Shaxsdagi kommunikativ va tashkilotchilik layoqatlarini aniqlashga




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/180
Sana14.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#231480
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   180
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Shaxsdagi kommunikativ va tashkilotchilik layoqatlarini aniqlashga 
qaratilgan KOS metodikasi.
Ushbu uslub yordamida shaxsdagi kommunikativ va tashkilotchilik 
qobiliyati (odamlar bilan aniq va tez ishchanlik muloqotini o’rnata olish, o’z 
tanishlari davrasini kengaytira olish, ommaviy tadbirlarda qatnashuvi,
odamlarga ta’sir ko’rsata olish va bunda tashabbuskorlik sifatlarini namoyon 
qila olish kabilar)ni aniqlashga imkon beradi.
Metodika 40 ta savollardan iborat bo’lib, tekshiriluvchi savollarga 10-15 
daqiqa davomida “ha” yoki “yo’q” javoblarini berishi kerak.
Sizda odamlarni o’rganish va turli xil odamlar bilan tanishishga ishtiyoq bormi? 
Sizga jamoatchilik ishlari bilan shug’ullanish yoqadimi? 
O’rtoqlarinigizdan kimdir sizni xafa qilsa, uzoq vaqt gina saqlaysizmi? 
Paydo bo’lgan jiddiy vaziyatlarga moslashishingiz qiyinmi? 
Siz doimo muloqotda bo’ladigan do’stlaringiz ko’pmi? 
Siz ko’pincha do’stlaringizni o’z fikringizga ko’ndira olasizmi? 
Siz odamlar bilan muloqotda bo’lishdan ko’ra bo’sh vaqtingizda kitob o’qib 
yoki boshqa mashg’ulotlar bilan band bo’lib o’tkazishingizni afzal ko’rishingiz 
rostmi? 
O’z niyatlaringizga yetish yo’lida qiyinchilik paydo bo’lsa, o’z niyatingizdan 
qaytishingiz osonmi? 
Siz o’zingizdan kattaroq yoshli odamlar bilan til topishib ketishingiz osonmi? 
Siz o’zingiz yoki do’stlaringiz bilan turli o’yinlar va mashg’ulotlar o’ylab 
topishni yaxshi ko’rasizmi? 
Siz uchun begona bo’lgan yangi odamlar davrasiga qo’shilib ketishingiz 
qiyinmi? 
Siz tez-tez mo’ljallab qo’ygan ishlaringizni boshqa kunga ko’chirasizmi? 
Siz notanish odamlar bilan tez va oson muomalaga kirishib ketaverasizmi? 
Siz o’z o’rtoqlaringizning sizning nuqtai nazaringizni qabo’l qilishlariga 
intilasizmi? 
Siz yangi jamoaga tez kirishib ketasizmi? 


170 
Sizning o’rtoqlaringiz o’z so’zlari yoki va’dalari ustidan chiqmasalar ham ular 
bilan nizoga bormasligingiz rostmi? 
Har qanday qulay vaziyatda yangi tanishlar orttirishga harakat qilasizmi? 
Muhim masalalar yuzasidan qaror qabo’l qilish kerak bo’lganda, har doim 
tashabbusni o’z bo’yningizga olishingiz rostmi? 
Sizning odamlarni yoqtirmay qolib, o’zingiz yolgiz qolishga intilishingiz 
rostmi? 
Notanish vaziyatlarda o’zingizni yo’qotib qo’yishingiz rostmi? 
Doimo odamlar davrasida bo’lish Sizga yoqadimi? 
Boshlagan ishingizni oxiriga yetkaza olmasangiz, achchiqlanasizmi? 
Notanish odam bilan tanishish uchun tashabbus ko’rsatish kerak bo’lsa,
o’zingizni noqulay sezasizmi? 
Siz muntazam urtoqlar bilan birga bo’lishdan charchaysizmi? 
Siz ommaviy o’yinlarda qatnashishni yoqtirasizmi? 
Do’staringiz manfaatlariga aloqador ishlarda tez-tez tashabbus ko’rsatib 
turasizmi? 
Notanish odamlar orasida o’zingizni noqulay sezishingiz rostmi? 
Siz o’zingizning xaqligingizni isbot qilishdan tortinishingiz rostmi? 
Notanishlar davrasiga xursandchilik muhitini olib kirish Siz uchun qiyinchilik 
tugdirmaydimi? 
Jamoat ishlariga faol ishtirok etishingiz rostmi? 
Siz o’z tanishlaringiz doirasini toraytirishga intilasizmi? 
O’z tanishlaringiz va o’rtoqlaringiz qullab-quvvatlamagan fikrni himoya 
qilishga intilmasligingiz rostmi? 
Umuman notanish davrada o’zingizni erkin tutasizmi? 
O’z o’rtoqlaringiz uchun turli tadbirlar o’tkazishga bajonidil kirishasizmi? 
Katta auditoriyada yoki ko’pchilik ichida gapirish lozim bo’lganda, o’zingizni 
unchalik erkin va dadil his qila olmasligingiz rostmi? 
Amaliy uchrashuv va uchrashuvlarga tez-tez kech qoladigan odatingiz bormi? 
Do’stlaringiz ko’pligi rostmi? 
Siz o’z do’stlaringiz davrasida doimo diqqat markazida bo’lasizmi? 
Notanish odamlar bilan gaplashganda, doimo o’zingizni behalovat his qilib,
uyalishingiz rostmi? 
Katta tanishlar davrasida xijolat chekishingiz rostmi? 
Qayta ishlash uchun kalit: 
Kommunikativ layoqatlar:
(+) Ha 1, 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29, 33, 37 
(-) Yo’q 3, 7, 11, 15, 19, 23, 27, 31, 35, 39.
Tashkilotchilik layoqatlari: 
(+) Ha 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 30, 34, 38 
(-) Yo’q 4, 8, 12, 16, 20, 24, 28, 32, 36, 40.

Download 1,78 Mb.
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   180




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxsdagi kommunikativ va tashkilotchilik layoqatlarini aniqlashga

Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish