• Milliy goya asosida muloqotning shakllanishi
  • Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi




    Download 185,38 Kb.
    bet1/36
    Sana23.01.2024
    Hajmi185,38 Kb.
    #143546
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari-fayllar.org


    Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari
      1. Muloqot



    psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi
    Muloqot psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy bog'Iiq. Pedagogik muloqotda ta'lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, o'qituvchi va o'quvchi munosabatlari, o'qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta'lim-tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim o'rinni egallaydi.

    Ijtimoiy psixologiya fanida muloqot tarkibi (struktura) muammosi muhim o'rin tutadi. Chunki muloqot tuzilishini aniqlab olish uning tarkibidagi har bir elementni alohida tahlil qilish imkonini beradi. Muloqotning asosiy tarkibi quyidagi elementlardan tashkil topgan, deb hisoblanadi.


    Muloqotning kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi axborot almashinuvidan, interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining o'zaro ta'sirlashuvidan, perseptiv tomoni esa muloqot ishtirokchilarining muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va bilishidan iborat.

    Ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy guruhlar, jamoaning psixik namoyon bo'lishi, katta guruhlar — jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati kabilarni o'rganadi. Boshqaruvda rahbarlarda nutq qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur.


    Muloqot din psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Din psixologiyasi diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va ijtimoiy asoslari, vazifalari, tizimi, diniy his-tuyg'ular, diniy guruhlar psixologiyasini o'rganishda albatta muloqot xususiyatlari, muloqot madaniyatini bilishga asoslanadi. Demak,

    muloqot psixologiyasi psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq holda rivojlanadi.


      1. Milliy g'oya asosida muloqotning shakllanishi

    Milliy psixologiyaning asosiy vazifasi yoshlar ongida milliy g'oyani shakllaritirishdir. Bunda muloqot katta ahamiyatga ega.

    Respublikamizda istiqbolda amalga oshirishga mo'ljallangan g'oyalar mavjud. Ular vatanimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi istiqbol dasturi vazifasini bajarib kelmoqda. Bu g'oyalar:

    1. O'zbekiston kelajagi buyuk davlat;


    2. O'zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatini barpo etish;


    3. fuqarolar ongini ma'naviyat mash'ali bilan yoritish;


    4. mustaqil fikrlovchi, faol, fidoiy kishilarni tarbiyalash;


    5. komil insonni kamol toptirish kabilardir.


    Vatanimizning milliy g'oyasi barcha millatlar uchun umumiydir.


    Milliy g'oya fuqarolarning diniy e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar baxtli turmush, farovon hayot, o'zaro totuvlik, mustaqillik tuyg'usiga sadoqat, ezgu niyatlari ushalishini kafolatlaydi. Milliy g'oyani bolalar ongiga yoshlikdan singdirish darkor. Bog'cha yoshidagi bolalarga ham faqat yodlatish orqali mashg'ulotlarni o'tkazmasdan, trening mashg'ulotlardan, ayniqsa, muomala treningidan ko'proq foydalanish maqsadga muvofiq. Turli yoshdagi bolalar bilan muloqot treningini tashkil etishda, yosh xususiyatlarini e'tiborga*olish kerak. Muloqot treningida «Vatan nima?», «Ona zamin degani nima?», «Biz nima uchun yashaymiz?» kabi muammoli savollarni o'rtaga tashlab, bolalar ongiga milliy g'oyani, milliy g'ururni singdirish mumkin.
    Milliy tamoyillarini shakllantirish uchun quyidagi usullardan foydalanish ijobiy natija beradi:
    1.Madhiyani maromiga yetkazib ijro etishga e'tibor berish; 2.Vatanimiz bayrog'iga ta'zim qilishga o'rgatish;
    3.«Biz Vatan farzandimiz» mavzusida ko'rik-tanlovlar o'tkazish; 4.Jamiyatning faol kishilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish; 5.Muzeylarga sayohat uyushtirish kabilar.

      1. Download 185,38 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 185,38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi

    Download 185,38 Kb.