Og'zaki ko'rsatmalar berishni shakllantirishnlng psixologik qoidalari
Avvalgi bobda biz attraksiyani (o'ziga jalb qila olish) shakllantirishning psixologik usullari haqida fikr yuritdik. Ayrim rahbarlar «Men istayman», «Menga kerak» kabi iboralarni ko'p ishlatadilar. Lekin xodim buni rahbar umumiy jamoaning ishi uchun gapirayotganini to'g'ri tushunishi kerak.
Shaxs sifatida tan olmaslik yo'nalishi bo'yicha quyida o'ng va chap jadvalda rahbarning xodimlarga beradigan og'zaki ko'rsatmalari aks etgan:
8-jadval
Umumiy talablar
|
|
Aniq talablar
|
Payshanba kuni bo'limingizning hisobotini bering, menga u
boshqarmaga berish uchun
|
|
Hisobotni payshanbaga tayyorlab bersangiz, u bizning hisobotimiz
uchun kerakboiadi.
|
kerak
|
|
|
Sizning hozir boshqarmaga
borib, buyurtmalar uchun shartnoma tuzib kelishingizni istayman.Tushunarlimi?
|
|
Hozir boshqarmaga borib
kelishingizga to'g'ri keladi. Chunki chorakoxiridaqiynalib qolamiz. Sizga
tushuntiroldimmi?
|
Siz normal xodimga
o'xshab ishlashingiz kerak. Sizning fokuslaringiz menga kerakmas!
|
|
Endi siz boshqalarga
o'xshab yaxshi ishlashingiz kerak.Bu faqat sizning ishingiz emas, balki bizning ham ishimiz.
|
Hisobotni
tayyorlayotganda yaxshilab o'ylab ko'rishingiz kerak deb hisoblayman...
|
|
Hisobotingiz haqida biroz
o'ylashingizga to'g'ri keladi. Chunki bu mening qiziqishim emas, butun
jamoamizning ishidir.
|
O'ng tomondagi jadvalga asosan xodimlar bu ko'rsatmalar rahbarning shaxsiy talabi emas, balki umumiy talablar ekanligini bilib oladilar.
Xodim ishiga sidqidildan yondashsa, ishini sevsa, u jon-dili bilan ishlaydi. Rahbarning rasman beradigan og'zaki ko'rsatmalari uni tashvishga solmaydi. Ammo rahbar «men istayman», «menga shu kerak» kabi iboralarni kamroq ishlatishi lozim. Shundagina xodim bilan nizoga kam boradi. Unga nisbatan simpatiya tezroq rivojlanadi. Shkalaning o'ng tomonida turgan xodimlar sizni qo'llab-quvvatlab ishlayveradi. Ammo chap tomondagi xodimlar bilan ehtiyot bo'lib muloqotda bo'lish lozim. Shunday qoidaga rioya qiling: xodimlarga og'zaki ko'rsatma berayotganingizda «men», «menga» degan so'zlarni ishlatmang. «Men
o'ylaymanki,» «meni to'g'ri tushunishingizni istayman» kabi so'zlarni ishlatish mumkin. Bularda umumiy qarash mavjud.
«Faqat savol!» usuli bo'yicha, faraz qilaylik, sizni rahbar qabuliga chaqirib:
«Ertaga siz bir joyga borishingiz kerak» desa sizda qanday taassurot qoladi. Yoki
«siz bilan maslahat qilmoqchi edim, bizda noqulay vaziyat tug'ilib qoldi, bizga sizning yordamingiz kerak bo'lib qoldi», deb aytsa qanday taassurot qoladi. Albatta ikkinchi holatda siz rahbarning taklifiga rozi bo'lasiz. Chunki sizda rahbar avval ijobiy his-tuyg'ularni vujudga keltirib olmoqda. Ko'rsatma bergandan ko'ra maslahat so'raganligi xodimga ijobiy emotsiyani keltirib chiqaradi. Quyidagi uch xil shakldagi ko'rsatmaga e'tibor bering:
«Dilbar Jo'rayevna! Mana bu ishni ertagayoq bajarishingizni talab qilaman!»
«Dilbar Jo'rayevna! Iltimos, ertaga mana bu ishni qilib bering...»
«Dilbar Jo'rayevna! Mana shu ishni ertaga bajarib bera olasizmi?»
Yuqoridagi ikkala ko'rsatma berilsa, xodimda qarshi fikr tug'ilishi
mumkin. Lekin uchinchi ko'rsatmada xodimda bunday qarshi fikr tug'ilmaydi. Chunki uchinchi ko'rsatmada o'zaro hurmat saqlanib qolgan. Rahbar xodimga nisbatan hurmat tuyg'usini yo'qotmasa, u rahbarning topshirig'ini bajaradi. Ko'rsatmani so'roq shaklida berilsa xodim rahbarning topshirig'ini qaytara olmaydi. Har bir rahbar xodimlarning psixologik xususiyatlariga, qiziqishlariga qarab og'zaki ko'rsatmalar berishi lozim.
|