Sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar




Download 185,38 Kb.
bet14/36
Sana23.01.2024
Hajmi185,38 Kb.
#143546
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari-fayllar.org
o-zbekiston-respublikasida-axborot-xavfsizligini-ta-minlovchi-huquqiy-hujjatlar-va-ularning-tahlili, 2 Анг 2Вгр Исомиддинова Г 4 вариант (2), Задан#2 Исомиддинова Гульзода 2Б, un uzb Civil Legal Contracts, ОАКка хат P.Botirova, (4 sm) Burchak shtampli list ATJ, Komiljonov, МЕТРОЛОГИЯ ва СТАНД Мустақил иш НАМУНА 2, МУҲАММАД ИБН МУСО АЛ-ХОРАЗМИЙ, 5-mavzu, Annotatsiya Axmadjonova, Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically ˆ techn, Jahon12111

Sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar

Muloqot maqsadlari kishilarning birgalikdagi faoliyat ehtiyojlarini aks ettiradi. Bu hoi quruq safsatabozlikning, ya'ni fatik muloqotning, kommunikatsiya vositalarining birgina muloqot jarayonining o'zini hosil qilishdan iborat yagona maqsad yo'lida tuturuqsizlik bilan foydala-nilishini istisno etmaydi.

Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani tushuntirish bilan birga o'z oldiga boshqalarga ta'sir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qo'yadi. Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o'zaro ta'sir sifatida namoyon bo'ladi, ya'ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo'luvchi aloqa va o'zaro ta'sirlar yig'indisidir. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro'y beradi. Jamiyat ijtimoiy me'yorlar sifatida maxsus xulq-atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy norma (me'yor)lar ko'lami nihoyatda keng — mehnat intizomi, harbiy burch,
vatanparvarlik, xushmuomalalik qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy nazorat muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning «repertuar»iga mos holda namoyon bo'ladi.
Psixologiyada «rol» deganda ijtimoiy (sotsial) mavqeni egallab turuvchi har bir kishidan atrofdagilar kutadigan, normativ tomonidan ma'qullangan xulq-atvor namunasi tushuniladi. (Yosh, mansab, jins va oiladagi, o'qituvchi va o'quvchi, shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bo'lishi mumkin.) O'z navbatida har bir rol o'ziga mos talablarga javob berishi kerak.
Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, xizmat joyida direktor, kasal bo'lsa vrach ko'rsatmalariga itoat etuvchi bemor, oilada keksa ota-onasining qobil farzandi, mehmondo'st oila boshlig'i bo'ladi. Turli rollarni bajaruvchi kishilarning o'zaro munosabati rolli kutishlar bilan boshqariladi. Xohlaydimi yoki yo'qmi atrofdagilar undan ma'lum namunaga mos keluvchi xulq- atvorni kutadilar. Agar rol yaxshi bajarilmasa ijtimoiy nazorat tomonidan baholanadi, ozmi-ko'pmi cheklashlar qilinadi.
Turli xil rollarni bajarayotgan kishilarning o'zaro birgalikdagi harakati rollar ehtimoli bilan boshqariladi. Rolning qanday bajarilishi sotsial nazorat ostida bo'ladi, ijtimoiy jihatdan baholanadi, namunadan chetga chiqish esa qoralanadi. Jumladan, ota-onalar mehribon, xushmuomala, bolaning aybiga nisbatan shafqatliroq bo'lishlari kerak. Bu rollar ehtimoliga mos bo'lib tushadi va ijtimoiy jihatdan ma'qullanadi. Ammo atrofdagilarga ota-onaning mehribonligi haddan oshib ketayotgani sezilib turadi va qoralanadi. Vaqti kelganda ota-ona bolaga nisbatan qattiqqo'l, talabchan bo'lishi lozim. Shunday qilib, o'zaro birgalikda harakat qilayotgan kishilar xulq-atvorining bir-birlaridan kutgan taxminlariga mosligi muloqot jarayonida muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi.
Pedagog kommunikativ madaniyatga erishish uchun quyidagilarga ahamiyat berishi lozim:
—bolani sabr-toqat bilan tinglash madaniyati;
—unga qiziqarli bo'lmasa ham bolani diqqat bilan tinglash;

  • bola zerikayotganligini sezib, mavzuni boshqa qiziqarli tomonga burib yuborish;


  • suhbatlashishdan avval bolaning kayfryatini ko'tarishga harakat qilish;


  • bozor iqtisodiyotiga mos keladigan muloqot madaniyatini o'zlashtirishni ta'minlash.


O'qituvchi o'zi uchun boshqalar bilan bo'ladigan muloqotning yaxlit portretini tuzib olishi kerak. Bu auditoriya bilan bo'ladigan munosabatlarni tashkil qilishiga yordam beradi. Pedagogik muloqot — o'quv jarayonining muhim qismi hisoblanadi.



    1. Download 185,38 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Download 185,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar

Download 185,38 Kb.