194
uchrashuvga borish siz uchun unchalik noxush emas, lekin shovqin-suronli
davrani yoqtirmaysiz, odamlarning sergapi sizga yoqmaydi.
9-13 ball.
Siz muloqatga kirishuvchansiz. Qiziquvchan, sergap, turli
masalalarda o’zgalar bilan gaplashishni yaxshi ko’rasiz. Yangi odamlar bilan
tanishish, davraning diqqat markazida bo’lishni yoqtirasiz. O’zgalarning
iltimoslarini bajarmasangiz ham qabo’l qilaverasiz. Achchig’ingiz tez, lekin tez
soviysiz. Sizga sabr-toqat, qiyinchiliklar bilan to’qnashganda jasorat
yetishmaydi. Lekin astoydil xoxlasangiz, o’zingizni yon bermaslikka
ko’ndirishingiz mumkin.
4-8 ball.
Sizning muloqat malakangiz yomon emas, siz barcha ishlarning
guvohi bo’lib yurasiz. Munozaralarda qatnashishni yaxshi ko’rasiz, biror
masala yuzasidan yuzaki tasavvurga ega bo’lsangiz ham, o’z fikringizni
aytishni xoxlaysiz. Ishni oxiriga olib bora olmasangiz ham har qanday ishni
boshlayverasiz. Shuning uchun ham rahbarlaringiz va kasbdoshlaringiz sizdan
xavotirda bo’lishadi. Bu xaqda o’ylab ko’ring.
3 va undan kam ball.
Sizning kommunikativ malakalaringiz yaxshi emas,
siz sergapsiz, har narsaga aralashaverasiz. O’zingiz umuman bexabar bo’lgan
narsalar xususida ham fikr yuritaverasiz. Ixtiyorsiz tarzda turli ziddiyatlar va
janjallarning ishtirokchisiga aylanib qolasiz. Jizzaki, salga hafa bo’ladigan
odatingiz bor, shuning uchun odamlar siz bilan chiqisha olmaydilar. O’zingizni
to’tish, sabr-toqatli bo’lish uchun odamlarga hurmat bilan qarashga o’rganing.
Qolaversa, o’z sog’lig’ingiz haqida qayg’o’ring, chunki bunday hayot tarzi
izsiz bo’lmaydi, asablaringiz charchab qolishi mumkin.
4. Muloqotning tomonlari. Pedagogik muloqot. Nutq va til to’g’risidagi
tushuncha. Nutqning turlari va funksiyalari. Kichik guruhlarda ishlash uchun
guruh 4 ta kichik guruhga bo’linada va ularga quyidagi tarqatma materiallar
berilib, ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi.