18
ro’y berish usuliga ko’ra reflekslardan iboratdir, degan xulosaga kelgan edi. I.
M. Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan
boshqarilishi g’oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalar I. P. Pavlov
(1849-1936) tomonidan tajriba yo’li bilan tasdiqlandi va konkretlashtirildi. U
hayvonlarning va odamlarning tashqi muhit bilan o’zaro
harakati miya
tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi. I. P. Pavlovning ushbu
qonuniyatlarga nisbatan jami qarashlari odatda ikki xil signal sistemasi haqidagi
ta’limot deb ataladi.
Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr,
ong maxsus tarzda tashkil
topgan materiyaning oliy mahsulidir. Organizmning psixik faoliyati tananing
ko’p sonli maxsus a’zolari vositasida amalga oshiriladi.
Organik dunyoning amyobalardan tortib
to odamga qadar uzoq davom
etgan evolyutsiyasi davomida xulq-atvor va hatti-harakatlarning fiziologik
mexanizmlari to’xtovsiz
murakkablashib, tabaqalashib va shular tufayli
organizm muhit o’zgarishlariga tez reaksiya qila
oladigan va moslashuvchan
bo’la oladi.
Mavzu yuzasidan test savollari:
1. Quyidagi hukmlardan qaysi biri psixikaning tabiatini to‘g‘ri ta’riflaydi?
A) psixika o‘zicha alohida bir olamdir. U tashqi sabablarga bog‘liq emas
B) *psixika – ob’ektiv olamning sub’ektiv holda miya orqali aks etishidir
C) psixika – sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi jarayonlarni o‘z
ichiga
oladigan xususiyatlar
D) psixika – faqat odam o‘zigina kuzata oladigan sirli, ichki dunyosidir