tekshirdi
  • Zamonaviy protsessorlarning tuzilishi Protsessor
  • Zamonaviy protsessorlar
  • Protsessorni tashkil etish (Processor Organisation) Bajardi




    Download 1.77 Mb.
    bet1/4
    Sana31.07.2023
    Hajmi1.77 Mb.
    #77721
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Doniyor computer org M1
    Dars ishlanma.Tarbiyaviy soat.Asraqulova M., Lesson 4. Speed dating, ! «Илм фан ва табиат» - марказлирини ташкил этиш, bellashuv uz - 10-sinf

    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Mustaqil ish


    Mavzu:
    Protsessorni tashkil etish (Processor Organisation)

    Bajardi: 311/21-guruh talabasi
    Abdukarimov Doniyor
    Tekshirdi: _________________

    TOSHKENT – 2023
    29. Protsessorni tashkil etish (Processor Organisation)
    Reja: Zamonaviy protsessorlarning tuzilishi, protsessorlarning ichki registrlar turlari, xususiyatlari va bajaradigan vazifalari, boshqarish qurilmasi, arifmetik-mantiqiy qurilma.

    Zamonaviy protsessorlarning tuzilishi
    Protsessor (lot. processus — surilish) — elektron mashinaning dastur (programma) da koʻzda tutilgan amallar; informatsiyani oʻzgartirish, barcha hisoblash jarayonlarini, hisoblash mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini boshqarib turish uchun moʻljallangan markaziy qurilmasi. Asosiy qismlari: arifmetikmantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi. Arifmetikmantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi. Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi.

    Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi. Jismonan mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ustiga protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bo‘lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlar – ko‘p protsessorli tizimlar deb ataladi.


    Zamonaviy protsessor elektr shinasi, odatda, bitta quvvat manbai kuchlanishga (+5V yoki +3.3 v) va umumiy sim («er») ega. Dastlabki protsessorlar tez-teza bir nechta ta'minot kuchlanishini talab qiladi. Ba'zi protsessorlarda kam quvvat rejimi mavjud. Umuman olganda, zamonaviy protsessor , ayniqsa yuqori taktli chastotaga ega bo‘lganlar, juda ko‘p quvvat talab qiladi. Natijada, normal ish haroratini saqlab qolish uchun ular ko‘pincha ventilyatorlar, radiatorlar, yoki hatto maxsus mikro muzlatgichlar o‘rnatiladi. Protsessorni magistral shinaga ulash uchun bufer mikrosxemalari qo‘llaniladi, zarur bo‘lganda signalni demultiplekslash va magistral shina signallarini elektr buferlash uchun. Ba'zan tizim shinasi va protsessor shinalaridagi almashinuv protokollari mos kelmaydi, shunday hollarda buferlash mikrosxemalari protokollarni bir-biri bilan uyg‘unlashtiradi (muvofiqlashtiradi.)

    Protsesssor kvadart yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qurilma bo‘lib, ona platadagi protsessorlar slotiga, ya’ni uyachasiga joylanadi. Bir necha minglab PINlar, ignalar bilan ulanadi (o‘rtacha soni 370-2000). Protsessor ishlagan vaqtida keraklicha elektr energiyasi sarflaganligi sababli, u isiydi, harorati oshadi, uni doimiy sovutib turish uchun, protsessor ustiga sovutgich radiator qo‘yiladi. Quyida uning soddalashtirilgan strukturasini taxlil qilamiz

    Download 1.77 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Protsessorni tashkil etish (Processor Organisation) Bajardi

    Download 1.77 Mb.