219
2-guruh uchun tarqatma material
Stress haqida tushuncha, uning ijobiy va salbiy oqibatlari
Bizning hayotimizda sodir bo’lib turadagian ixtiloflarning ko’plari
ko’pincha qo’shimcha asab tarangliklariga olib keladi, stressli vaziyatlarga,
stresslarni boshqarish zarurligiga sabab bo’ladi.
Stress – degan tushuncha texnika sohasidan o’zlashtirib olingan bo’lib, u
yerda turli jismlar va qurilmalarning zaruriy yuklanishiga qarshi tura olish
qobiliyatini bildiradi. Har qanday qurilma mustahkamlik
chegarasiga ega
bo’lib, bu chegaradan oshib ketish uning buzilishiga olib keladi.
Stress tushunchasini ijtimoiy psixologiya sohasiga ko’chirish o’ziga shaxs
holatining bir qator turlarini qamrab oladiki, ularni voqyealarning ko’poigi
keltirib chiqaradi, Bular mag’lubiyat yoki g’alabadan ijodiy kechinmalar va
shubhalargacha bo’lgan voqyealardir. Ayrim mutaxassislarning hisoblashicha,
stress – bu
dunyodagi shunday bir bosimki, u hissiy diskomfort (komfortning
tanqisligi). Holatiga olib keladi. Boshqalarning fikricha, hissiy diskomfort –
bu stressdir, uni bosim yoki stresslar deb ataladigan shartlar keltirib chiqaradi.
Umuman olganda, stress tez-tez uchrab turadigan hodisadir. Unchalik
ahamiyatga ega bo’lmagan stresslar muqarrar va zararsiz bo’lib, haddan
tashqari ortib ketgan stress esa shaxs uchun ham, korxona va tashkilotlar uchun
ham qiyinchiliklar, qo’yilgan maqsadlarni qo’lga kiritishda muammolar keltirib
chiqaradi.
Stress deganda biz insonning atrofdagi stimullarga yoki stresslarga
jismoniy, kimyoviy va psxologik reasiyalari majmuni tushunamiz.
Bunda atrof-
muhitdagi kuchlar insonning fiziologik va psixologik funksiyalarini
muvozanatdan chiqaradi.
Stress holatini jismoniy, psixologik omillar majmui, ya’ni stressorlar
keltirib chiqaradi.
Hayotimizda stresslar bo’lib turishi
tufayli ularni boshqarishni, ular
keltirish mumkin bo’lgan zararni kamaytirishni bilish zarur. Insonning
stresslarga ko’nikish usullari bir nechadir.
Birinchi usul – tashkilot darajasidagi usul bo’lib, siyosatdagi, ishlab
chiqarish tuzilmasidagi xodimlarga nisbatan qo’yiladigan aniq talablarni ishlab
chiqishda, ularning faoliyatiga baho berishda o’zgarishlar ro’y berishi natijasida
sodir bo’ladi. Bunday o’zgarishlar stressli vaziyatlarning
manbaini barham
toptiradi.
Ikkinchi usul – ayrim shaxs darajasidagi usuldir. Bu usul shundan
iboratki, stresslarni betaraflash bo’yicha maxsus dasturlardan foydalanib,
stresslarni boshqara bilishdir. Bunday dasturlar meditasiya, trening, mashqlar,
parhyez va ba’zan ibodat qilishni ham o’z
ichiga oladi
220
Stresslarni betaraflashtirish usullari
Usulning nomi
Usulning qisqacha tavsifnomasi
Rejalashtirish
Shaxsiy yoki kasb hayotida ko’pgina muammolarni rejalashtirish
usuli yordamida ham qilish mumkin. O’z shaxsiy yoki xizmat
vazifalaringizni bilib olishga birmuncha vaqt ajrating. Ertangi
kun faoliyatingizni rejalashtirib qo’yish uchun ishda muayyan
soatlarni belgilab qo’ying. Bu faoliyat sizning shaxsiy
maqsadlaringiz va butun kompaniyaning
maqsadlariga qanday
mos kelishini belgilang.
Jismoniy mashqlar
Muntazam bajarib boriladigan mashqlar inson sog’lig’i uchun
juda foydalidir. Ular salbiy energiyaning chiqib keimshm uchun
imkon tug’diradi, umumiy jismoniy holatga qulay ta’sir
ko’rsatadi.
Parhyez
Davomli stress vitaminlar yetishmasligiga, organizmning
zaiflashuviga, kasalliklarni kuchli Idrok qilishga shart-sharoit
yaratishi mumkin.
Bundan tashqari, stress vaqtida normal
ovqatlanish rejimi buziladi, shuning uchun to’g’ri parhyezga
amal qilish muhimdir.
Psixoterapiya
Kasb mutaxassislari bilan intensiv ish olib borishda odatda
ishlatiladigan texnikalar juda xilma-xildir.
Psixologik
tahlil
Bu psixoterapiyaning bir shakli bo’lib, unda normal bo’lmagan
xulq-atvorning ongsiz asoslari tadqiq etiladi.
Meditasiya va
bo’shashi
Uzoq Sharqdan keltirilgan ko’p sonli misollar: meditasiya, yoga,
dzen-buddizm va boshqa usullarni qamrab oladi.