218
shu sxemaga jo bo’lmaydi. Masalan, ajablanish Emotsiya-si na ijobiy va na
salbiy emosional xolatga kiritilishi mumkin emas.
Emosional xolatlarning regulyativ (bir xil tarzda tartibga solib turadigan)
funksiyasi ularning eng muhim belgisi hisoblanadi. Kishida paydo bo’ladigan
kechinmalar unga ehtiyojlarning qondirilish jarayoni qay tarzda borayotgani, u
qanday to’siqlarga duch kelayotgani, nimalarga ehtiborni qaratish lozimligi,
nimalar haqida mulohaza qilishi kerakligi, nimalarni o’zgartirish zarurligi
haqida axborot beruvchi signallar rolini bajaradi.
Emotsiyalar voqyealarning ko’ngildagidek yoki noxush yuz berayotgani,
subyektning konkret va shaxslararo munosabatlar sistemasidagi xolatning ko’p
yo oz darajada aniqligi haqida axborot beradi va bu bilan uning munosabat va
faoliyat sharoitidagi xatti-harakati boshqarib, to’g’rilab turilishini
tahminlaydi.
Emosional xolatlarning shakllari asosan qyidagilar: 1.
Kayfiyat; 2. Affekt; 3. Stress; 4. Frustrasiya.
Kayfiyat
deb nisbatan turgun kishining umumiy xolatiga ta’sir kiluvchi,
uzok Vaqt davom etadigan emosional xolatga aytiladi. Yaxshi kayfiyat
kishining ishchanligiga, uzini to’tishiga, boshqalar bilan munosabatiga ijobiy
ta’sir qilib turadi.
Affekt – bu kiska muddatli, juda ham kuchli va jo’shqin emosional
portlash xolatidir. Affekt xolatida xotiraning yukolishi, dikkatning torayishi,
ongli nazoratning susayishi kuzatiladi. Masalan: kuchli gazablanish, jaxl
chiqishi, kurkish, xoljanlanish xolatlarida inson uzini boshqarolmaydi.
Affektning 3 ta stadiyasi bor: 1. Emosional xolatning yigilib, summasiya
bo’lishi; 2. Emosional portlash; 3. Emosional portlashga nisbatan qarshi teskari
xolat.
Stress – kishi organizmi va ruxiyatiga ta’sir kilgan salbiy ta’sirlar ostida
xosil bo’ladigan emosional xolat bo’lib, organizm nerv sistemasining tashki
ta’sirlarga tayyorgarlik darajasini belgilaydi va u bilan boglik bo’ladi.
Frustrasiya xolati kishi uz oldiga kuygan maksadga erisholmagan yoki
intilish jarayonida tusiklarga uchragan paytda xosil bo’ladigan xolat.
Emotsiyalarning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalar.
Djeyms – Lange nazariyasiga binoan emosional xolatlarining, xis-
tuygularning kelib chiqishi, organizmdagi fiziologik uzgarishlar, jumladan,
yurak urishining tezlashishi, nafas olishning uzgarishi, kon bosimi, teri
pigmentasiyasi hamda sekresiya bezlarining funksiyalari bilan uzviy boglikdir.
Ularning fikricha avval odamning organizmdagi fiziologik uzgarishlar sodir
bo’ladi, shuning natijasida emosional xayot yoki xis-tuygu paydo bo’ladi.
Ularning fikricha, biz yiglaganimiz uchun xafa bo’lamiz, kulganimiz uchun
kuvonamiz.
Kennon nazariyasiga kura, emosional xolatni yuzaga keltiruvchi, qo’zg’atuvchi
ta’siri miyaning talamus degan kismiga ta’sir kiladi. Shu tufayli emosional xolat
va organizmdagi fiziologik o’zgarishlar bir vaqtning o’zida yuzaga keladi. Bu
nazariya ko’plab psixologlar tomonidan tan olingan.