|
Psixologik tadqiqotni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar
|
bet | 6/6 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 104,47 Kb. | | #257966 |
Bog'liq abduqaxxorova sPsixologik tadqiqotni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar
- 1. Tadqiqotlarni tashkil qilish tekshiruvda qo‘llaniladigan metod va metodikalarni tanlash hamda sinab ko‘rishni (pilotaj tekshiruv) o‘z ichiga oladi. Tadqiqotga tayyorgarlik jarayonida tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi.
- Tadqiqot metodi – bu tadqiqotchini qiziqtirgan ma’lumotni qo‘lga kiritish yo‘li, vositasi.
- Tadqiqot metodikasi – bu psixik jarayonlar va ularning xususiyatlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun ishlatiladigan qonkret usul va vositalar majmui.
- 2. Tadqiqot o‘tkazish joyi turli xil tashqi shovqinlardan holi bo‘lishi, shu bilan birga sanitariya- gigiena qoidalariga javob berishi lozim. Majbur qilmaydigan ish holati ta’minlanishi kerak.
- 3. Tadqiqotning texnik ta’minlanishi hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga mos tushishi kerak.
- 4. Sinaluvchilarni sifat jihatidan bir xil qilib tanlash zarur.
- 5. Tadqiqotchi tadqiqotning borishiga, uning barcha bosqichlarini o‘tkazishga ta’sir etadi (rejalashtirishdan, to xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishgacha).
- 6. Yo‘riqnoma yoki ko‘rsatma tadqiqot boshlanishidan oldin, tayyorgarlik bosqichida tuziladi. U aniq, qisqa va bir ma’noli bo‘lishi lozim.
- 7. Tadqiqot natijalari bayonnomalarda qayd etilib, u bir vaqtning o‘zida ham to‘la, ham maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak.
- 8. Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar sifat va miqdor jihatdan analiz, sintez qilinishi, ya’ni qayta ishlanishi zarur.
Psixodiagnostik metodikalarga qo‘yiladigan talablar
Psixodiagnostik metodikalar qo‘llanilishidan oldin yuqori sifat va samaradorligini ko‘rsatuvchi mezonlar asosida tekshiruvdan o‘tkazilishi zarur.Psixodiagnostik metodikalarni baholashning asosiy mezonlari sifatida ishonchlilik va validlik olinishi mumkin.
- Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligi – psixodiagnostik metodikaning sifati bo‘lib, u ushbu metodika yordamida etarlicha barqaror natijalarga erishish imkoniyati bilan belgilanadi.
- Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligini tekshirish yo‘llaridan biri standartlashtirish, metodika o‘tkazish muolajasini va uning natijalarini baholashning yagona talablarini ishlab chiqish.
- Metodikani baholashning yana bir muhim mezoni validlik hisoblanadi. Ishonchlilik aniqlangach, metodikaning validligi masalasi ko‘rib chiqiladi. Chunki ishonchli bo‘lmagan metodika validligi yuqori metodika bo‘la olmaydi.
- Metodika validligi – metodika yordamida olingan ma’lumotlarning nimani aniqlashga qaratilganligi, ya’ni metodika mohiyati bilan mosligi.
- Validlik – metodikaning samaradorligi, amaliy foydasini ko‘rsatuvchi mezon.
- Reprezentativlik – tanlanmaning sinaluvchilar bosh majmui xarakteristikalarini ko‘rsatuvchi xususiyati.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
|
| |