151
intuisiyaga ega, empatiya hissi kuchli, bag’ri keng, qo’li ochiq, xissiyotlarga
beriluvchan, bosiq, yuvosh, kechirimli, janjaldan yiroq yuruvchi.
Salbiylari: o’zgalar fikriga tobelik, betartib, o’ta yumshoq, talabchan emas,
qati’yatsiz, narsalarni ayamaydigan, laqma, sentimental, ko’ngli bo’sh.
To’rtburchak.
Asosiy qadriyatlari: o’zgarish, dinamika, azart.
Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari — intiluvchan, yangilikni
qidiradigan, qiziquvchan, yaxshi ta’lim oladigan, ziyrak, sezgir, ishonuvchan,
empatiya xos, samimiy, dadil, yaxshi o’yinchi.
Salbiylari: Qat’iyatsiz, qarorlari mavhum, ish va so’z birligi yo’q, yengiltak,
ishonuvchan, emosional beqaror, sodda, o’ziga bahosi past, lanj, unutuvchan,
kechirimli.
Zigzag.
Asosiy qadriyatlari: erkinlik, ijod, o’zgarish.
Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari — yangilik, ijodga intilish,
bilishga chanqoqlik, g’alayonchi, xayolparast, optimist, kelajakka intilgan,
ruxi tetik, ekspressiv, tashabbuskor, aqlli.
Salbiylari: tartibsizlik, qo’nimsizlik, o’zgaruvchanlik, individualizm,
ishonchsiz, qonunlarni buzuvchi, realistik qarashning yo’qligi, subutsiz,
impulsiv, o’zini namoyishkorona ko’rsatadigan, zahar, kesatib gapiradigan.
Yuqoridagi test o’z-o’zini taxlil qilish malakalarini mustahkamlaydi va o’zini
tarbiyalashga yordam beradi.
4. Shaxsning ustanovkalari va muhim oriyentasiyalari. Kishining o’z-o’ziga
baho berishi. Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti
.
(Kichik guruhlarda ishlash
metodi orqali)
Kichik guruhlarda ishlash uchun guruh 3 ta kichik guruhga
bo’linadi va ularga quyidagi tarqatma materiallar berilib, ushbu masalalar
bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi.