ulanmagan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarda faza simi sifatida
foydalanish ta’qiqlanadi.
Xavfliligi katta bo‘lmagan xonalarda 220 V va undan past kuchlanishli
asbob-uskunalarda erga va nolinchi simga ulash qo‘llanilmaydi. Buning asosiy
sababi shuki, bunday simlarga tegib ketish xavfi ortib ketishi bilan ishlash
xavfsizligi kamayib ketadi.
Kuchlanishi 36-42 V va undan past bo‘lgan o‘zgaruvchan tok elektr
iste’molchilari uchun yoki 110 V va undan past kuchlanishli o‘zgarmas tok elektr
iste’molchilari uchun erga ulash yoki nolinchi simga ulashdan umumiy har qanday
xonalarda foydalanilmaydi (portlash xavfi bor xonalar bundan mustasno).
15-rasm. himoyalovchi nol simiga ulash sxemasi.
1-himoyalovchi elektryuritgich qobig‘i, 2-engil eruvchan saqlagich.