• Buyuk mutafakkir va alloma Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli-farosati hamda ilmini yuksak qadrlagan. U: “Bilim va donishmandlik insonning bezagidir”,- deb yozadi.
  • Abu Nasr Forobiy
  • Maqsadga yo‘nalganlik .
  • Sharq allomalari asarlarida Yosh davrlari, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi




    Download 104,47 Kb.
    bet5/6
    Sana30.05.2024
    Hajmi104,47 Kb.
    #257966
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    abduqaxxorova s

    Sharq allomalari asarlarida Yosh davrlari, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi
      • Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Burhoniddin Zarnujiy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Abu Hamid Fazzoliy, Alisher Navoiy, Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Avloniy kabi olim va mutafakkirlarning asarlarida yuqoridagi muammolar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar keltiriladi.

      • Buyuk mutafakkir va alloma Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli-farosati hamda ilmini yuksak qadrlagan. U: “Bilim va donishmandlik insonning bezagidir”,- deb yozadi.
      • Qomusiy olim Imom al-Buxoriy ham ilm o‘rganishni yuqori darajaga qo‘yib, o‘z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar: “Kishi ilm bobida nafaqat o‘zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o‘zidan past bo‘lganlardan hadis olmaguncha, etuk muhaddis bo‘la olmaydi”.
      • Abu Nasr Forobiy esa ko‘plab asarlarida bilish masalasiga katta e’tibor beradi. U bilishda ikki bosqichni - hissiy va aqliy bilishni farqlaydi hamda bilishda inson aqlining roliga ahamiyat beradi.

    Kuzatish-Psixologik holatlarning sabablarini ilmiy tarzda tushuntirib beruvchi tadqiqot metodi.
      • Eksperiment-Psixologik ma’lumotlarni aniqlashga qaratilgan sharoitlarni yaratish maqsadida tadqiqotchining tekshiriluvchi faoliyatlariga faol aralashuvi
      • Hayotiy kuzatish ma’lumotlari-ni qayd etish bilangina cheklanib, tasodifiy xarakterga ega.
      • Ilmiy kuzatish ma’lumotlar-ni qayd qilishdan ularning ichki mohiyatini tushuntirib berishga o‘tish, uning zaruriy sharti – aniq reja va natijalarni maxsus kundalik yoki bayonnomalarda qayd etishdir.
      • Laboratoriya eksperimenti maxsus yaratilgan sharoitlarda, maxsus (apparaturalar) asbob uskunalar yordamida o‘tkaziladi. Tekshiriluvchi xatti-harakatlari ko‘rsatma orqali belgilanadi.
      • Tabiiy eksperiment oddiy hayotiy sharoitlarda o‘tkazilib, turli Yosh davrlarida bilish imkoniyatlarini o‘rganish uchun qo‘llaniladi.
      • Psixologik-pedagogik eksperiment
      • Yordamchi metodlar
      • Faoliyat mahsulini tahlil qilish
      • Tarjimai hol metodi
      • Sotsiometriya

    Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy sifatlari qonkret namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil turlarida – o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqat jarayonida kuzatish.
      • 1. Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy sifatlari qonkret namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil turlarida – o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqat jarayonida kuzatish.
      • 2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi (nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlari aniqlab olishi (nimani qayd etish), bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘irlash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i lozim.
      • 3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim.
      • 4.Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o‘quvchilar uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, o‘quvchi kuzatilayotganini sezmasin.
      • 5. Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi zarur.
      • 6. Ob’ektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, ob’ektiv fakt, harakat, o‘quvchilar xulq-atvorining ob’ektiv xususiyatlarini qayd etish va shu asosda xulosa chiqarish lozim.


    Download 104,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 104,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharq allomalari asarlarida Yosh davrlari, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi

    Download 104,47 Kb.