Shaxsning o'z-o'zini tarbiyalashida pedagogik muloqotchanlikning ahamiyati




Download 185,38 Kb.
bet15/36
Sana23.01.2024
Hajmi185,38 Kb.
#143546
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari-fayllar.org

Shaxsning o'z-o'zini tarbiyalashida pedagogik muloqotchanlikning ahamiyati

O'qituvchi, tarbiyachi va pedagog kommunikativ faoliyati pedagogik faoliyatdagi muloqotda muhim rol o'ynaydi. Kommunikativ ko'nikma quyidagi shakllarda namoyon bo'ladi:


  1. Kishilar bilan muloqotda bo'lish ko'nikmasi;


  2. O'quvchilar bilan birgalikdagi ijodiy faoliyatni tashkillashtirish ko'nikmasi;


  3. Maqsadga yo'naltirilgan muloqotni tashkillashtirish va boshqara olish ko'nikmasi (uquvi).


Kommunikativ qobiliyatlarning asosiy tarkibiy qismi muloqotchanlikning turlicha namoyon bo'lishidir. Muloqotmand kishilar oson, tezkorlik bilan muloqotni tashkillashtiradilar. Bunday kishilar har doim kommunikativlikning markazida turadilar. Pedagogik faoliyatdagi muloqotchanlik shaxsiy fazilat sifatidagina emas, balki kasbiy-shaxsiy fazilat sifatida ham yuzaga chiqadi.


Muloqotchanlik ko'p qatlamli bo'lib, uni quyidagi tarkibiy qismlarga bo'lish mumkin:
  1. muloqotga kirishuvchanlik — kommunikatsiya jarayonidan qoniqishni his qila olish qobiliyati;


  2. ijtimoiy yaqinlik — jamiyatda bo'lishga xohish, kishilar orasida bo'lish istagi;


  3. altruistik (boshqalar manfaati uchun harakat qilish, yordam berish) yo'nalishlar.




Muloqotga kirishuvchanlik. Pedagogik faoliyatni tashlab ketgan o'qituvchilardan so'rovnoma asosida olingan ma'lumotlarga ko'ra, ularda muloqotchanlik sifatlari kasbiy fazilat sifatida shakllanmaganligi aniqlangan.
Shu jumladan, kuchsiz rahbarlarda ham xuddi shunday holat kuzatilgan. Pedagogik faoliyatdagi muloqot uzoq, davomli muloqotdir.
Ijtimoiy yaqinlik vaqtinchalik ruhiy holat sifatida emas, balki shaxsning kasbiy- pedagogik yo'nalishi bilan bog'liq holda ishtirok etadi. Muloqotchanlik shaxs fazilati sifatida pedagogik muloqotning mahsuldor bo'lishini ta'minlaydi. Muloqotchanlikning uchta tarkibiy qismini ko'rib chiqish lozim: muloqotga ehtiyoj, muloqot paytida va muloqotdan keyin yaxshi kechinmalar his qilish, kommunikativ ko'nikma va malakalar.
Muloqotchanlik hissiy tabiatga ega bo'lib, ular kommunikativ va altruistik hislardir. Kommunikativ hislarga fikr almashish, hayajon-lanish, simpatiya (yoqtirish) his qilish, muloqotda bo'layotgan hamsuhbatni hurmat qilish kabilar kiradi. Altruistik hislar esa kishilarga quvonch keltirishni xohlash, boshqalar quvonchidan xursand bo'lish, hamdardlik bildirish kabilardan iborat.
Pedagogning kommunikativ faoliyatiga uning qobiliyatlari ham kiradi. Jumladan, didaktik (mavzuni tushunarli, sodda tilda bayon qilib bera olish), hissiy- irodaviy ta'sir eta olish, perseptiv — pedagogik kuzatuvchanlik asosida o'quvchi ruhiyatiga ta'sir qilish, ekspressiv — nutqiy, mimika, pantomimika asosida fikmi tushuntirish, kommunikativ — o'quvchilar bilan munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish, pedagogik odob va xushxulq, talabchanlik kabilar. Ko'rinib turibdiki, barcha pedagogik qobiliyatlar kommunikativ qobiliyatlar bilan bog'liq bo'ladi.

    1. Download 185,38 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Download 185,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxsning o'z-o'zini tarbiyalashida pedagogik muloqotchanlikning ahamiyati

Download 185,38 Kb.