Muloqotdagi nizolarning oldini olish va uni bartaraf etish




Download 185,38 Kb.
bet29/36
Sana23.01.2024
Hajmi185,38 Kb.
#143546
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari-fayllar.org

Muloqotdagi nizolarning oldini olish va uni bartaraf etish

Suhbatdoshlar o'zaro muloqotga kirishar ekan, ular o'rtasida nizoning vujudga kelishi ehtimoli doimo mavjud bo'ladi. Nizolar inson hayotining ajralmas qismidir. Bir-biridan farqlanuvchi fikrlarga, maqsad va unga erishish yo'llari haqidagi tasavvurlarga ega bo'lgan kishilar mavjud joyda, inson individualligining namoyon bo'lishiga to'sqinlik qilinmaydigan makonda nizoli vaziyatlar paydo bo'ladi.


NIZO — muloqot ishtirokchilarining har biri uchun muhim bo'lgan muammoni hal etish vaqtida ular o'rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir. Nizoning asosi muloqot ishtirokchilarining biri ikkinchisining o'z ehtiyojlarini qondirish, o'z maqsadlariga erishish jarayoniga to'sqinlik qila boshlashi tufayli paydo bo'ladi. Bu — nizoli vaziyat. Muloqot ishtirokchilarining ushbu nizoli vaziyatda vujudga kelgan to'siqni bartaraf etish uchun amalga oshiruvchi harakatlari nizoni, ya'ni ochiqdan ochiq qarshi kurashni keltirib chiqaradi. Demak, nizoning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin: muammo + nizoli vaziyat + insident = nizo.
Nizo qarama-qarshilikning haddan tashqari kuchayib ketganligi bilan bahsdan farq qiladi. Nizo o'z tarkibiy tuzilishi, amal qilish sohasi, dinamikasi va turlariga ega. Nizoning tarkibiy tuzilishi muloqot ishtirokchilarining tashqi va ichki pozitsiyasi hamda nizo obyektidan iborat. Tashqi pozitsiya — kishining xulq- atvori. Ichki pozitsiya — kishining maqsadi va motivlari. Nizo obyekti — nizoning sababi. Nizo ishchan yoki shaxsiy sohada amal qilishi mumkin. Masalan, ishchan sohada — «nega kech qoldingiz?», «qandaydir muammolar paydo bo'ldimi?»,
«keyingi safar kech qolmasligingizga umid qilsam bo'ladimi?», «kech qolishingiz sababini bilsam bo'ladimi?». Shaxsiy sohada — «nega buncha uyquchisiz?»,
«shunchalar ham mas'uliyatsiz bo'lasizmi?», «keyingi safar ham shunaqa kech kelavering, xo'pmi?».
Nizo dinamikasi uch bosqichdan iborat: yetilish, ro'yobga chiqish, so'nish. 1- bosqichda nizo ro'yobga chiqishining oldini olish mumkin. Samarali usullardan biri kommunikativ o'zaro ta'sir sohasidan predmetli faoliyat sohasiga o'tish. Ro'yobga chiqish bosqichiga o'tgan nizoning oldini olib bo'lmaydi. So'nish bosqichining kelishini kutish kerak bo'ladi. Bu bosqichda korreksion tadbirlarni o'tkazish
samaralidir. Nizolar bir qancha belgilariga ko'ra tasniflanadi: 1. Natijasiga ko'ra: konstruktiv — munosabatlarning yaxshilanishi, muammoning ikkala tomon uchun ijobiy hal etilishiga olib keladi.
Destruktiv — munosabatlarning yomonlashuviga, muanimoning hal etilmasligiga olib keladi.
  1. Davom etish vaqtiga ko'ra: uzoq muddatli — ro'yobga chiqish bosqichi cho'zilib ketgan nizo, qisqa muddatli — ro'yobga chiqish bosqichi uzoq davom etmaydigan nizo.


  2. Keskinlik darajasiga ko'ra: norozilik, kelisha olmaslik, qarama-qarshilik, dushmanlik.


  3. Faoliyat sohasiga ko'ra: boshqarish sohasidagi, ishlab chiqarish sohasidagi.


Psixologlar muloqotdagi nizolarning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozimligini uqtirib o'tadilar:


  • tanqid va ayblovni ko'p ishlatmaslik, ko'p noliyvermaslik;


  • fikrni qisqaroq gaplarda ifodalash;


    • e'tiborli tinglovchi bo'lish — suhbatdosh fikrini bo'lmaslik, suhbatdoshga o'z fikrini bildirishi uchun vaqt berish, unga bo'lgan qiziqishni ko'rsatish, suhbatdosh nutqining xususiyatlariga kamroq e'tibor berish, suhbatni monopollashtirib yubormaslik, suhbat vaziyatidan chalg'imaslik;


      • ovozning imkon qadar samimiy jaranglashini ta'minlash;


      • suhbatdoshning noverbal signallarini diqqat bilan kuzatish;


      • qat'iy fikr bildirishdan saqlanish;


      • fikrni bildirishdan avval u nima haqida ekanini ma'lum qilish;




      • suhbatdosh «tilida» gapirish (professionalizmga yo'l qo'ymaslik); o befoyda bahslarga kirishishdan saqlanish;


      • buyruq ohangidan voz kechish;


    • «hech qachon» va «har doim» so'zlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish;


    • ijobiy emotsiyalarni saqlab turish, ko'proq tabassum qilish. Nizo ro'y bergach, uni bartaraf etish uchun quyidagilarga amal


qilish tavsiya etiladi:


  1. Vazminlikni saqlab qolish (emotsional holatni imkon qadar boshqarish).


  2. Nizoning asosiy sababini aniqlashga intilish (aniqlashtiruvchi savollar berish).


  3. Shaxsiy sohadagi to'qnashuvga yo'l qo'ymaslik (suhbatdoshning shaxsiy xususiyatlaridan ranjishni, ularni yoqtirmaslikni ko'rsatmaslik, shaxsiy ustunlikni ko'rsatishdan saqlanish).



  1. Har bir so'z va iboradan ehtiyotkorlik bilan foydalanish (jumladan, «siz adashdingiz», «siz xato qilyapsiz», «es-xushingiz joyidami?» kabi negativ iboralarni ishlatishdan saqlanish).


  2. Kompromiss (kelishuvchanlik) uchun ochiq bo'lish (o'zaro manfaatli kelishuvga tayyor turish).


  3. Suhbatdoshning har bir gapini diqqat bilan tinglash va tahlil qilish (uning hissiyotlarini tushunishga harakat qilish, shaxsiy pozitsiyaning suhbatdosh pozitsiyasidan nimasi bilan farqlanishini aniqlash).


Nizo bartaraf etilmay munosabatlar butunlay tugallansa, buni faqat pozitsiya (nuqtayi nazar)larning bir-biriga to'g'ri kelmasligi tufayli ro'y bergan hodisa, deb hisoblash lozim. Demak, biz o'zaro muloqotda nizolarning paydo bo'lmasligiga harakat qilmog'imiz, suhbatdoshimizni to'g'ri tushunmog'imiz kerak. Shundagina atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqotimiz muvaffaqiyatli amalga oshadi.



    1. Download 185,38 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Download 185,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muloqotdagi nizolarning oldini olish va uni bartaraf etish

Download 185,38 Kb.