• 1916 Termen va Merrill
  • 1960 Termen va Merrill
  • 1986 Torndayk, Xagen, Settler
  • Aqliy yoshni konsepsiyalash, to’liq bo’lmagan standartlashtirish




    Download 0,64 Mb.
    bet18/154
    Sana21.12.2023
    Hajmi0,64 Mb.
    #125798
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154
    Bog'liq
    Psixodiagnostika-fayllar.org

    Aqliy yoshni konsepsiyalash, to’liq bo’lmagan standartlashtirish.

    1911

    Bine va Simon

    Kattalar uchun chegaralangan shkalalar qo’shilgan.

    1916

    Termen va Merrill

    Ko’pgina verbal material.

    1937

    Termen va Merrill

    Ikkinchi qayta nashri, parallel shakllar ishlatilgan, standartlashtirish yaxshilangan.

    1960

    Termen va Merrill

    Uchinchi qayta nashri, 4-5 ming nafar odam tekshirilgan.

    1972

    Robert Torndayk

    2-3 ming nafar odamda qayta standartlashtirish.

    1986

    Torndayk, Xagen, Settler

    15 ta subtest, qoniqarli darajadagi standartlashtirish (5 ming nafar odamda), yosh bo’yicha diapazon 2–0, 23–11.

    XX asrning 30 yillariga kelib, yana qator yangi testlar paydo bo’ldi. Ularning aksariyat qismi AQSHda ishlab chiqildi. 1936 yilda quyidagi beshta test, nashrlar soni bo’yicha peshqadamlik qilgan:




    • Stenford-Bine testi;


    • Rorshax testi;


    • Bernreyterning “Shaxsiy so’rovnomasi”;


    • Sishorning “Musiqiy iste’dod o’lchagichlari”;


    • Stornganing “Kasbiy manfaatlar blanki”.

    Shuningdek, ushbu davrda ishonchlilik darajasi yuqori bo’lgan ikkita shkala yaratildi. 1930 yilda Greys Artur 6 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalarni tekshirishga mo’ljallangan va hozirgi vaqtgacha ma’lum shkala: Porteus labirinti hamda Kos kubiklari testlarini chop ettirdi. Bu shkala avvaldan Stenford-Bine shkalasi bilan korrelyasiyalash ma’nosida rejalashtirilgan edi. Ammo istalgan korrelyasiya 12 yoshli bolalarni tekshirish mobaynida yuzaga kelishi keyingi tadqiqotlar orqali aniqlandi. E.Kornell va V.Koks tomonidan Stenford-Bine shkalasi bilan sezilarsiz korrelyasiya tashkil qilishga loyihalangan boshqa so’zsiz shkala taklif qilingan.


    1937 yilda Stenford-Binening ommabop shkalasi yangi tahrirda chop etildi. Uning tarkibidan 1916 yil tahririda bo’lmagan, 11 va 13 yoshlilar uchun topshiriqlarni kiritgan holda 2 va undan katta yoshlilar darajasiga mos testlarning namunasi o’rin egallagan. Natijada, shkalaning ikki, L va M (mualliflar: Lyuis Termen va Maud Merill ismlarining birinchi harflari) kabi ekvivalent shakli yaratilgan edi. Bu shkalaning mazkur varianti, taxminan, Amerikada tug’ilgan oq tanli 1,5 dan 18 yoshgacha bo’lgan 3000 nafar bolaga nisbatan standartlashtirildi. Bunda mualliflar tekshirilayotganlarning demografik o’rni va ijtimoiy-iqtisodiy mavqyei kabi omillarni nazorat qilishga urindilar.
    1950 yillarda ham psixodiagnostik tekshiruvlar jarayonida odatga ko’ra, mashhur bo’lgan metodlar yetakchilik qilmoqda edi.
    1951 yilgacha Rorshax testiga bag’ishlangan 1219 ta maqola chop etildi. Shuningdek, yana 493 ta Stendford–Bine shkalasiga, 371 ta maqola esa, Veksler–Bellvyu metodikasi bo’yicha nashr qilingan. Ko’pgina tekshirishlar TAT va MMPI metodikalari bilan bog’liq bo’lgan. Buning natijasida ayrim metodikalarga, xususan, Sondi testiga nisbatan qiziqishlar ko’lami kamaygan.
    Buros 1953 yilda 793 ta test haqida ma’lumot bergan bo’lsa, ularning soni keyingi 10 yil ichida 250 taga oshgan.
    1955 yilda Vekslerning kattalar intellektini o’lchovchi shkalasi – WAIS paydo bo’ldi. Shkala 16 yoshdan 64 yoshgacha bo’lgan kishilarning 1700 nafarini saralashda standartlashtirilgan.
    XX yuz yillikni oltmishinchi yillari – testlarning diskussiyasi davri hisoblanadi. Asosan, bu diskussiyalar Qo’shma Shtatlar hududida shiddatli ravishda kechardi. Jumladan, intellektual rivojlanish darajasini baholash va shaxs sifatlarini o’rganuvchi testlarga nisbatan shubhalilikni “alangalatardi”. Bu davrda MMPI qattiq qarshilikka uchradi, chunki uning ayrim savollari vijdon erkinligi va jinsiy malaka to’g’risida ma’lumotni talab qilar edi.
    Birinchilardan bo’lib, tanqidiy kritikaga uchragan proyektiv metodlar yagona obyekt bo’lib qolmadi, ya’ni intellektual rivojlanishni aniqlovchi shkalalar ham standartlashtirishda etnik guruhlarga ajratilmaganligi bois, muhokama qilindi.


    2.6.2-jadval. 1935 yildan 1982 yilgacha ishlatilgan testlar reytingi






    Download 0,64 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aqliy yoshni konsepsiyalash, to’liq bo’lmagan standartlashtirish

    Download 0,64 Mb.