• СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ФОРМИРОВАНИЯ ПОДРОСТКОВОЙ ДУХОВНОСТИ
  • SOCIAL-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE FORMATION OF TEENAGE SPIRITUALITY
  • Psixologik xusuiyatlari




    Download 418.19 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana21.04.2024
    Hajmi418.19 Kb.
    #203814
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2251-Текст статьи-6427-1-10-20230423
    choice&prefernce&utility


    Образование и инновационные исследования (2022 год №12)
    ISSN 2181-1717 (E)
    275
    http://interscience.uz
    O`SMIRLAR MA`NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-
    PSIXOLOGIK XUSUIYATLARI
    Olimov Laziz Yarashovich,
    Buxoro davlat universiteti dotsenti
    Bahronova Mavluda O`tkir qizi,
    Buxoro davlat universiteti magistranti
    Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘smirlardagi ma’naviyat msalalasining namoyon 
    etilishi va rivojlanishini tadqiq etish hamda uning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik omillarini 
    takomillashtirish haqida fikr yuritilib, o‘smir shaxsi ma’naviyati va shaxsiy sifatlarini 
    rivojlantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar, bilan bog‘liq tadqiqot natijalari bayon etilgan.
    Kalit so‘zlar: ma’naviyat, o‘smir, ijtimoiy, shaxs sifatlari, tarbiya, milliy qadriyatlar
    СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА 
    ФОРМИРОВАНИЯ ПОДРОСТКОВОЙ ДУХОВНОСТИ
    Олимов Лазиз Ярашович
    доцент Бухарского государственного университета
    Баҳронова Мавлуда Ўткир кизи 
    магистрант Бухарского государственного университета
    Аннотация: В данной статье рассматриваются исследования проявления и 
    развития проблемы духовности у подростков и совершенствования ее специфических 
    социально-психологических факторов, представлены результаты исследования.
    Ключевые слова: духовность, подросток, социальные, личностные качества
    воспитание, национальные ценности.
    SOCIAL-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE FORMATION 
    OF TEENAGE SPIRITUALITY
    Olimov Laziz Yarashovich
    Associate Professor, Bukhara State University
    Bahronova Mavluda O`tkir qizi 
    master student of Bukhara State University
    Annotation: This article discusses the research of the manifestation and development of 
    the issue of spirituality in adolescents and the improvement of its specific socio-psychological 
    factors. The results of the research are presented.
    Key words: spirituality, adolescent, social, personality qualities, education, national 
    values
    KIRISH. Dunyoda globallashuv jarayonining jadallashuvi, o‘ziga xos ijtimoiy taraqqiyot 
    tamoyillariga mos ravishda shaxsni tarbiyalash va unga ijtimoiy-psixologik ta’sir qo‘rsatish 
    tizimini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojning yanada ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda. 
    O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli isloxotlar talablariga mos keluvchi, 
    intelektual salohiyati yuqori, keskin o‘zgarishlarga tez moslasha oladigan, raqobat bardosh, 
    mehnat bozorida mutaxassislar malakasiga qo‘yilayotgan talablar darajasida samarali 
    faoliyat yurituvchi shaxsni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 


    Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 12)
    ISSN 2181-1709 (P)
    276
    Education and innovative research 2022 y. №12
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 472-son 
    «Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda 
    huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va mazkur faoliyatga 
    tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda 
    ushbu maqola muayyan darajada xizmat qiladi.
    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. Mamlakatimiz psixologlari 
    tomonidan ham o‘smir shaxsi rivojlanishida axloqiy normalarning mohiyatini, ma’naviy 
    tarbiya tuzilmasi, vositalari va shakllarini ishlab chiqishda muayyan hissa qo‘shildi. Bu sohada 
    G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova, E.G‘.G‘oziyev, R.I.Sunnatova, Sh.R.Baratovlarning 
    ishlarini alohida ta’kidlash zarur. Ayni paytda, bu sohada psixolog-olimlarimiz tomondan 
    amalga oshirilgan tadqiqot ishlarni tanqidiy tahlil qilish mamlakatimiz psixologiyasi mazkur 
    yo‘nalishda yanada kengroq doirada ilmiy izlanishlar olib borilishi lozimligini ko‘rsatadi. 
    Ma’naviyat va axloqiy norma muammosi mamlakatimiz psixologlari, faylasuflari, 
    sotsiologlari, tarixchilari, madaniyatshunoslari, pedagoglari tomonidan intensiv tadqiq 
    etilayotgan bir paytda mazkur mavzuga bag‘ishlab psixologlarimiz tomonidan yaratilgan 
    ishlar barmoq bilan sanarli darajada oz. Milliy tarbiyaning psixologik jihatlarini o‘rganishga 
    bag‘ishlangan tadqiqotlar esa yo‘q darajada.
    Mazkur muammoning psixologik jihatlari, avvalo, shunda ko‘rinadiki, hanuzgacha 
    shaxsning axloqiy rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan psixologik omillar atroflicha 
    tadqiq etilmagan. Psixologiyamizda o‘smir shaxsi rivojlanishida axloqiy normalar tuzilmasi, 
    ma’naviyat va psixikaning aloqadorligi masalalari ishlab chiqilmagan, bu sohaga oid 
    terminologiyada ham noaniqlik va mavhumlik mavjud. 
    Buyuk nemis faylasuflaridan yana biri I.Kant ma’naviyatni o‘zini o‘zi anglash 
    sifatida cheklab izohlamagan. Uning talqinida ma’naviyat “Insonni harakatlantiruvchi
    jonlantiruvchi” tamoyildir. O‘zining “Sof aqlni tanqid” asarida ma’naviyat haqida shunday 
    yozadi: “Ichki tuyg‘uning predmeti sifatida bu unsur nomoddiylik tushunchasini beradi; 
    oddiy unsur sifatida mustahkamlik, butunlikni anglatadi; intellektual unsur sifatida shaxsni 
    anglatadi; bularning barchasi birikib ma’naviyat tushunchasini vujudga keltiradi”.
    Ma’naviyatni inson tabiatining o‘ziga xos xususiyati sifatida talqin qilish bilan birga, 
    Kant insonning mohiyati ma’naviy taraqqiyotga intilishda namoyon bo‘ladi, deb ta’kidlagan 
    edi.
    Axloqiy norna masalasiga rus faylasuflaridan V.Solovyov, V.Rozanov, N.Berdyaev, 
    A.F.Losev, Ye.Trubeskoy, P.Florenskiy va boshqalar ijodida ham muayyan o‘rin ajratilgan. 
    Rus faylasuflarining ko‘pchiligi uchun axloqiy normani talqin qilishdagi umumiy xususiyat 
    shundaki, ular bu tushunchani pravoslavie mazhabi nuqtai nazaridan talqin qiladilar. 
    Ularning bunday yondashuviga sabablardan biri, xristian dinida ilohni anglashdagi 
    asosiy elementlardan biri “muqaddas Ruh”, “Ota ruh”) tushunchasidir. Ayni paytda, rus 
    faylasuflarining ba’zilari, masalan, V.Solovyov, N.Berdyaevlar ma’naviyatni talqin qilishda 
    pravoslavie aqoidlari doirasidan chetga chiqishadi.
    Inson hayotining mazmuni stoiklarning diqqat markazida bo‘ldi. Stoiklarning fikriga 
    ko‘ra, inson hayotining mazmuni tabiat bilan uyg‘un bo‘lishdadir. Ularning fikriga ko‘ra, 
    donolik, mardlik, mo‘’tadillik va adolat oliy qadriyat hisoblanadi. Ulardan keyingi o‘rinda 
    oliyjanoblik, qat’iyat, tirishqoqlik kabi sifatlar turadi. Stoiklar talqinida, dono odamlar ham 
    ehtiroslarga berilishi mumkin, lekin bu ehtiroslar yaxshilikka yo‘naltirilgan bo‘ladi.
    NATIJALAR.
    O‘smirlarda ma’naviy ehtiyojlarning shakllanganini aniqlash ma’naviy tarbiyaning 
    samaradorligini oshirishda muhim omillardan hisoblanadi. Shuni hisobga olib, yoshlarning 
    ma’naviy ehtiyojlarini aniqlash maqsadida, quyidagi vazifalar qo‘yildi: 1) O‘smirlar 
    ehtiyojlarining xususiyatlarini, ularning ma’naviy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini, 



    Download 418.19 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 418.19 Kb.
    Pdf ko'rish